Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alisher Nikimbayev: «Qatarda uzoq vaqt ishlamoqchiman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev Qatar futbol assosiasiyasida ish boshladi. Hamyurtimiz va mamlakat FA o‘rtasida tuzilgan bir yillik shartnoma muddati o‘zaro kelishuv asnosida uzaytirilishi ham  mumkin.

Ma’lumot uchun aytish kerak, Nikimbayev bungacha OFK va BAAda faoliyat yuritgandi. 2022 yilgi JCH aynan Qatarda o‘tkazilishini inobatga olsak, mutaxassisimizning bu mamlakatda uzoq muddat qolishini taxmin qilish qiyin emas.

Chunonchi, futbolga katta e’tibor qaratilayotgan mamlakatlarda tajribali mutaxassislarni alohida qadrlashadi. Xullas, o‘tgan hafta Alisher aka bilan bog‘lanib, yangi ish joyi va rejalari xususida bafurja suhbatlashdik.

- Alisher aka, avvalo, Qatarda ishlash varianti qayday yuzaga kelgani haqida to‘liqroq ma’lumot bersangiz: kim taklif qildi, vazifangiz nimalardan iborat?

- O‘tgan yilning noyabr oyida Qatar futbol assosiasiyasidan rasman taklif oldim. Ungacha qatarliklar bilan ma’lum muddat muzokara olib borgandim. Xullas, noyabrning oxirida shartnoma ostiga imzo chekdim va dekabrdan ishga kirishdim.

Asosiy vazifam - Musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi texnik eksperti sifatida Qatar futboliga daxldor barcha o‘yinlarni nazorat qilish, ularni tashkillash jarayonida ishtirok etish. Bundan tashqari, reglament masalalari bilan shug‘ullanaman.

Mana, yaqinda «Bavariya» Qatarda yig‘in o‘tkazib, o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Qisqasi, shu kabi va Qatar klublari hamda terma jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni tashkillash, nazorat qilish mening zimmamda.

- Shartnoma bandlari qanday, federasiyaning o‘zida ishlaysizmi yoki...?

- 1 yillik kelishuvni avtomatik ravishda uzaytirishimiz mumkin. Albatta, Qatar FA ofisida ishlayman. Assosiasiya va Professional futbol ligasi  Doxadagi 40 qavatli binoda joylashgan. JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasi uchun ham ayni shu osmono‘par inshootdan joy ajratilgan.

- «Bavariya» bilan o‘rtoqlik o‘yinini tashkillashda ishtirok etdingizmi? Umuman, shu uchrashuv haqida ma’lumot bersangiz. Har holda, «Bavariya» Qatarga shunchaki, kelmagandir... Qolaversa, bu o‘yinda komissar vazifasini bajaribsiz.

- «Bavariya» bilan tegishli kompaniyalar muzokara olib borgan. Aslida Germaniya superklubi va Qatar aeroporti o‘rtasida shartnoma bor. «Bavariya» shu kelishuvga ko‘ra, har yili Qatarda yig‘in va bitta «o‘rtoqlik» o‘tkazadi. Bu yilgi yig‘ini «Espayr» akademiyasida bir hafta davom etdi.

Shartnomaga binoan, o‘rtoqlik o‘yini ham akademiyaga tegishli mashg‘ulotlar maydonida tashkillashtirildi. Ha, uchrashuvni nazoratchi rolida kuzatdim. O‘yin yuzasidan savollar yetarli edi. Birinchi galda, muxlislar tashrifi bo‘yicha muammo yuzaga keldi. Chunki mashg‘ulot maydonida tribuna yo‘q.

Tashkilotchilar tomonidan esa maxsus taklifnoma ko‘rinishida 750 dona chipta chiqarilgandi. O‘sha kuni chamasi 2-3 ming muxlis to‘plandi. Qolaversa, o‘yindan keyin futbolchilar bilan suratga tushishni istagan fanatlarga bog‘liq kichik muammo ro‘y berdi. Shu sabab, o‘yin shaxsan men uchun yaxshigina bosh og‘rig‘i bo‘ldi.

- Qatar FA va PFLning funksiya va majburiyatlari bizdagidan nechog‘li farqlanadi?

- Tabiiyki, Qatarda ham PFL milliy assosiasiyaga bo‘ysunadi. Farqi shuki, Liga rahbari FA vise-prezidenti hisoblanadi. Lekin ikki tashkilot moliyaviy tomondan mustaqil ish yuritadi. PFL yil davomida 3ta musobaqa o‘tkazadi - Yulduzlar ligasi, Liga va mamlakat kubogi.

To‘g‘ri, Qatar kubogida mamlakatning eng kuchli 4ta jamoasi ishtirok etadi, xolos. Shuningdek, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar uchun alohida turnir bor va u Qatar FA tomonidan tashkillashtiriladi. «Amir kubogi»da oliy va birinchi liga jamoalari qatnashadi.

Quyi divizion vakillari uchun ham alohida kubok turniri yo‘lga qo‘yilgan. Qatar kichik mamlakat va FA tarkibida mintaqaviy federasiyalar yo‘q. Xullas, assosiasiya nazoratidagi barcha musobaqalar aynan bizning bo‘lim tomonidan tashkil etiladi.

- Qatar FA qaysi manba hisobiga moliyalashtiriladi, Liga daromadi nimadan?

- Assosiasiyani ham, Ligani ham Qatar Milliy olimpiya qo‘mitasi moliyalashtiradi. To‘g‘ri, har ikki tashkilotda alohida homiylari bor. E’tiborlisi, olimpiya qo‘mitasi bu yildan e’tiboran hattoki, futbolchilar maoshini ham o‘z zimmasiga olmoqchi.

Chunki ba’zi klublar ayniqsa, legionerlarga vaqtida maosh berishda qiynalmoqda. Bu holat mamlakat futbolining xalqaro obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Shularni inobatga olgan olimpiya qo‘mitasi jarayonga aralashib, yordam qo‘lini cho‘zmoqchi.

Deylik, Sanjar Tursunov xuddi shunday holatga tushgan va u aynan olimpiya qo‘mitasi aralashuvi bilan maoshini olgandi. Endi maosh to‘lovi kechiktirilmaydi. Har holda, olimpiya qo‘mitasi ancha boy tashkilot hisoblanadi.

- Biroq klublar mas’uliyatni yo‘qotib, olimpiya qo‘mitasiga qaram bo‘lib qolishi mumkin-ku.

- Shartga ko‘ra, klublar endi legionerlarni faqat olimpiya qo‘mitasi ruxsati bilan xarid qilishi mumkin. Demakki, qatarliklar xorijdan futbolchi taklif etish masalasiga jiddiy yondashmoqdalar.

Bu ijobiy holat. Mas’uliyatga kelsak, MOQ faqat belgilangan maoshni to‘laydi, mukofot pullari esa klublar zimmasida qoladi.

- Umuman, bu olimpiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatilayotgan beg‘araz yordammi yoki qarz...?

- Qarz emas. Qaytaraman, olimpiya qo‘mitasi baquvvat homiylarga ega, ya’ni tashkilotda pul bor. Aytish joiz, Qatar MOQ nafaqat futbol, balki boshqa sport turlari uchun ham katta mablag‘ ajratmoqda.

- Yulduzlar ligasi ishtirokchilaridan badal puli ham olinadimi?

- Hech qanday badal yo‘q. Aksincha, barcha klublarga mavsum yakunida Yulduzlar ligasidagi natijasiga qarab, pul mukofoti beriladi. Bu - Qatar jamoalari uchun yaratilgan sharoit va imtiyozning bir ko‘rinishi.

- Xo‘sh, mamlakat chempioni va kubok sohibi aynan qancha mukofot oladi?

- Aniq raqamlarni aytolmayman. Chunki mukofot puli miqdori chempionat yakunida e’lon qilinadi. Lekin chempion ham, kubok sovrindori ham kattagina summaga ega bo‘lishi tayin.

- Yaqin orada xorijning qaysi jamoalari Qatarda mehmon bo‘lishi mumkin? Demoqchimizki, birinchi mustaqil ishingiz qachon amalga oshadi?

- Ish boshlaganimga bir oy bo‘ldi va birinchi liga kubogida kordinator vazifasini bajarishga ulgurdim. Savolingizga kelsak, Ko‘rfaz kubogi sabab, rejalashtirilgan ko‘plab o‘yinlar bekor qilindi. Masalan, «PSJ» ham Doxaga kelishi kerak edi. Lekin bunga Ko‘rfaz kubogi xalaqit berdi.

Xullas, yaqin orada Qatarda o‘tkaziladigan OCHL hamda OFK kubogi o‘yinlarida mezbon davlatning rasmiy vakili sifatida ishlayman. Deylik, 30 yanvar kuni «Paxtakor» OCHL saralashi «pley-off» o‘yinida «Al-Garafa» mehmoni bo‘ladi. Qatar FA tomonidan bu o‘yinni tashkillashga mas’ul sifatida tayinlanganman.

Bundan tashqari, Iroq va Suriya klublari OFK kubogidagi o‘yinlarini Qatarda o‘tkazadi. Ularga ham aynan men  mas’ulman. Ayni payt Suriyaning yana bir klubi xalqaro o‘yinlarini Qatarda tashkillash bo‘yicha muzokara olib boryapti. Demakki, OFK kubogi doirasidagi 9ta uchrashuvda rasmiy vakil sifatida qatnashishim mumkin.

- «Al-Garafa» haqida so‘z ochdingiz. Qiziq, Uesli Sneyder transferi ham olimpiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshirildimi yoki...?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:18, 27.01.2018. O'qildi: 4471 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик