Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Nasaf»: Raqibimiz «Al Sadd» haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Nasaf
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zingizga ma’lum, 5 mart kuni “Markaziy” stadionimizda yana bir katta futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi Osiyo chempionlar ligasining 3-turida “Nasaf” Qatarning “Al Sadd” klubini qabul qiladi. Dunyo futboli ishqibozlariga ma’lum va mashhur bo‘lgan Xavi Ernandes Qarshiga tashrif buyuradi.

Quyida guruhimizdagi raqibimiz Qatarning “Al Sadd” klubi haqida umumiy ma’lumotlar bilan tanishtiramiz.

“Al Sadd” klubi 1969 yili tashkil bo‘lgan. Uy uchrashuvlarini Doxa shahridagi “Jassim Bin Xamad” stadionida o‘tkazadi.

Jamoaga 2015 yildan buyon portugaliyalik 71 yoshli murabbiy, Jezualdu Ferreyra ustozlik qilmoqda.

Raqibimiz Qatarning eng nomdor klubi bo‘lib, mamlakatning rekord darajadagi sovrindori hisoblanadi. O‘z tarixida “Al Sadd” o‘n uch karra Qatar yuduzlar ligasi chempioni, o‘n besh karra mamlakat kubogi sohibi, ikki marta Osiyo chempionlar kubogi va ligasida g‘olib bo‘lgan. 2011 yili klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini ham qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari ham ko‘plab musobaqalarda sovrindor bo‘lgan.

“Al Sadd” 2016/2017 yilgi mavusumda Qatar yulduzlar ligasida 2-o‘rinni egallagan va bu yilgi Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.  

Raqibimiz ayni paytda mamlakat chempionati turnir jadvalida 19ta uchrashuvdan so‘ng 46 ochko to‘plab, 2-pog‘onani band etib turibdi. Qatar yulduzlar ligasida 12ta jamoa ishtirok etmoqda. “Lokomotiv”ning OCHLdagi guruhdoshi “Al Duhail” jamoasi esa mamlakat chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

“Al Sadd” 1 mart kuni QYULsining 19-turida peshqadam “Al Duhail” jamoasi bilan kuch sinashdi va 4:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘zingizga ma’lum, bu yilgi Osiyo chempionlar ligasida “Al Sadd” muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. O‘tgan ikki uchrashuvda ham qatarliklar g‘alaba qozonishdi va 6 ochko bilan “S” guruhida peshqadam bo‘lib turibdi.

Jamoaning 11-raqamdagi jazoirlik hujumchisi Bag‘dod Baunedjax o‘tgan ikki uchrashuvda ham dubl qayd etib, to‘purarga aylangan. 16-raqamdagi yarim himoyachi Bualim Xoki hisobida esa bitta gol bor.

Albatta, “Al Sadd”ning hozirgi paytdagi eng nomdor o‘yinchisi bu Xavi Ernandesdir. 38 yoshli ispaniyalik futbolchi mana ikkinchi yildirki, jamoa sharafini himoya qilmoqda.

U futbolchilik bilan bir qatorda jamoa bosh murabbiyiga yordamchi murabbiy ham hisoblanadi. “Barselona” klubi akademiyasining tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Ernandes Xavi, butun futbolchilik davridagi ikkinchi klubda to‘p surmoqda. “Al Sadd” klubiga kelguncha, faqat “Barselona”da o‘ynagani ham diqqatga sazovordir. Raqibimiz safida bungacha, Xavidan tashqari yana bir ispaniyalik mashhur futbolchi, Raul ham faoliyat yuritgani futbol ishqibozlariga ma’lum.

Hozirgi paytda “Al Sadd” tarkibida Eronlik, Jazoirlik, Ispaniyalik va Bahraynlik legioner futbolchilar bor. Bular 24-raqamdagi himoyachi Murtoza Ganji,  5-raqamdagi yarim himoyachi Jugurtha Hamroun, 11-raqamdagi hujumchi Bag‘dod Baunedjax, 6-raqamdagi yarim himoyachi Xavi Ernandes va 65-raqamdagi yarim himoyachi Axmad Sayyorlardir. Yana bir futbolchi borki, Qatar fuqarosi bo‘lsada, o‘zi asli portugaliyalik  2-raqamdagi himoyachi Pedro Miguyeldir.

Qatarning “Al Sadd” jamoasi OCHL-2018 guruh bosqichi uchun 28 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Ularning 3 nafari darvozabonlar, 10 nafari himoyachilar, 11 nafari yarim himoyachilar va 4 nafari hujumchilardir.

“Al Sadd”ning OFK ro‘yxatidan o‘tgan futbolchilari.

Darvozabonlar:

1.Saad Alshiyb

21.Saud Abdulla

22.Meshal Barsham

Himoyachilar:

2.Pedro Miguyel

3.YOsir Abubakr Iso

7.Musab Xotr

12.Xamid Ismoil

13.Ibrohim Majid

14.Abdukarim Hasan (s)

20.Salim Ali Alxajri                

24.Murtoza Ganji

34.Xatim Kamol

37.Axmad Suhail

Yarim himoyachilar:

5. Hamroun Jugurtha

6.Xavi Ernandes

8.Ali Asad

10.Hasan Alhaydus

16.Bualim Xoki

18.Abdulla Aljalobi

25.Jassim Alshamari

65.Axmad Sayyor

73.Muxammad Alvaxxob

87.Saud Ibrohim

Baha Elleti

Hujumchilar:

11.Bag‘dod Baunedjax

17.Hasan Axmad

96.Akram Afif

99.Ali Freydon

Eslatib o‘tamiz, OCHL 3-tur doirasidagi “Nasaf” – “Al Sadd” uchrashuvi, 5 mart dushanba kuni “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Suratlar manbasi klub rasmiy sayti

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:55, 02.03.2018. O'qildi: 4891 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик