Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • 1:1
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • 0:0
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 19 41
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aryen Robben: «Afsuslanishga asosim yo‘q»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Har bir ishda aniqlikni xush ko‘radigan gollandiyalik yarim himoyachi Aryen Robben oldindan belgilangan uchrashuvga biroz kechikkanini qishki Olimpiada o‘yinlari doirasida short-trek bo‘yicha musobaqaning 1000 metr masofaga bo‘lgan final bosqichidan voz kecholmagani bilan izohladi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Bavariya» faxriysi vatandoshi Yorin ter Morsni bilvosita qo‘llab-quvvatlashni xohlagan. E’tiborlisi, bu sportchi yakunda poyga g‘olibiga aylanib, Gollandiya jamoasiga 5-oltin medalni tortiq etdi.

Xullas, hamyurtining muvaffaqiyatidan o‘zgacha ruhlangan Aryen suhbatni ko‘tarinki kayfiyatda boshladi.

- Janob Robben, balki futbolchilik faoliyatidan so‘ng o‘zingiz ham salohiyatingizni muz yo‘lagida sinab ko‘rarsiz... Boshqacha aytsak, Olimpiada medallari uchun kurashishni xohlarmidingiz?

- Yo‘q, yo‘q, nimalar deyapsiz? Ha, Gollandiyada konkida uchishni hamma yoqtiradi, hattoki, o‘quvchilar ham. Bolaligimizda usti muz bilan qoplangan kanallarda uchardik, hozir farzandlarim shunday qilishadi.

Zero, muzda uchishning zavqi o‘zgacha. Ochig‘i, o‘sha vaqtlar yaqin emas, uzoq masofaga uchishda yaxshiroq natijalarga erishardim.

- Futbolda esa sprinterlik xususiyatini namoyish etishni xush ko‘rasiz. Qiziq, yosh raqiblardan o‘zib ketishni qachongacha davom ettirmoqchisiz? Chunonchi, amaldagi shartnomangiz yozda nihoyasiga yetadi.

- Ayni pallada o‘zimni a’lo darajada his qilyapman, jismoniy tayyorgarligim joyida. O‘ylaymanki, yana 1-2 yil bemalol to‘p sura olaman. Mo‘ljalim ham shu.

- Kelajagingiz «Bavariya» bosh murabbiyi masalasining hal etilishiga bog‘liqmi?

- Albatta. Bunda yolg‘iz o‘z xohishim bilan ish bitmaydi. Murabbiy - men bilan hamkorlik qiladigan asosiy shaxs. Muhimi, Myunxenda barcha rahbarlar menga nisbatan samimiy munosabatdalar.

Shunday ekan, bosh murabbiyning o‘zgarishi mumkinligi uncha tashvishlantirmayapti. Jamoaning muayyan rejasi bor. Xullas, vaqti kelib, mutasaddilar bilan alohida uchrashaman va shartnomani uzaytirish-uzaytirmaslik masalasini obdon ko‘rib chiqamiz.

- Yupp Xaynkes mavsum yakunida ketadi. Uning jamoada qolishini istarmidingiz?

- Avvalo, aytishim kerak, Yuppning yana biz bilan birga ekanligi - ajo-yib holat! Peter Xermann va Xermann Gerland klubni xuddi besh barmoqlaridek yaxshi biladilar. Qaysi o‘yinchiga nima kerakligi ham ularga oydek ravshan.

Mana, Xaynkes qaytgach, dastlabki kundanoq ijobiy o‘zgarishlar yaqqol sezildi. Demakki, uning «Bavariya»dagi faoliyati qancha uzoq davom etsa, shuncha xursand bo‘laman. Ammo bu masala uning o‘ziga bog‘liq.

Murabbiy yakunda qanday qarorga kelishidan qat’iy nazar, unga nisbatan hurmatimiz o‘zgarmaydi.

- Faoliyatingizni AQSH, Xitoy yoki Qatarda yakunlashni tasavvur qila olasizmi?

- Uyda, oila a’zolarim va yaqinlarim davrasida ayni shu mavzuni tez-tez muhokama qilyapmiz. Hozir bir qarorga kelishni paysalga solmaslik kerak. Deylik, 2 yil muqaddam hammasi aniq edi.

Endi esa faoliyatim yakuniga yaqinlashmoqda. Fikrlar ko‘p, lekin yechim bitta. Bu - mushkul, ammo qiziqarli jumboq. Ayrim jihatlar hal bo‘ldi, hisob. Lekin buni hozircha oshkor etolmayman.

- Farzandlaringiz nima deyishyapti?

- Ular hali yosh, bu masalaga aralasholmaydilar. Mabodo gapirishsa ham, ulardan faqat kulguli fikrlar eshitish mumkin (kuladi).

- Vaqtida vataningiz - Groningenga qaytishingiz mumkinligiga ham sha’ma qilgan edingiz...

- Ha, u yerda o‘smirlar jamoalarida o‘ynash asnosida professional futbolga ko‘tarilganman. «Groningen» klubida qadrdonlarim bor, ular bilan doimiy aloqadaman. Lekin futbolchi sifatida qaytishga aslo va’da berolmayman.

- «Bavariya» eng yaqin ta’qibchisini ham o‘z «changi»da qoldirmoqda. Hozirgi holatda Bundesliga zerikarli tuyulmayaptimi?

- Chempionat va o‘yinlar shaxsan men uchun hech qachon zerikarli bo‘lmaydi. Axir har bir uchrashuvning o‘ziga xos tomonlari bor va u avvalgilariga sira o‘xshamaydi.

«Bavariya» doimo g‘alaba qozonadi, chempionlik unga nasib etadi, baribir. Ligada myunxenliklar bilan raqobatlashadigan jamoaning o‘zi yo‘q» qabilidagi mulohazalar mantiqan to‘g‘ri emas.

Eslang, chempionat boshida salgina xotirjamlikka berilganimiz qimmatga tushib, «Dortmund» naq 5 ochko ilgarilab ketgandi. Umuman, Bundesliga o‘yinlarida g‘alaba qozonish yo‘lida 100 foiz fidoyilik ko‘rsatish talab etiladi. «Bavariya» ham bundan mustasno emas.

- Germaniya chempionatining yanada qiziqarliroq tus olishini ta’minlash  xususida turli takliflar bildirilmoqda. Masalan, «pley-off» bosqichi g‘oyasiga qanday qaraysiz?

- Agar shunday tizim joriy etilsa, men o‘yindan chiqaman (kuladi).

- Joriy mavsum «Bavariya»ni to‘xtatish ilojsizdek. Jamoa buyuk «trebl»ni takrorlay oladimi?

- Menimcha, bu borada baralla gapirishga biroz erta. Albatta, nafaqat Germaniya kubogi, balki CHLda ham imkon qadar uzoqqa borishni xohlaymiz. Mana, «Beshiktosh» to‘sig‘idan o‘tdik, hisob. Lekin asosiy olishuvlar hali oldinda.

- Aftidan, CHLda yana 2ta yangi raqobatchi - «PSJ» va «Manchester Siti» paydo bo‘lgandek...

- Chindan ham, jiddiy jamoalar. Har ikkisi avvalgi mavsumlarga nisbatan olganda, ancha kuchaydi. Ayni payt ko‘pchilik «Siti»ni Yevropaning eng kuchli klubi sifatida e’tirof etmoqda.

Balki shundaydir. Lekin bunday baholashlar fevralda hech narsani anglatmaydi. Yakunda kubokni qaysi jamoa boshi uzra baland ko‘tarsa, o‘sha eng kuchlisi bo‘ladi. To‘g‘ri, hozir «Siti» xususida faqat iliq fikr bildirishim mumkin.

- Marhamat.

- Ayniqsa, Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi ishi, jamoa o‘yinini qayta shakllantirganidan qoyil qoldim. Uni juda yaxshi bilamiz, o‘zaro hamkorlik vaqti zavq bilan ishlagandik. Pep chindan ham, yuksak malakali murabbiy ekanligini yana bir bora isbotladi.

- Darhaqiqat, faqat yulduzlardan iborat jamoani boshqarish oson emas.

- Shunday. «Siti» o‘yinini kuzatsangiz, murabbiyning o‘ziga xos uslubi yaqqol seziladi. Qisqasi, Pep ijodiy faoliyatini yanada yuqoriroq darajaga ko‘tarishda davom etmoqda.

- Robben yozda qanday yumushlar bilan shug‘ullanmoqchi?

- Bu safar meni uzoq ta’til kutib turibdi - shunchaki, miriqib dam olaman (kuladi).

- JCH bahslarini kuzatasizmi? Gollandiya termasining saralash bosqichidagi omadsizligi alamini unutdingizmi?

- Yo‘q, uyda futbol tomosha qilmayman. Agar istak va vaqt yetarli bo‘lsa, boshqa gap. Terma jamoa natijasiga kelsak, afsuslanishdan naf yo‘q. Achinarli tomoni, ketma-ket ikkinchi marta yirik musobaqadan chetda qoldik.

Ochig‘i, guruhdagi asosiy raqiblar - Islandiya, Turkiya va Chexiya termalariga qarshi kechgan 6ta uchrashuvda biror g‘alaba qayd etolmadik - 1ta durang, 5ta mag‘lubiyat. Demak, xolis baho bersak, guruhdan chiqishga loyiq emasdik.

- Bunday past natijani nima bilan izohlaysiz?

- Eh-he, bu borada juda uzoq gapirish mumkin.

- Mayli, vaqtimiz yetarli...

- Albatta, sabablar ko‘p. Doimo muayyan avlod davri bo‘ladi. Masalan, hozir Germaniyada JCH final bosqichiga munosib 3ta jamoa shakllantirish imkoni bor. Bizda esa yuksak saviyali o‘yinchilar sanoqli. Vaholanki, avvallari iqtidorli o‘yinchilarga boy edik.

2014 yilga kelib, yulduzlar soni ancha kamaydi, shunga qaramay, mundialda 3-o‘rinni egalladik. O‘shanda himoyaga ko‘proq e’tibor qaratib, 5-3-2 uslubida o‘ynagandik.

Yangi bosh murabbiy esa Gollandiya futboli uchun an’anaviy sanalgan 4-3-3 sxemasiga tayandi. Biroq bu uslub uchun yuksak saviyali ijrochilar zarur.

- Sizningcha, Germaniya termasi Rossiya mundialining bosh favoritimi?

- Nemislar har qanday holatda ham, asosiy da’vogarlar qatoridan joy olaverishadi. Umuman, nomdor jamoalar o‘rtasidagi bahslar murosasiz kechishi aniq.

Favoritlar safiga Fransiya, Braziliya va Argentina termalarini ham kiritish mumkin. Ehtimol, ispanlar ham o‘zlarini ko‘rsatishar... Xullas, odatiy «xavotir uyg‘otuvchi guruh».

- Faoliyatingiz davomida sizga yetishmagan qandaydir jihat bormi, afsuslanishga majbur etadigan voqea-chi?

- Yo‘q, futboldagi yo‘limdan, ko‘rsatgan o‘yinlarim va natijalarimdan mamnunman. Xususan, CHLdagi g‘alaba muvaffaqiyatlar gultojidir. Nimani orzu qilgan bo‘lsam, barchasiga erishdim.

Albatta, xatolarga yo‘l qo‘yish, mag‘lubiyatlar alamini totish - futbolning ajralmas bo‘lagi. Muhimi, ulardan tegishli saboq olish kerak. Menimcha, buni yaxshi uddalay oldim. Demak, afsuslanishga asosim yo‘q.

- Ko‘plab taniqli murabbiylar bilan hamkorlikda ishladingiz. Ulardan qay birini eng mukammali sifatida e’tirof etasiz?

- O‘ylashimcha, futbol dunyosida 100 foiz mukammallikka erishgan murabbiyning o‘zi yo‘q. Har bir mutaxassisning o‘ziga xos ustun xususiyatlari bor. Kimdir futbolchilar bilan munosabat o‘rnatishda benazir bo‘lsa, boshqasi taktika bobida chuqurroq saboq beradi.

- Kelajakda murabbiylikka qo‘l urishingiz mumkinmi?

- Ba’zan o‘g‘limning jamoasi uchun mashg‘ulot o‘tayman. Bu ish mislsiz lazzat bag‘ishlaydi. Lekin qachondir yuksak saviyali murabbiyga aylanishim xususida baralla gapirolmayman. Bu kasb nechog‘li murakkab ekanligini har kuni ko‘rib turibman.

To‘g‘ri, o‘zim ham 18 yoshimdan buyon kuchli bosim va mas’uliyat yukini his etib yashayapman. Murabbiy yelkasidagi yuk esa yanada og‘irroq. Shunday ekan, avvalo, «Shu ish men uchun muhimmi?» degan savolga javob topishim kerak.

- «Bavariya»dagi yosh futbolchilardan qay birining faoliyati xuddi sizniki kabi yorqin kechishini kutsak bo‘ladi?

- Jamoamizning barcha a’zolari shunday imkoniyatga egalar. «Bavariya»da oddiy o‘yinchilar to‘p surishmaydi, axir. Hammasi ularning yuzaga keladigan turli to‘siqlarni qanday bartaraf etishlariga bog‘liq.

Lekin shunisi aniq - jamoadoshlarim orasida kelajagi yorqin yigitlar ko‘p. Aksariyat futbolchilar buyuklik darajasiga chiqishlarini taxmin qilish mumkin. Ularning taqdirlari qanday kechishini kuzatib borish shaxsan men uchun ham qiziqarli, albatta.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:52, 03.03.2018. O'qildi: 2751 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.