Bugun 13 noyabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9989 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3097 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futboldan chiqqan siyosatchi kimligini bilasizmi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Yashil maydonlardagi yorqin o‘yinlari, samarali faoliyati bilan Yevropa, xususan, Fransiya futboli rivojiga katta hissa qo‘shgan Lilian Tyuram keyinchalik ijtimoiy hayotdagi faolligi tufayli munosib hurmat topdi.

Ayniqsa, yoshlarda Tyuram haqida kengroq tasavvur uyg‘otish uchun avvalo, uning statistikasini birrov esga olish kerak. Lilian Fransiya milliy jamoasi libosida 142 marta maydonga tushdi. Eng ideal o‘yinlaridan biri sifatida JCH-98 yarim finalini tilga olish mumkin.

O‘shanda baquvvat qanot himoyachisi Xorvatiya termasi darvozasiga 2ta gol urib, fransuzlar uchun final yo‘lini ochgandi. Eng qizig‘i, futbolchi terma jamoadagi gollari hisobini shu muhim «dubl» bilan ochgandi va keyinchalik ham raqiblar darvozasini boshqa ishg‘ol qilgani yo‘q.

Muhimi, Tyuram yakunda JCH-98 oltin medalini bo‘yniga taqdi, yana 2 yil o‘tib, Yevro-2000da ham zafar quchdi. Shuningdek, 1998 va 2006 yillarda FIFA ramziy terma jamoasidan joy oldi, 2003 yili Konfederasiyalar kubogi g‘olibiga aylandi.

Tyuramning klublar darajasidagi muvaffaqiyati ham ancha salmoqli: 1991 yili «Monako»ning Fransiya kubogini yutishiga hissa qo‘shdi, 1999 yili «Parma» tarkibida avvaliga Italiya kubogini boshi uzra baland ko‘tardi va keyin UYEFA kubogi turnirida g‘olib chiqdi.

2002 va 2003 yillarda esa «Yuventus» bilan «A» seriyasi chempionligini tantana qildi. Faqat Kuboklar egalari kubogi-92 hamda CHL-2003 finallaridagi mag‘lubiyatlar qahramonimizning klublar va terma jamoalar miqyosidagi barcha sovrinlar sohibiga aylanishiga imkon bermadi.

Mashhur «Kolchapoli» mojarosidan keyin «Yuventus» «V» seriyasiga tushirib yuborilgach, Lilian «Barselona» safiga qo‘shildi. Kataloniyada 2 yil to‘p surgach esa, yurak tizimiga bog‘liq xastalik tufayli 36 yoshi-da futbol bilan xayrlashdi.

 Futboldan tashqarida

Tyuram millionlar o‘yinidan chetga chiqqach ham, keng jamoatchilik e’tiborini yo‘qotmadi. Ya’ni ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsata boshladi. Xususan, o‘sha payt Fransiya Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan Nikolya Sarkozini oshkora tanqid qilishga jur’at topdi.

Sobiq himoyachi keyinchalik yaqin do‘sti Patrik Viyeyra bilan hamkorlikda Parijdagi boshpanalardan quvilgan 70 nafar afrikalik qochoqni Yevro-2008 saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Fransiya - Italiya o‘yiniga taklif etish asnosida ularni ruhan qo‘llab-quvvatladi.

Natijada yirik siyosat arbobi Filipp de Vilye uni inson huquqlarini himoya qilishda saboq beruvchi millioner sifatida e’tirof etdi. Lilian shuningdek, mamlakatning o‘sha vaqtdagi prezidenti Jak Shirakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etib, hujjatlarsiz qolgan migrantlar huquqlarini isloh qilishni so‘radi.

E’tiborlisi, Tyuramning siyosiy faoliyati biror partiya bilan bog‘liq emasdi. U asosan nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda ishladi. To‘g‘ri, ma’lum muddat Fransiya parlamentida irqchilik masalalari bilan shug‘ullanadigan qo‘mitaning boshqaruv kengashi a’zosi bo‘ldi. Qolaversa, UYEFA tomonidan yo‘lga qo‘yilgan irqchilikka qarshi kurash loyihalari ustida faol ish olib bordi.

Bundan tash-qari, futbol yulduzi Fransiyaning sobiq koloniyalari vakillarining ijtimoiy hayotini yoritishga katta e’tibor qaratdi. Ta’kidlash joiz, Lilian futbolchilar uchun g‘ayritabiiy sanalgan yo‘nalishlarda ham sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi.

Jumladan, «Mening qora yulduzlarim» nomli kitobi 2010 yili chop etildi. Yosh avlod vakillariga quldorlik davri tugaganidan keyingi hayot mohiyatini anglatish maqsadida yozilgan bu asar yaqin kelajakda maktab dasturiga kiritilishi ham mumkin.

Tyuramning Jan-Kristof Kamyu bilan hammualliflikda yaratgan ikkinchi asari - «Bizning tariximiz» esa shaxsiy hayotini qamrab olgan. Sobiq futbolchi unda Gvadelupaning shakarqamish plantasiyalaridan Parijga yo‘l olgan onasi - Marianna haqida alohida hikoya qilgan.

Intervyu

- Janob, Lilian, Gvadelupaning Ans-Bertran shahrida dunyoga kelgansiz. 1981 yili onangiz va besh nafar aka-ukangiz bilan Parijga ko‘chib kelgansizlar. O‘shanda 9 yoshda bo‘lgan ekansiz. Bunday keskin o‘zgarish sizga qanday ta’sir ko‘rsatgandi?

- Fransiyaga kelishimiz bilan bu yerda mutlaqo boshqacha hayot tarziga duch keldik. Ochig‘i, ilk davrlarda faqat onam va boshqa-boshqa otadan tug‘ilgan 5 nafar aka-ukamni ko‘rardim, xolos. Ularga oilamiz va Gvadelupa tarixi haqida tinmay savol berardim. Shu asnoda umumiy dunyoqarashim shakllandi.

- Futbol yoki boshqa soha bo‘yicha kimlarga kumir o‘rnida qarardingiz?

- Jan Tiganaga. Doimo aynan uning darajasiga chiqishni o‘ylagan, shunga intilganman. Lekin men uchun asosiy ilhom manbai onam edi, baribir. Aynan u chinakam hayot yo‘lini tanlashimga turtki berdi, bolaligimdan miyamga jasurlikni, qiyinchiliklardan cho‘chimaslikni singdirdi.

- Professional futbolga qay yo‘sinda kirib kelgansiz?

- To‘g‘risi, yoshligimda futbol asosiy kasbimga aylanishi mumkinligi xayolimga ham kelmagandi. Deylik, Gvadelupada yashaganimizda, uyimizda hattoki, televizor ham yo‘q edi. Shunday ekan, 9 yoshimgacha biror marta futbol tomosha qilmaganman. Shunchaki, ko‘chada o‘rtoqlarim bilan to‘p ortidan yugurardim.

Muhimi, bu o‘yin juda yoqardi. Fransiyaga ko‘chib kelganimizdan keyin jiddiy shug‘ullana boshladim. 15 yoshga to‘lganimda «Nissa» vakillari ko‘rikka chaqirishdi. Keyin «Monako»dan taklif oldim. Biroq tibbiy ko‘rik yakunida shifokorlar professional darajada o‘ynay olmasligimni ta’kidlashdi.

Lekin chekinmadim va mashg‘ulotlarni davom ettirib, safga qaytish uchun bor kuchimni sarfladim. Dastlabki rasmiy shartnoma ostiga imzo chekkanimdan so‘ng esa o‘zimni butunlay futbolga bag‘ishladim.

- Aytishlaricha, «Monako»da ajdodlari gvadelupalik bo‘lgan himoyachi Lyuk Sonor sizni o‘z himoyasiga olgan ekan. Undan nimalarni o‘rgangansiz?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:42, 20.01.2018. O'qildi: 3020 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.