Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 135 53 45 233
2 Yaponiya 41 68 63 172
3 Janubiy Koreya 21 26 44 91
4 O‘zbekiston 12 17 13 42
5 Tailand 10 8 12 30
6 Qozog‘iston 9 13 23 45
7 Bahrayn 9 3 3 15
8 Eron 8 15 10 33
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 4 9 19

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1893 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2151 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Афины-2004.
      09:00 Снукер. Второй раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      15:30 Снукер. Второй раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Женщины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:15 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      21:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Обзор.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      03:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu va Neymar: qaybiri 26 yoshga qadar yaxshiroq natijaga erishgan?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ha, portugaliyalik va braziliyalik ikki benazir yulduz tug‘ilgan ayyomini bir kunda nishonlaydi.

Darhaqiqat, ajoyib taqdir: zamonamizning eng buyuk futbolchilari - Krishtianu Ronaldu va Neymar  bir sanada dunyo yuzini ko‘rishgan - 5 fevralda. Bu yil «PSJ» vakili 26 yoshga to‘ldi, «Real» yetakchisi esa 33ga.

Futbol nuqtai nazaridan qarasak, o‘rtadagi farq nisbatan katta. Ko‘pchilik anchadan buyon Ronaldu va Lionel Messidan keyin jahon futboli taxti aynan Neymarga nasib etishini ta’kidlamoqda.

Qiziq, braziliyalikning faoliyati portugaliyalik yulduznikiga taqqoslaganda, qanday rivojlanmoqda?

Xullas, tug‘ilgan kun bahonasida ikkisining 26 yoshgacha bosib o‘tgan yo‘lini o‘zaro solishtirib ko‘rsak, tarozu pallasi qaysi tomonga og‘arkin?

Debyut

Neymar. Braziliyalik futbolchi professional darajadagi debyutini Ronalduga nisbatan birozgina yoshroq bo‘lgan vaqti nishonlagan.  Aniqroq aytsak, u jonajon klubi - «Santos» tarkibida ilk marta 17 yoshu 1 oyligida ko‘rinish berdi.

2009 yilning mart oyidagi bu debyuti San-Paulu shtati chempionati doirasida «Oeste» klubiga qarshi kechgan o‘yinga to‘g‘ri kelgandi. Neymar yana 2 oydan so‘ng Braziliya «A» seriyasida ham ilk marta maydonga tushdi.

Ronaldu. Portugaliya futboli javohiri «Sporting» tarkibida ilk marta 2002 yilning avgustida katta o‘yin mazasini tatib ko‘rdi. O‘shanda 17 yoshu 6 oylik bo‘lgan Krishtianu Yevropa Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichida «Inter»ga qarshi kechgan o‘yin tugashiga 3 daqiqacha qolganida maydonga tushgandi.

Diqqatga sazovor tomoni, Ronaldu o‘sha yilning oktyabrida Portugaliya chempionatidagi ilk o‘yinidayoq «Moreyrenshe» jamoasi darvozasini 2 marta nishonga olgandi.

Milliy chempionatdagi iz

Ronaldu. Portugaliya Primerosida atigi 1 mavsum (2002|2003 yillar) o‘ynagan bo‘lajak yulduz chempionat davomida «sherlar»ning 25ta o‘yinida 3ta gol urdi. 2003 yilning avgustiga kelib, «Sporting» 18,5 yoshli iqtidorni «MYU»ga sotdi.

Portugaliya klubi bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida Krishtianu shu qadar kuchli taassurot qoldiradiki, «qizil iblislar» yulduzlari Aleks Fergyusonni tezda uni xarid qilishga ko‘ndirishadi.

Neymar.Braziliya futbolining bugungi bosh yulduzi vatanida biroz ko‘proq ushlanib turdi. «Santos» yosh yulduzini «Barselona»ga faqat 2013 yilning yozida qo‘yib yubordi.

Neymar bu vaqtda deyarli 21,5 yoshga to‘lgandi. Qisqasi, u Yevropaga yo‘l olishiga qadar Braziliya milliy chempionatida yaxshigina statistikaga erishdi. Ya’ni «A» seriyasida 103 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 54ta gol yozib qo‘ydi.

Yevropa top-ligalaridagi ko‘rsatkich

Neymar. Braziliyalik futbolchi Ispaniya Primerosida 25 yoshiga qadar o‘ynab, o‘tgan yozda «PSJ» safiga qo‘shildi. Xullas, u «Barselona»da 4 mavsum to‘p surdi.

Aytish joizki, bu davrda statistikasi ham chakki bo‘lmadi: Primeroning o‘zida 68ta gol (123ta o‘yinda). Neymar Fransiya ligasida samaradorlikni yanada oshirdi: 26 yoshga to‘lishiga qadar 17ta o‘yinda 18ta gol urdi.

Ronaldu. Portugaliyalikning faoliyati Neymarnikidan keskin farqlanadi. Zero, u Ispaniya birinchiligiga 24 yoshli payti bosh suqdi.

Bungacha esa Angliya premyer-ligasida 196ta o‘yin o‘tkazib, 84ta gol urgandi. La-ligadagi dastlabki 2 mavsumiga qarasak, «Real» uchun 63ta o‘yinda 66ta gol hosil qildi.

Terma jamoadagi faoliyat

Ronaldu. Ob’ektiv qaraganda, Portugaliya termasida sovrin yutish qiyin, har holda,  Braziliya milliy jamoasi bilan zafar quchish imkoniyati kattaroq, baribir. Axir braziliyaliklarning umumiy saviyalari ancha baland.

Demak, Krishtianu 26 yoshga to‘lgunicha o‘z vatani milliy jamoasi libosini 80 marta kiyib, 26ta gol urishdan tashqari, 20ta samarali uzatmani amalga oshirdi. U portugallar bilan yirik turnirda g‘alaba gashtini ham surdi, ammo Yevro-2016 vaqtida yoshi 30dan oshgandi.

Neymar. «PSJ» vakili ayni paytgacha milliy jamoada 83ta o‘yin o‘tkazib, o‘z nomiga 53ta gol va 36ta samarali uzatmani yozib qo‘yishga ulgurdi.

Qolaversa, Neymarda Olimpiada-2016ning oltin medali ham bor. To‘g‘ri, Braziliyada tashkillashtirilgan JCH-2014 u va jamoasi uchun katta xafagarchilik bilan tugadi.

Klubdagi sovrinlar masalasi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:32, 17.02.2018. O'qildi: 19076 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик