Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rossiyaning Parijdagi tarixiy g‘alabasi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Rossiya futboli yildan-yilga orqaga qarab ketmoqda. Mamlakat terma jamoasi ancha yillardan buyon Yevropaning o‘rtamiyonalaridan biriga aylanib qoldi. O‘tgan asr oxiri va yangi asr avvalida rus futboli va xususan rossiyalik futbolchilarning Yevropada o‘z nomi bor edi. “Selta” muxlislari hamon Mostovoyning libosini kiyib yurishadi, Karpinni ham Pireneyda ko‘pchilik taniydi. Mana shunday futbolchilari bor Rossiya 1999 yil Fransiya ustidan tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Fransiya jahon chempionligini qo‘lga kiritgan “Stad de Frans” stadionida ilk marta mag‘lub bo‘lgandi…

MUVAFFAQIYATSIZ START
Darvoqe biz eslayotgan o‘yin 2000 yil Belgiya va Gollandiya maydonlarida o‘tkazilgan Yevropa Chempionati saralash bahsi edi. Ruslar dastlabki uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lib, imkoniyatlarini deyarli yo‘qotib bo‘lishgandi. Biroq to‘rtinchi va beshinchi turda Romansev shogirdlari Armaniston va Andorrani mag‘lub etib, yaxshi kayfiyatda Parijga borishadi. Ta’kidlash kerak, saralashning ikkinchi turida Rossiya va Fransiya Moskvada to‘qnash kelishgan va unda jahon chempionlari 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

DAHSHAT ICHIDAGI O‘YIN
Fransiya terma jamoasi o‘z maydonida o‘ynaganida stadion doim to‘la bo‘ladi. Rossiyaga qarshi bahsni 78 788 tomoshabin stadiondan kuzatgandi. Amaldagi jahon chempionlarini qanday qo‘llab quvvatlashlarini tasavvur qilavering. Dunyoda tengsiz ekanini isbotlaganidan keyin Fransiya hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagandi. Rossiyaga qarshi o‘yinni fransuzlar ustunlik bilan boshlashadi. Biroq o‘yinda hisob ruslar tomonidan ochiladi. Valeriy Karpin jarima maydonchasi ichidagi Yegor Titovga ajoyib to‘p uzatishni amalga oshiradi. “Spartak” hujumchisi esa to‘pni darvoza yaqinidagi Panovga uzatmoqchi bo‘ladi, biroq to‘p himoyachi Kandelaning qo‘liga tegib yo‘nalishini o‘zgartiradi. Bartez allaqachon o‘zini to‘p yo‘nalishiga tashlab bo‘lgandi va bundan foydalangan Panov bo‘sh darvozaga gol urib, hisobni ochadi – 0:1. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlanadi. Ikkinchi bo‘limda esa jahon chempionlari o‘zlariga kelishadi. 48-daqiqada 30 metrlar uzoqlikdan darvozaga belgilangan jarima zarbasini Emmanyuel Peti to‘g‘ri darvozaga yo‘llaydi. To‘p esa rikashet yordamida Filimonov darvozasi to‘ridan joy oladi – 1:1. 5 daqiqa o‘tib esa Fransiya hisobda oldinga chiqib oladi. Bo‘lajak Yevro-2004 musobaqasining qahramoni Silven Viltor markaziy himoyachi Viktor Onopkani ortda qoldirib, jamoasini oldinga olib chiqadi – 2:1. Buyog‘iga maydon egalari yana gol urib, ustunlikni mustahkamlashi kutilgandi, lekin Romansev shogirdlariga to‘g‘ri ko‘rsatma bera oldi.

“RUSSIA TIME”
“Fergy time” dedik, “Mour time” dedik, bir marta “Russia time” iborasini ishlatsak, hech narsa qilmas-a? Oleg Romansev kuchli murabbiy ekanini o‘sha o‘yinda yana bir bor isbotlagandi. Chunki Rossiya amaldagi jahon chempionlarini «Stad de Frans»ni tarixda birinchi marta bosh egib tark etishga majbur qilgandi. 75-daqiqada ruslar hisobni tenglashtirishadi. Himoyachi Dmitriy Xlestov maydon markazidan Aleksandr Panovga ajoyib tarzda to‘p uzatishini amalga oshiradi. Sasha esa Marsel Desayini ortda qoldirib, darvozaning yaqin yuqori burchagini aniq nishonga oladi – 2:2. Qizig‘i, Panov butun faoliyati davomida Rossiya terma jamoasi safida 4 ta gol urgan va ulardan ikkitasini o‘sha o‘yinda. 86-daqiqada esa ruslar tarixiy golni urishadi. Himoyada to‘pni olib qo‘ygan Onopko tezlik bilan qarshi hujumchi boshlab beradi va to‘pni Beschastnixga uzatadi. Chap qanotda Loran Blanni aldab o‘tgan Vladimir qanotdan ochlib borayotgan Ilya Simbalarga aniq to‘p uzatadi. Zaxiradan maydondan tushgan Simbalar esa jarima maydonchasi ichida yolg‘iz qolgan Valeriy Karpinni topadi. Hech kim tomonidan qo‘riqlanmayotgan Karpin esa kuchli zarba bilan Bartez darvozasini ishg‘ol qiladi – 2:3. Ta’kidlash kerak Romansev g‘alaba golini tashkillashtirgan Beschastnix va Simbalarni zaxiradan maydonga tushirgandi va bu g‘alabada murabbiyning ulushi katta bo‘lgan.

PUSHKIN QASOSI
O‘yin tugagandan keyin rossiyalik futbol muxlislari uchun bayram boshlanadi. Bu o‘yindagi g‘alaba ularga hech qanday yo‘llanma bermagan bo‘lishi mumkin, lekin jahon chempionlarini rasmiy o‘yinda mehmonda mag‘lub etish bu katta natija. Ayniqsa Moskvada bu o‘yinni katta bayram qilishadi. Yana bir qiziq tomoni o‘yin 5 iyun kuni o‘tkaziladi. Ertasiga esa rus xalqi buyuk shoiri Aleksandr Pushkin tavalludining 200 yilligini keng nishonlagandi. Ko‘pchilik bu g‘alabaga ramziy ma’no berishadi va Pushkinning vatandoshlari uning qotili Dantesning (Dantes fransiyalik bo‘lgan) vatandoshlarini mag‘lub etganini ta’kidlashadi.

«4 DAQIQADA UMRIM 5 YILGA QISQARDI»
O‘yindan keyin Oleg Romasev jamoasi haqli g‘alaba qozonganini aytib, oxirgi daqiqalar juda qiyin o‘tganini ta’kidlagandi. Uning qo‘shimcha vaqtlar haqida aytgan gaplari mashhur bo‘lib ketgandi: “Hakam 4 daqiqa qo‘shganini ko‘rib, umrim yana 5 yilga qisqarganini sezdim. O‘yinda aytarli to‘xtalish bo‘lmagandi menimcha. Nima ham qilardik, bu ham bir sinov bo‘ldi”.

Yevro-2004 saralash. 1999 yil, 5 iyun
Parij, «Stad de Frans» o‘yingohi 78788 tomoshabin
FRANSIYA – ROSSIYA 2:3
Gollar: Emmanyuel Peti (48), Silven Viltor (53) – Aleksandr Panov (38, 75), Valeriy Karpin (86).
Fransiya: Fabyen Bartez, Vensan Kandela (Rober Pires, 87), Lilian Tyuram, Emmanyuel Peti, Loran Blan, Yuriy Djorkayeff (Alen Bogossyan, 90), Didye Desham, Marsel Desayi, Nikolya Anelka, Silven Viltor, Kristof Dyugari (Patrik Viyeyra, 60).
Bosh murabbiy: Roje Lemerr.
Rossiya: Aleksandr Filimonov, Dmitriy Xlestov, Yevgeniy Varlamov, Sergey Semak (Vladimir Beschastnix, 60), Aleksey Smertin, Aleksandr Mostovoy (Dmitriy Xoxlov, 26), Viktor Onopko, Valeriy Karpin, Yegor Titov, Aleksandr Panov, Andrey Tixonov (Ilya Simbalar, 72).
Bosh murabbiy: Oleg Romansev.

Manba: www.erudit-sport.uz
Kiritildi: 18:46, 07.02.2018. O'qildi: 5715 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.