UYEFA transferlar borasida moliyaviy feyr-pley qoidalariga o‘zgartirish kiritmoqchi.
"PSJ"ning Neymar va Mbappe transferlariga 400 millione yevro sarflagani tashkilotni xavotirga qo‘ydi. Bundan tashqari, parijliklarning bu harakatidan norozi bo‘lgan klublar - "Bavariya", "Yuventus", "Real" va "Barselona" klublari UYEFAga bosim qilmoqda.
Qo‘llanilishi kutilayotgan yangi qoidaga ko‘ra, klublarning futbolchi sotib olish va sotishdagi tafovut bir yilda 100 million yevrodan oshib ketmasligi kerak. Agar ushbu qoida o‘tgan yili qabul qilinganida "PSJ" Neymar va Mbappeni 400 million yevroga sotib olishi uchun o‘z futbolchilaridan 300 million yevrolik sotishlari kerak bo‘lar edi.
Bundan tashqari yangi feyr-pley qoidalariga ko‘ra, UYEFA klublarning qarzlarini ham nvzorat qilmoqchi. Shuningdek, jamoalarda futbolchilar soni ham cheklanishi mumkin. Masalan, "Chelsi" va "Siti" klublarida bir vaqtning o‘zida 50-60 futbolchi bilan shartnomalari bor.
Bu o‘zgarishlar 2018 yilning may oyida UYEFA ijroiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va agar tasdiqlansa, 2018/19-mavsumdan boshlab qo‘llaniladi.