Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Angliyani lol qoldirishda davom etayotgan bu yigitchani eslab qoling!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bombardir.ru sayti 2018 yilga o‘zgacha joziba baxsh etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqidagi turkum maqolalarini boshladi.

Ilk qahramon - Risharlison. 14 yasharligida jino­yat­­chilar qo‘lida halok bo‘lishiga bir bahya qolgan yigitcha 20 yoshida kamtarona «Uotford» yulduziga aylanib, butun Angliyani lol qoldirmoqda.

Braziliyaning janubi-sharqida joylashgan Nova-Venesiya shahri sohillarining go‘zalligi bilan ko‘zni quvontiradi, keng tarqalgan jinoyatchilik va qashshoqlik esa ushbu hudud obro‘siga putur yetkazadi.

Mabodo u yerga borib qolsangiz, yo qurol tovushini eshitasiz yoki narkosavdogarlarga duch kelasiz. Risharlisonni esa bunday yovvoyi muhit aslo tashvishga solmasdi.

«Orqa tomonida hovlisi bor mo‘’jazgina uyda yashardik. Ko‘pchilik giyohvand moddalarini biznikida yashirishar, ular do‘stlarim bo‘lgani sabab hech narsa deyolmasdim.

O‘zim esa ushbu zararli illatga aralashmasdim. O‘sha paytlardagi tanishlarimdan aksariyati hozir qamoqda o‘tirishibdi», - deya eslaydi 20 yoshli braziliyalik.

Risharlison narkosavdoga aralashib qolishi mumkinligini tan oladi: jinoyat olamidan chetda yurishiga murabbiylari sababchi bo‘lishdi, ular parallel ravishda polisiyada ishlab, yosh futbolchiga hayotiy saboq berishardi. Risharlisonning oilasida undan tashqari ikki ukasi va singlisi bor edi.

Giyohvand moddalar savdosi yaqinlarini qashshoqlikdan qutqarishi mumkinligini ta’kidlashsada, bolakay noqonuniy biznesga aralashishni xohlamadi. Uyida hattoki yegulik uchun pul qolmaganda qahramonimiz ko‘chada muz­qaymoq va shokolad sotish bilan shug‘ullandi.

14 yoshida ro‘y bergan voqea uning hayotiga nuqta qo‘yishi ham hech gap emasdi: «Ittifoqo, bir yigit peshonamga to‘pponcha tiradi, chunki meni narkosavdogar deb o‘ylab, jo­yini egallab olishimdan cho‘chigan ekan». Unga hayot qiyinchiliklarini yengishda futbol yordam berdi.

Risharlisonning otasi havaskorlar jamoasida to‘p surib, hamisha professionallikka intilgan, ammo niyatiga yetolmagandi. Shunga qaramay, orzusini to‘ng‘ich o‘g‘li orqali ro‘yobga chiqardi.

«Etti yoshga to‘lganimda otam menga 10ta to‘p sovg‘a qildi. U yaxshi futbolchi bo‘lishimni xohlagandi. Amakim bilan televizor orqali APL o‘yinlarini kuzatarkanman, ekrandagi jozibadan zavq olardim.

Shunda yaqinlarimga «Tez orada meni u yerda ko‘rasizlar», dedim», - xotiralari bilan o‘rtoqlashdi «Uotford» a’zosi.

16 yoshga to‘lganida Risharlisonga bir yo‘la ikki klub - «Avai» va «Figeyrense» rad javobini berishdi. O‘smir uyga qaytarkan, besamar ko‘rikdan unga faqat oyog‘idagi yara-chaqalar qoldi, xolos.

Yosh futbolchining ko‘zidan yoshlar to‘kildi, tushkunlikka tushib qoldi. Mazkur holatda unga faqat yaqinlarining qo‘llab-quvvatlashi yordam berdi.

Hammasi agent Renato Velasko bilan uchrashgandan so‘ng o‘zgarib ketdi. «Ilk haftadayoq u menga bir juft butsa berdi. Bunga qadar o‘ng kelgan poyabzalda to‘p surardim», - hujumchi hamon agentidan minnatdor.

Velasko yigitchaga ishondi: shu tariqa Risharlison dastlab «Real Noroeste» klubi bilan dastlabki professional shartnomasini imzoladi, so‘ngra «Amerika Mineyro» safiga qo‘shildi.

U yerda ham agenti unga ko‘maklashishda davom etdi: «17 yoshimda «Amerika Mineyro»ga o‘tganimda, Velaskoning rafiqasi Bela-Orizontiga borib, meni parvarishladi, qornimni to‘yg‘azdi».

«Amerika Mineyro» akademiyasi bo‘lajak yulduzning uyidan 350 mil uzoqlikda joylashgandi. 12 soatli yo‘l uchun avtobus kirasiga do‘sti pul berardi. «Och edim, qaytish uchun mo‘ljallangan chipta pulini yegulikka sarf­lagandim. Cho‘ntagim bo‘sh edi, boshqa ilojim yo‘q edi. Aks holda, uyga yayov qaytishga to‘g‘ri kelardi», - deya kulib eslaydi Risharlison.

Braziliyalik imkoniyatdan unumli foydalanib, tez orada futbol orqali pul topa boshladi: «Amerika Mineyro»dagi maoshi nafaqat qashshoqlikdan qutulish, balki otasiga uy sotib olib berishda ham asqotdi.

O‘tgan yilning yozida Risharlison Angliyaga borib, tumanli o‘lkaga shunchalik tez moslashdiki, tez orada APL kashfiyotlaridan biriga aylandi. Haftada uch marta ingliz tili kursiga qatnaydi, qadrdon yurtini unchalik sog‘inmayapti.

Bo‘sh vaqtini David Luis hamda Villian hamrohligida o‘tkazadi: PlayStation o‘ynaydi, barbekyu pishiradi, samba raqsini qoyillatadi.

Uning transferiga sarflangan 11,5 million funt sterling asta-sekin qoplanmoqda: Risharlison «Uotford» tarkibidagi yarim mavsum davomida 12 ochko to‘pladi (5ta gol, 7ta samarali uzatma).

Kutilganidek, ushbu futbolchini buyuk braziliyaliklarga qiyoslash boshlandi. «Yo‘q, men «yangi Ronaldo» yoki «yangi Romario» bo‘lmoqchimasman. Meni ular emas, havaskorlar jamoasida o‘ynaydigan amakim ko‘proq ilhomlantiradi. Risharlison sifatida o‘z tariximni yaratmoqchiman», - de­y­di hujumchi.

Qahramonimizning eng katta yutug‘i - DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:56, 27.01.2018. O'qildi: 7542 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик