Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • Elit OCHL
      • 17.02.2026 15:00
      • Seul
      • 2:2
      • Sanfrechche Xirosima
      • 17.02.2026 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.02.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shanghai Shenhua
      • 17.02.2026 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 1:0
      • Vissel Kobe
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 1:4
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • 0:2
      • Traktor
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • 5:2
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 14 8 9 31
2 Italiya 9 4 11 24
3 AQSh 6 10 5 21
4 Niderlandiya 6 6 1 13
5 Germaniya 5 8 7 20
6 Avstriya 5 8 4 17
7 Fransiya 5 7 4 16
8 Shvesiya 5 5 2 12
9 Shveysariya 5 2 3 10
10 Yaponiya 4 5 10 19
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real»ning kuchi nimada?

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Chempionlar Ligasidagi ilk o‘yinlarda ikki jamoa qaysidir pallada o‘ziga juda qoniqarli hisobga erishgan holda, keyinchalik ustunlikni qo‘ldan chiqarib qo‘ydi. «Yuventus» va «PSJ».

Vaziyatlarga, ayniqsa, holatga strategik yondoshish juda ahamiyatli bo‘lib qoladigan plef-off o‘yinlariga to‘g‘ri yondashish kuchli klub uchun juda kerak. Shu tomondan «Yuventus» va «PSJ» o‘xshash, har ikki jamoa qaysidir pallada tushunmay qoldi – 2:1 yaxshi hisobmi, biz hujumga zo‘r berib, uni o‘zgartirishga urinaylikmi yoki shu hisobni saqlab qolish ham yutuqmi? «Yuventus» «Tottenhem»ning, «PSJ» esa, o‘zining kuchiga munosib baho bermadi, o‘yin paytida maqsadni yo‘qotib qo‘ygandek tuyuldi va har ikkisi yana bittadan gol o‘tkazib yubordi.

Balki «PSJ» madridliklarning kuchiga ham munosib baho bera olmagandir. Umuman, mavsum davomida juda beqaror o‘yin va natija qayd etayotgan, ammo bir o‘yinda istalgan cho‘qqiga chiqishi mumkin bo‘lgan «Real»ning kuchi nimada? Axir o‘tgan yili klub o‘zi ishtirok etgan barcha muhim kuboklarni yutganda ham, Yevropa uchun yetib bo‘lmas qandaydir cho‘qqini namoyish qila olmagandi, to‘g‘rimi?

O‘sha o‘yinlarning ssenariysiga e’tibor bersangiz, o‘xshash jihatlarni payqash mumkin. «Bavariya» bilan o‘yinlarda ham, «Atletiko» yoki «Yuventus» bilan finallarda ham, «Real»ning o‘yin oxirlarida kuchayib ketganini kuzatgandik. «PSJ» bilan bahsning ikkinchi bo‘limida maydonga tushgan Asensio qisqa vaqtda ikkita golli pas uzatganidan keyin, bu o‘yinning ham avvalgilari bilan umumiyligini payqagandek bo‘ldim. 

Va savolga javob topildi: «Real»ning zaxira o‘rindig‘i kuchli. 
Yo‘q, gap faqat Asensio yoki Lukas Vaskesda emas. Ular har qanday jamoaning asosiy tarkibidan joy oladigan superyulduzlar emas, aslida, Yevropadagi har qanday top klubda uning saviyasidagi zaxira futbolchilar bor. Ba’zi pallalarda Asensio asosiy tarkibda ham harakat qilganida ham, uning hali eng zo‘r saviyaga chiqqan tayyor futbolchi emasligini bildik. Gap boshqa yoqda, «Real»ning zaxira futbolchilarida boshqa xususiyat bor.

Misol uchun, har qanday murabbiy 2-bo‘limda boshqa futbolchilarni maydonga tushirish orqali, o‘yinni kuchaytirmoqchi bo‘layotgandek ko‘rinadi. Aslida bu yerda paradoksga duch kelamiz, agar ma’lum futbolchi zaxiradan tushib o‘yinni kuchaytirsa, nega 1-bo‘limdan boshlab o‘sha kuchli o‘yinni ko‘rsatishning iloji yo‘q? Demak, murabbiylar o‘yinni kuchaytirmoqchi emas, o‘zgartirmoqchi bo‘lishadi – ya’ni, zaxiradan futbolchi tushirish orqali, o‘yin taktikasini, maydondagi vazifalarni va uslubni sal bo‘lsa-da, o‘zgartirishadi.

Agar Valverde Inyesta o‘rniga Paulinyoni tushirsa, demak u ko‘proq vertikal o‘yinning ahamiyatini oshirmoqchi. Mourinyo 2-bo‘limda Lingard o‘rniga Matani tushiryaptimi, demak, «MYU» ko‘proq pozision hujumga urg‘u berish yo‘liga o‘tadi. Aytmoqchimanki, murabbiy futbolchi almashtirayotganda, o‘yin uslubini, yondashuvni biroz o‘zgartirishga ehtiyoj borligidan qilayotgan bo‘ladi.

Almashtiruvdan keyin, jamoa boshqacharoq taktikaga o‘tadi, boshqa futbolchilarning ham vazifalari o‘zgaradi, yangicha o‘ynash boshlanadi.

Zidan jamoasida esa, boshqacharoq. «Real» almashtirishlardan so‘ng o‘zgarmaydi, kuchayadi. Asensio, Vaskes, Beyl kabi futbolchilar tushganida ham «Real» o‘sha paytgacha ko‘rsatib turgan o‘yinini qilaveradi, faqat yangi, tetik futbolchilar yordamida o‘sha o‘yin sezilarli darajada tezlashib, kuchayib ketadi. «Real» bilan o‘yinning oxirlarigacha agar durangni saqlab turar ekansiz, bilingki, bu sizning zararingizga ishlaydi. Chunki, Zidan o‘sha holatni ijobiy tomonga o‘zgartirish imkoniga ega, siz esa, faqat o‘zgartira olasiz xolos – bu o‘zgarish ijobiy tomonga bo‘ladimi yoki salbiy, buni aniq ayta olmaysiz.

Shuning uchun ham turli rotasiyalar bilan ham «Real»ning o‘yini u qadar o‘zgarib ketmasligini ko‘ramiz. Chunki yangi tarkibni tushirganda, Zidan alohida, yangicha taktika yoki sxema ustida bosh qotirishga muhtoj emas. U futbolchi unisining vazifasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarib ketaveradi.

Shunga o‘xshash holat, masalan, mavsum boshida «Manchester Yunayted»da yaqqol ko‘zga tashlangandi. Marsiyal va Reshford o‘yin uslubi va maydondagi vazifasi jihatidan juda o‘xshash futbolchilar – Mourinyo ularni navbati bilan asosiy tarkibda tushirib turdi. O‘yin oxirida Reshford o‘rniga Marsiyal tushdi yoki aksincha. Bu almashtirishlar taktikani, uslubni o‘zgartirish yo‘lida emas, aynan tetiklik orqali o‘yinni kuchaytirishga qaratilgandi. Doim bu o‘zgarish o‘zini oqlayverdi, zaxiradan tushgan futbolchi, kim bo‘lishidan qat’i nazar, rostan ham jamoa o‘yinini kuchaytirdi – «Yunayted» o‘yin oxirlarida boshiga nisbatan ikki barobar ko‘p gol urdi. To‘g‘ri, hozir Reshford yoki boshqa futbolchilar formasini yo‘qotishi natijasida, mavsum boshidagi effektivlik yo‘q, ammo jamoada maydondagilar bilan ayni uslubni muvaffaqiyatli bajara oladigan boshqa saviyali futbolchining zaxiradan ham bo‘lishi juda foydali ekanini ko‘rishimiz mumkin.

Murabbiy undan faqat jamoa o‘yini chiqmaganda  uslubni o‘zgartirish uchun emas, balki, ishlab turgan uslubning o‘yin oxirlarida yanada foydali qilish uchun foydalana oladi. Ayniqsa, teng saviyali jamoalarning o‘zaro o‘yinlarida bunday imkoniyat juda qo‘l keladi.

Ishonmasangiz, Zidandan so‘rang. 

Qahramon Aslanov

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 20:04, 16.02.2018. O'qildi: 11392 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.