Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maskerano «Barselona»dan ketmoqda. U nega bunday qarorga keldi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

— Xavyer Maskerano La-ligada 2015/2016-yilgi mavsumda 2694 daqiqa, 2016/2017-yilgi mavsumda 1916 daqiqadan biroz ko‘proq vaqt o‘ynadi. O‘tgan yilning may oyidayoq «Barselona»dagi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylay boshladi. U jamoaning yangi futbolchisi Samuyel Umtiti bilan raqobatlasha olmayotgan edi.

— Maskeranoning shartnomasi muddati 2019 yilning oxirigacha bo‘lib, unga ko‘ra yiliga 5,5 million yevro maosh olardi. Kompensasiya miqdori esa 100 million yevroni tashkil etardi. Klub bu sharoitlarni 33 yoshli futbolchi uchun ideal deb hisobladi.

— Noyabr oyining oxirida Maskerano rahbariyat bilan uchrashib, qishki transfer mavsumida qo‘yib yuborishlarini iltimos qildi. «Barselona»dagilar futbolchining iltimosini rad etib, uning tajribasi jamoa uchun muhim ekanini eslatishdi. Maskerano mavsum davomida atigi 12 o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, aslida jamoaning to‘rtinchi raqamli markaziy himoyachisi hisoblanadi.

— Jarayonni tezlashtirish uchun Maskerano oshkora tarzda «Barselona» faoliyatini davom ettirish uchun yomon variant ekanligini e’lon qildi. «Men yaqinda klubdan ketishim haqida aytdim. Hech kimni ayblamayman. Yetakchilik rolini yo‘qotdim. Doimiy o‘yin amaliyotining yetishmasligi natijasida so‘nggi oylarda jarohat oldim. Oldin hech qachon bunday voqea sodir bo‘lmagan edi», — degan u.

— Aynan o‘sha kunlarda Maskeranoning klubdagi asosiy raqobatchisi jarohat oldi. Umtiti mushaklari shikastlangani sababli bir oydan ortiq vaqtini tiklanish bilan o‘tkazdi. «Barselona» klubi vakili Gilermo Amora Maskeranoga hurmatini saqlagan holda, birgina futbolchi deb klub o‘z manfaatidan voz kechmasligini bildirdi.

— «Barselona» Maskeranoga fevralgacha kutishni taklif qildi. O‘sha paytda futbolchining agenti argentinalik murabbiy Paulo Souza boshqarayotgan Xitoyning «Tyanszin Syuanszyan» klubi bilan muzokara olib borardi. Maskerano Osiyo futboliga moslashish va 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt kerak bo‘lishini aytib, jamoani iloji boricha tezroq tark etishni xohladi.

— 23 yanvarga kelib Umtiti deyarli tiklandi va «Barselona» Maskerano uchun xayrlashuv bazmini tashkil qildi. Maskerano o‘sha paytda Xitoydagi yo‘nalishini o‘zgartirdi. Endi u Manuel Pellegrini ishlaydigan «Xebey Chayna Forchun»ga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rardi.

— Endi «Barselona» Maskeranoni shoshiltira boshladi. «AS»ning xabariga ko‘ra, klub futbolchidan imkon qadar tezlik bilan barcha tashkiliy ishlarni tamomlab, 28 yanvarga qadar Filipe Koutinoga 14-raqamni bo‘shatib berishni so‘radi.

— 24 yanvar kuni Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» klubi rasmiy sayti Xavyer Maskeranoni sotib olganini e’lon qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, 2 yilga mo‘ljallangan transfer qiymati 5,5 million yevroga teng. Bu vaqtda futbolchi 19 million yevro maosh oladi.

— Kecha Ispaniya kubogi doirasida «Espanyol»ga qarshi bahsdan oldin Maskerano «Kamp Nou» stadionida jamoa va muxlislar bilan xayrlashdi. U «Barselona» safida 334 ta o‘yinda maydonga tushdi, 18 ta sovrinni qo‘lga kiritgan himoyachi klub uchun bitta gol urgan.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 08:39, 27.01.2018. O'qildi: 4092 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик