Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Omon G‘ofurov: “Pro-Liga saviyasi avvalgi Oliy Liga maqomiga tengdir”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi ushbu mavsum Superliga va Pro-Liga jamoalariga nisbatan talablarni oshirdi. Ligalar saviyasi, nufuzi va imiji uchun albatta, klublar saviyasi, klub olib borayotgan siyosat kabi masalalar ta’sir ko‘rsatadi.

Superliga jamoalari soni 12taga qisqargach, O‘zPFL klublar infratuzilmasi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi va unda klublarga qo‘yilgan talablar bajarilishi o‘rganildi. Ushbu tekshiruvlardan so‘ng, Superliga talablariga ikki klub to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. Bular – Dinamo hamda Mash’al. Ushbu ikki klub ham kelasi mavsumda Pro-Ligada to‘p suradi.

Ushbu o‘zgarishlar va islohotlar O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish, klublar imiji va nufuzini oshirish uchun qilinayotgani, bu islohotlar albatta, o‘z mevasini berishi borasida O‘zPFL Bosh direktori Omon G‘ofurov tashkilot rasmiy saytiga quyidagilarni ma’lum qildi.

“Klub infratuzilmasi – klublarimiz uchun eng muhim masaladir. Bu borada kamchiliklar ko‘p. Klub infratuzilmasini rivojlantirish, klublar faoliyatini professional maqomga olib chiqish uchun shu kabi o‘zgarishlar qilish zarur. Biz talablarni ishlab chiqib, ularni klublardan talab qilayotganimizda ularning nomiga, obro‘siga qarayotganimiz yo‘q. Biz shunchaki, ularning professional klub nomiga mos kelishini istaymiz. Bu masalalar borasida fikrlar ko‘p. Agar qaysidir klub talablarga mos kelmagan, talablarni bajarish uchun harakat qilmagan bo‘lsa, bu aynan klubning o‘z aybi va muammosidir. Biz klublarga talablarni bajarishi va kamchiliklarni hal qilish uchun ma’lum vaqt bergan edik. Ammo, belgilangan muddatga talablar bajarilmadi. Shu bois, bu borada muammo bizda emas, klublarning o‘zida”, - dedi Omon G‘ofurov.

“Biz klublarni o‘rganib chiqdik. Xech qaysi klubni kamsitish niyatida emamsiz. Maqsadimiz ikkala ligani ajratish emas, balki har bir ligada kuchli, saviya jihatdan bir biriga mos klublar ishtirok etishini tashkil qilish. Hozirda, futbol jamoatchiligi bu o‘zgarishlarni sal noto‘g‘ri talqin qilayotgandek. Biz Ligalarni kuchaytirishni istaymiz. Pro-Liga avvalgi Oliy Liga maqomiga mos bo‘lishini istaymiz va OAV, futbol jamoatchiligi ham buni shunday talqin qilishini istaymiz. Superligani esa, yangi tashkil qilingan, jahon andozalariga mos tarzda, yuqori saviyada tashkil etiladigan, futbol infratuzilmasi jihatidan barcha talablarga mos, kuchli jamoalar to‘p suradigan liga sifatida talqin qilinishini istaymiz”.

“Umuman, Pro-Liga saviyasini muxlislar ham, OAV ham noto‘g‘ri talqin qilayotgandek. Pro-Liga saviyasi avvalgi Oliy Liga saviyasiga teng. Qanchalik uchrashuvlar kurashlarga boy, qiziqarli va chiroyli kechsa, shunchalik muxlislar ham stadionlarga qaytadi. Asosiy maqsadimiz ham shu. Qolaversa, klublar ham o‘z oldilariga katta maqsad qo‘ysa, ligalarda raqobat kuchaysa, bu futbol saviyasi uchun, futbol imiji uchun albatta katta yutuq. Agar klublar raqobatbardosh tizim va infratuzilma yarata olishsa, aytishim mumkinki, bu ligalar rivoji, umuman, futbol rivoji uchun katta qadamdir”.

“Yana istardikmi, obyektiv sabablarga ko‘ra, Pro-Ligada ishtirok etadigan klublar, ushbu mavsum uchun katta reja va maqsadlar tuzishini, bu bilan esa, liga saviyasi, imiji va obro‘si uchun ular katta foyda keltirishsin. Yana, muxlislar qaysi jamoa qaysi ligada ishtirok etishidan qat’iy nazar, o‘z klublari uchun muxlislik qilishda davom etishsa, bu klublar uchun katta stimul. Muxlislar uchun klublar ham bor kuchi bilan o‘ynab, ularning ishonchini oqlash uchun harakat qilishadi”.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 01:22, 09.02.2018. O'qildi: 2933 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик