Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 22.06.2025 03:00
      • Fluminense
      • 4:2
      • Ulsan Xyonde
      • 22.06.2025 06:00
      • River Pleyt
      • 0:0
      • Monterrey
      • 22.06.2025 21:00
      • Yuventus
      • 4:1
      • Vidad
      • 22.06.2025 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Pachuka
      • 23.06.2025 03:00
      • Zalsburg
      • -:-
      • Al-Hilol
      • 23.06.2025 06:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Al-Ayn
  • Superliga
      • 22.06.2025 20:00
      • Paxtakor
      • 2:0
      • Qo‘qon-1912
      • 22.06.2025 20:00
      • Sho‘rtan
      • 2:1
      • Surxon
      • 22.06.2025 20:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Bunyodkor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 13 31
2 Dinamo 11 25
3 OKMK 13 24
4 Navbahor 13 23
5 Neftchi 12 23
6 Paxtakor 13 22
7 Bunyodkor 12 18
8 Mash’al 13 15
9 Xorazm 13 14
10 Andijon 13 14
11 Surxon 13 14
12 So‘g‘diyona 13 13
13 Qizilqum 13 13
14 Qo‘qon-1912 13 12
15 Buxoro 13 9
16 Sho‘rtan 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур So‘g‘diyona 1-0 Xorazm
13-тур Andijon 1-1 Qizilqum
13-тур Neftchi 1-0 Buxoro
13-тур Mash’al 1-3 Nasaf
13-тур Navbahor 3-0 OKMK
13-тур Paxtakor 2-0 Qo‘qon-1912
13-тур Sho‘rtan 2-1 Surxon

Navbatdagi o'yinlar.

22/06/25 Dinamo - Bunyodkor

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 23.06.2025

      06:25 Новости футбола.
      06:30 Чемпионат Германии. Итоги сезона.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Майнц 05".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Хольштайн Киль".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "РБ Лейпциг".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Боруссия Дортмунд".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Вольфсбург".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Хоффенхайм".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Майнц 05".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Хольштайн Киль".
      00:40 Новости футбола.
      00:45 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "РБ Лейпциг".
      02:45 Новости футбола.
      02:50 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Боруссия Дортмунд".
      04:50 Новости футбола.
      04:55 Чемпионат Германии. Обзор сезона.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 23.06.2025

      05:20 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 7 в Стокгольме, Швеция.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Этап в Завидово.
      10:10 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 7 в Стокгольме, Швеция.
      12:20 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      14:05 "Непобедимый".
      14:35 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 2 на автодроме "Игора Драйв".
      16:55 LIVE Дартс. Чемпионат России среди профессионалов в Санкт-Петербурге. Женщины. Прямая трансляция.
      18:40 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      20:25 "Лучшие из лучших".
      20:55 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Этап в Завидово.
      23:00 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 4.
      00:35 "Что за спорт?". "Экстрим".
      01:05 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      02:45 "Непобедимый".
      03:15 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов в Санкт-Петербурге. Женщины.
  • MATCH-TV
    • Sana: 23.06.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Д/с "Фабрика грёз: Бенфика".
      08:00 "Футбол на все времена".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Екатерина Макарова.
      11:25 "Вопреки всему".
      12:30 Смешанные единоборства. ONE FC 169 в Бангкоке, Таиланд. Анатолий Малыхин против Умара Кейна.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Что за спорт?". "Экстрим".
      16:55 "Футбол на все времена".
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Громко. Прямой эфир.
      18:25 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. Финал. "Газпром-Югра" (Югорск) - "Ухта". Прямая трансляция.
      20:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 4. Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:20 Смешанные единоборства. UFC 300 в Лас-Вегасе, США. Алекс Перейра против Джамала Хилла.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 Д/ф "Вячеслав Платонов. Тренер победы".
      03:35 "Что по спорту?". Челябинск.
      04:05 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 7 в Стокгольме, Швеция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 23.06.2025

      05:00 Велоспорт. Женщины. Тур Швейцарии. Этап 4.
      06:00 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 8.
      07:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Женщины. Болдеринг. Финал.
      08:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      09:00 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 8.
      10:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 3 в Ванкувере, Канада. Женщины, мужчины.
      11:30 Пауэрлифтинг. Чемпионат мира по классическому троеборью в Хемнице, Германия. Женщины. Свыше 84 кг; Мужчины. Свыше 120 кг.
      14:30 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 6 в Сен-Тропе, Франция.
      16:00 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 8.
      16:30 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 1.
      17:50 LIVE Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 2. Прямая трансляция.
      20:15 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 6 в Сен-Тропе, Франция.
      22:15 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      00:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Женщины. Болдеринг. Финал.
      00:45 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      01:30 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 2.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 5 в Солт-Лейк-Сити, США. Женщины. Болдеринг. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Serxio Ramos: «Ruslarga omad, faqat…»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» klubi va Ispaniya milliy jamoasi sardori start marrasi kundan-kunga yaqinlashayotgan Rossiya mundiali-2018ni intiqlik bilan kutmoqda.

Turnir favoritlaridan birini sardor sifatida maydonga olib tushadigan vajohatli himoyachi RTga bergan intervyusida orzulariga to‘xtaldi, rus futboliga munosabati hamda JCH guruh bosqichida Portugaliya termasiga qarshi kechadigan o‘yinda klubdoshi Krishtianu Ronaldu bilan bo‘ladigan raqobatdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

— «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasida sardorlik bog‘ichini afsonaviy Iker Kasilyasdan olganingizdan so‘ng qandaydir bosimni sezdingizmi?

— Ajoyib estafetani davom ettirayotganimdan bag‘oyat xursandman. Lekin hech qanday bosimni his qilmadim. Aksincha, bu yuksak ishonch o‘zimni sinash uchun yaxshigina imkoniyatdir. Kasilyas bilan «Real»da ham, terma jamoada ham uzoq vaqt yelkama-elka turgancha o‘ynadik.

Umuman, klub va milliy jamoada sardorlik bog‘ichini taqish har qanday futbolchi uchun buyuk sharaf hisoblanadi. O‘zi sardor o‘rinbosari sifatida ham ko‘plab masalalarni hal qilishda ishtirok etardim.

Xususan, menga futbolchilar bilan doimiy muloqotga kirishish yoqadi. Ha, gohida bunday suhbatlar keskin tus oladi va yoqimsiz qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Eng muhimi, aynan shunday tajriba ham xarakterni kuchaytiradi.

— Odatda jamoa yetakchisi sifatida kiyinish xonasida o‘zingizni qanday tutasiz?

— Jamoadoshlarim meni qanday sardor sifatida ko‘rishlarini bilmayman, ammo har dam ularda yaxshi taassurot qoldirishga urinaman, albatta. Deylik, hamisha yigitlarga imkon qadar yordam berishni xohlayman. Sardorlikning eng muhim shartlari - adolat va rostgo‘ylik.

Fikrimcha, bog‘ich sohibi sheriklaridan nimanidir talab qilishdan avval o‘zi o‘rnak bo‘lishi va birinchi qadamni tashlashi lozim. Yillar davomida ko‘plab buyuk sardorlarning eng yaxshi fazilatlarini o‘zimda mujassamlashtirishga intilgan futbolchi sifatida aytishim mumkinki, mudom xarakterim hamda aqliy salohiyatimdan kelib chiqib ish tutaman. Bunda muayyan qoidalarga qat’iy amal qilaman.

— Ispaniya termasi Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati favoritlaridan biri sanaladi. Bugungi «qizil furiya»ni 2010 yili jahon kubogini qo‘lga kiritgan jamoa bilan tenglashtira olasizmi?

— Milliy jamoaning yaxshi yoki yomon tomonga o‘zgarganini baralla aytish qiyin. Shunisi aniqqi, hozirgi jamoa tarkib nuqtai nazaridan  butunlay boshqa. Menimcha, Ispaniya termasi aynan 2010 yili tayyorgarlik masalasida eng yuqori cho‘qqiga chiqqandi.

Tarkib esa eng kuchli futbolchilardan shakllantirilgandi: tajribali faxriylar qatorida milliy jamoaga endi-endi qo‘shilgan salohiyatli yoshlar. Ha, o‘sha davr chindan ham, o‘z falsafa va uslubimizni yaratgandik.

Natijada jahon futboliga to‘pga egalik qilish bo‘yicha o‘z qarashlarimizni ko‘rsatib berdik va bu uslub tezda butun sayyoraga tarqaldi. Demoqchimanki, yaxlit mexanizm ishi misoli yo‘lga qo‘yilgan o‘yinimizga hamma-hamma yuqori baho berdi. 

— Xo‘sh, jamoa shundan buyon kuchaydimi yoki...?

— Takrorlayman, o‘shanda Ispaniya futboli o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni boshidan kechirayotgandi. Deylik, biz ketma-ket 2 marta Yevropa birinchiligida, shuningdek, mundialda g‘olib chiqdik.

Yillar o‘tgani sayin esa yangi avlod kirib keldi. Ya’ni ayrim mohir ijrochilar milliy terma bilan xayrlashishdi, ularning o‘rnini yoshlar egallashdi. Tushunarliki, yangi iqtidorlar termaga o‘z qarashlari bilan kelishdi. Albatta, ularning maqsadlari ham aniq - ulkan g‘alabalar.

Shunday ekan, tarkib keskin o‘zgargan bo‘lsada, jamoa o‘z g‘oyalariga sodiq holda faqat olg‘a intilmoqda. Menimcha, Rossiya mundiali hozirgi milliy termamiz uchun ilk sinov vazifasini o‘taydi. Shaxsan men yigitlarga ishonaman va o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsata olishimizga shubham yo‘q.

— Umuman, jahon kubogi yo‘lida qaysi jamoalarni asosiy raqiblar sifatida ko‘rsatasiz?

— JCH-2018ga eng kuchli termalar yo‘llanma olgani aniq. Shunday bo‘lsada, Braziliya hamda Germaniya jamoalarini alohida e’tirof etish kerak, menimcha. Nemislar uzoq yillar davomida ideal darajadagi me’yorni saqlab kelishyapti va har bir yirik turnirda barqaror o‘ynashyapti.

Germaniyada nafaqat asosiy, balki zaxira tarkibiga ham katta e’tibor qaratishadi. Buning samarasi o‘laroq, iqtidorli yoshlar milliy jamoa o‘yiniga muammosiz moslashmoqdalar.

— Mezbon - Rossiya termasining yaxshi o‘yin ko‘rsatib, guruhdan chiqishi jahon chempionati uchun nechog‘li muhim?

— Biz guruh raundida ruslar jamoasiga qarshi o‘ynamaymiz. Tushunarliki, mezbon jamoa o‘yinlarini butun mamlakat kuzatib boradi va mas’uliyat hissi o‘z-o‘zidan ortadi.

Kuchli bosim va e’tibor esa qo‘shimcha motivasiya talab qiladi. Demoqchimanki, tashqi e’tibor natijaga ham ta’sir etishi turgan gap. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Rossiya termasiga omad tilayman. Ammo ruslarning omadli o‘yinlari yo‘llarimiz tutashguniga qadar davom etsin, xolos...

— Endi JCH-2010ga bog‘liq eng yorqin xotiralaringizni yodga olsak. JAR mundialida aynan qaysi voqea sizni behad quvontirgandi?

— Eng yoqimli lahza — bu final hushtagi. Axir shundagina jahon chempioni maqomiga erishganimizni tushundik, bunga amin bo‘ldik. Jahon kubogi futbolchi uchun o‘ziga xos so‘nggi bekat, bosh maqsad sanaladi. Bu «O‘yin tugadi, chiroqni o‘chirish mumkin», degandek gap.

Sportning ayniqsa, jamoaviy turida chempionlikka erishish ajoyib tuyg‘ularni uyg‘otadi va buni boshqa hissiyotlar bilan solishtirish mumkin emas. Shuningdek, bosh sovrinni boshim uzra baland ko‘targanimdagi holat ham bir umr yodimdan chiqmaydi. Xotiramga muhrlangan yana bir yorqin taassurot - Madriddagi kutib olish jarayoni.

Eh, avtobusda Gran-Via bo‘ylab sayrimiz darhaqiqat, g‘aroyib bo‘lgandi. Axir butun mamlakat bizni qarshi olgan, poytaxt ko‘chalari milliy bayrog‘imiz bilan bezatilgandi.

— Vaqt o‘tgani sari tarkib o‘zgarmoqda, ammo Ispaniya termasi hamon favoritlar safida. «Qizil furiya» doimo kuchli futbolchilarga to‘laligini avvalo, nima bilan izohlaysiz?

— Ispaniyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalariga nazar tashlasak, ularda bungacha futbolchi sifatida tanilgan mutaxassislar ishlayotganlarini ko‘ramiz. Qolaversa, yagona tayyorgarlik tizimiga amal qilinadi.

Buning natijasida bosh jamoa g‘oyalari boshqa termalar vakillariga singdirib boriladi. Yakunda ular milliy jamoa safiga qo‘shilishgach, ortiqcha qiynalishmaydi. Muhimi, shu tariqa yangi-yangi iqtidorlar chiqaverishadi.

— Qiziq, agar sizga tanlash imkoniyati berilsa, qay birini ma’qul ko‘rardingiz: Ispaniya termasining bo‘lajak mundialdagi g‘alabasinimi yoki «Real»ning CHL-2017|2018da ham zafar quchishini?

— G‘alati savol. Javob ham shunga yarasha - har ikkisini tanlayman! Jiddiy gapirsam, ikkisidan birini tanlash qiyin albatta, aniqrog‘i, buning iloji yo‘q.

Shaxsan men har ikki  musobaqaga hamisha o‘ta jiddiy yondashib kelganman. Bordiyu, ulardan birini tanlash shart qilib qo‘yilsa, bilmadim...

Shukrki, sovrinlarim orasida CHLning 3ta va mundialning bitta oltin medali bor. Ularni sira ajratmayman, chunki har biri juda qadrli. Xuddi sevgan ayoling va farzandlaringga muhabbating kabi CHL va JCHni o‘zaro solishtirish qiyin.

— Shunday bo‘lsada...

— Baxtimizga, jahon chempionati yevrokuboklar mavsumi nihoyasiga yetgach boshlanadi. Demak, avvaliga klub, keyin terma jamoaga e’tibor qaratish imkoniyati bor.

Umuman, har ikki turnir va undagi jarayonlar birdek takrorlanmas hisoblanadi. Hozirgacha sportdagi hayotimda men tuymagan lahzalar kam qoldi.

Mana, CHL kubogini ketma-ket 2 marta boshi uzra baland ko‘targan yagona sardor bo‘ldim. Ammo jahon kubogini shu maqomda hali qo‘lga kiritganimcha yo‘q. Umid qilamanki, Rossiyada shunday baxt nasib etadi.

— Ko‘pchilikni Zayniddin Zidanning murabbiylik sifatlari qiziqtirmoqda. Bu masalada fikringiz qanday?

— U avvallari futbolchi sifatida ma’qul edi, endi esa murabbiy rolida yoqyapti. Umuman, doim inson maydondagi iqtidorini murabbiylik sohasida ham namoyon qila olsa, yetuk mutaxassisga aylanishini aytib kelganman. Zayniddin vaqtida maydonda ham, kiyinish xonasida ham chin yetakchi edi.

Ya’ni hammani ortidan ergashtirar, so‘zini o‘tkaza olardi. Eng muhimi, o‘yinni teran tushunardi. Shunday ekan, uning murabbiy sifatida ham muvaffaqiyat qozonishi oldindan ma’lum edi.

Shuningdek, Zizuda hayratlantiruvchi yana bir ustun jihat bor: obro‘si katta bo‘lgani holda, kimga qanday yondashishni yaxshi biladi, har qanday yigit tilini topa oladi.

— So‘nggi savol: JCH-2018dagi ilk o‘yinda Portugaliya termasiga qarshi maydonga tushasizlar. Demakki, startda Krishtianu Ronalduga to‘qnash kelasizlar. Ramos - Ronaldu dueli o‘yin haroratini yanada oshirib yuboradi...

- Ha, mazkur uchrashuv betakror bo‘lishi tayin. Ehtimol, bizning o‘zaro to‘qnashuvimiz ham unga nisbatan qiziqish darajasini oshirib yuborayotgandir.

Shaxsan men o‘yinni intiqlik bilan kutyapman. Qolaversa, Ispaniya va Portugaliya qo‘shni davlatlar. Demak, o‘ziga xos derbi. Aytish joiz, Portugaliya termasi a’lo darajadagi raqib - Yevropaning amaldagi chempioni. Qisqasi, o‘yin hech kimni befarq qoldirmaydi.

Biz g‘alabaga ishonamiz, xususan, Ronalduni zararsizlantira olishimizga ham. Zero, musobaqani muvaffaqiyatli bilan boshlash juda-juda muhim.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:46, 14.02.2018. O'qildi: 9209 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Навбаҳор Pedro 7
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
4 Насаф Husayn Norchayev 6
5 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
6 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 5
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
8 Бунёдкор Luis Kachorri 5
9 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 5
10 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.