Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Taqdir oldida yig‘lashga majbur Fabiu Koentrau

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ha, to‘xtovsiz hayot portugaliyalik taniqli himoyachini turli sinovlarga tashlamoqda.

Iqtidordan bebahra qolmagan Fabiuning futboldagi yo‘liga teran nazar sol-gan har qanday kishi uning har doim nimadandir jabr chekkanini osongina pay-qaydi. Ammo «Real»ning sobiq vakili ba’zi ko‘rgiliklar uchun faqat o‘zini ayblashi darkor...

**************

Portugaliya kubogi-2011 yarim finali. Koentrauning jamoasi - «Benfika» hal qiluvchi uchrashuv yo‘lida «Portu» bilan to‘qnash kelgan va safarda kechgan dastlabki o‘yinni ishonchli tarzda o‘z foydasiga hal qilgandi - 2:0. Biroq lissabonliklar o‘z maydonlaridagi javob bahsida 1:3 hisobida yengilib, final chiptasidan mosuvo qolishadi.

Alamli mag‘lubiyat yosh Fabiu Koentrauga shu qadar og‘riqli ta’sir qiladiki, u shunchaki, ho‘ngrab yig‘laydi. Shundan atigi 2 hafta o‘tib, «Braga» o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan YEL yarim final o‘yinida g‘alaba qozonadi. Boshqacha aytsak, «Benfika»ning  raqibi finalga yo‘l oladi, Koentrau esa yana ko‘z yoshi to‘kadi.

**************

2013 yili Fabiuning «Real»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi amalga oshmay qoldi. Portugaliyalik himoyachi o‘shanda oxiriga qadar Angliyaga yo‘l olishdan umidvor bo‘lgandi. Biroq... Xullas, futbolchi transferlar bozori yopilishi bilan yig‘lagudek holatga tushdi. Shu-shu uning o‘yiniga xos uchqun batamom so‘ndi.

Deylik, Koentrau Madriddagi faoliyatining ilk bosqichida Marselo bilan chinakamiga raqobatlashgan bo‘lsa, oxirida zaxirada o‘tirgancha braziliyalik ampluadoshining o‘yin bobidagi taraqqiyotini jimgina kuzatishdan o‘zga chora topolmadi. Bu borada hattoki, muxlislar ham unga achindilar, zero, portugaliyalik yigit alohida iqtidorga ega edi.

Misol uchun, to‘p bilan yaxshi ishlardi, gollar urardi va shu asnoda «Real» fanatlar armiyasi e’tiboriga tushgandi. Biroq jarohatlar va ular ortidan yuzaga kelgan ruhiy muammolar buyuklar darajasiga chiqishga intilgan Fabiu oyog‘iga bolta urdi, uning bor istiqboliyu, salohiyatini yo‘qqa chiqardi.

Koentrau avvaliga oyog‘ining sinishi, keyin belidagi muammolar sabab, bir necha oy chetda qoldi. «Real» esa hamon uning iqtidorini qayta qo‘zg‘atish ilinjida. Ammo ijara kelishuvlari samara berayotgani yo‘q.

**************

Himoyachi joriy yilning yozigacha «Sporting»da o‘ynaydi. Qarangki, Portugaliya ligasidagi raqiblari ba’zida uning ustidan shunchaki, kulishmoqda. Deylik, yaqinda «Portu»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng Koentrauni Marigani irqchilik kayfiyatida haqoratlaganlikda ayblashdi.

Umuman olganda, Fabiu mahalliy Primero doirasidagi 12tagina uchrashuvda qatnashdi, ammo boshi g‘alvalardan chiqmayapti. Ayniqsa, «Vitoriya Setubal» bilan o‘yin uning uchun dahshatli ko‘rinish oldi. «Sporting» minimal hisobda oldinda borayotgan pallada, ya’ni so‘nggi daqiqalarda hakam aynan Koentrauning harakati tufayli penalti belgiladi.

Tabiiyki, himoyachi bu holatda o‘zini tutib turolmadi va jamoa bosh murabbiyi uni darhol o‘yindan oldi. Biroq Fabiu shunda ham g‘azabdan tushmadi va zaxira o‘rindig‘ini sindirishga kirishdi. Shundan ma’lum vaqt o‘tgach, bechora himoyachi boshini tutgancha yana yig‘lab yubordi. Chunki «Sporting» 11 metrlik jarima zarbasidan gol qo‘yib yuborib, muhim ochkolarni yo‘qotdi.

«Tushuninglar, mashina emas, insonman. Zaxiraga olinganimdan so‘ng qanday holatga tushganim o‘zimgagina ayon. To‘g‘ri, xatti-harakatlarim juda xunuk va buni oqlab bo‘lmaydi. «Sporting» muxlislari meni kechirishlarini istardim», - deb yozdi Koentrau keyinchalik ijtimoiy tarmoqda.

**************

YEL doirasidagi o‘yinda yana bir o‘ta  jiddiy voqea yuz berdi. Portugaliyaliklar «Astana» maydonida 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi, ammo bu holat Koentrauga xursandchilik ulashmadi. U o‘yin davomida hakamning adolatsiz qarorlariga oshkora e’tiroz bildirdi.

Natijada mahalliy muxlislar nafratiga uchradi. Xullas, ular Fabiuni kiyinish xonasiga «chiroyli» tarzda kuzatib qo‘yishdi. Oqibatda futbolchi yana ruhiy muvozanatni yo‘qotib, ko‘ziga yosh oldi. Boz ustiga, Koentrau «Feys­buk» orqali alamini to‘kib sochdi.

**************

Eng g‘alati tomoni, fanatlarning salbiy munosabatlariga Koentrauning o‘zi sababchi bo‘lmoqda. 29 yoshli himoyachi Portugaliya ligasida «Benfika»dagi o‘yinlari orqali tanilgan. «Real»ga ham aynan shu klubdan o‘tgandi - 30 million yevro evaziga.

2015 yili esa uning «Sporting» safiga qo‘shilishi haqida ilk xabarlar tarqaldi. O‘shanda Fabiu «Feys-buk»da faqat «Benfika»ga qaytishi mumkinligi, qolgan klublarni shunchaki, hurmat qilishi haqida yozgandi. Lekin u hozir «Sporting»da.

Ha, muxlislar bu kabi va’dalarni unutishlari mumkindir, ammo ahmoqona harakatni aslo esdan chiqarishmaydi. Gap shundaki, Koentrau yaqinda «Benfika» sharfini taqib, suratga tushdi.

Vaholanki, u ayni payt «Sporting» a’zosi va bunday qilishi klub fanatlariga sira ma’qul kelmasligini tushunishi kerak edi. Ha, ko‘rinishidan, Fabiu tez orada yana ko‘z yoshi to‘kmoqchi, chog‘i...

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:47, 02.03.2018. O'qildi: 12708 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик