Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Na «Anji» va na «Bunyodkor»da. Doston Hamdamov qayerda?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bir futbolchining bir jamoadan boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi, futbol tili bilan aytganda, «transfer» qilinishi tabiiy hol. Ayniqsa, gap o‘zbekistonlik futbolchining kuchliroq chempionatga o‘tishi haqida ketganda, buni barcha katta xursandchilik va mamnuniyat bilan qarshi oladi. Tarkibida aynan hamyurtimiz to‘p surayotgani uchun ham o‘sha jamoaga muxlislik qiladigan ishqibozlar ham istagancha topiladi. O‘z vaqtida «Dinamo Kiyev», «Anji», «Krasnodar» jamoalariga, bugungi kunda va Moskvaning «Lokomotiv» klubiga xuddi shu sabab bilan muxlislik qilayotgan yurtdoshlarimiz serobligini hech kim inkor etmasa kerak.

Yaqinda «Bunyodkor» futbolchisi Doston Hamdamov Maxachqal’aning «Anji» klubi safiga borib qo‘shilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo voqealar rivoji bu safar sal boshqacharoq.

Hamdamovning rus klubiga o‘tayotganini birinchilardan bo‘lib «championat.asia» yozdi. Sayt bu xabardan «shokka tushganini» bildirib, «Bunyodkor»dan so‘roqsiz ketgan Hamdamovni «tuzluqqa tupurmaslikka» chaqirdi. Keyinchalik bu xabar saytdan o‘chirib tashlangan bo‘lsa-da, voqeaning barcha tafsilotlari turli saytlarda batafsil yoritildi.

Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, Doston aslida «Anji»ga qochib ketmagan, balki Maxachqal’a klubi «Bunyodkor»ning shartlariga to‘la rozi va futbolchi transferini xarid qiladi. Futbolchining otasi bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘g‘li «Anji» bilan 1,5 yillik shartnomaga qo‘l qo‘ygan va bu Doston uchun muhim qaror.

Ammo 1 mart kuni «Kun.uz»da «Bunyodkor» rahbarlarining ushbu mojaroli transferga bildirgan izohi e’lon qilindi. Unda aytilishicha, haqiqatdan ham «Anji»dan futbolchi haqida xat kelgan. Hamdamovning shartnomasida transfer narxi 300 ming yevro etib belgilangan. «Bunyodkor» bosh direktori Murod Aliyevning aytishicha, ular «Anji»ga javob xati yozib o‘z shartlarini ma’lum qilgan. FIFA qoidalariga muvofiq, futbolchi 23 yoshgacha boshqa jamoaga ketadigan bo‘lsa, u tarbiya topgan akademiyasi uchun ham ma’lum miqdorda kompensasiya to‘lanishi kerak bo‘ladi. Doston klub akademiyasida 13 yoshidan buyon tarbiyalanib kelayotgani bois javob xatida tovon pulidan tashqari FIFA talabi bo‘yicha kompensasiya mablag‘ini o‘tkazib berishi kerakligi bildirilgan. Hamdamov uchun olinadigan puldan tushadigan mablag‘ ham klub xarajatlari, ham hozir eng zarur bo‘lib turgan qarzlarni yopishga sarflash ko‘zlangan. Hozircha bu borada hech qanday javob bo‘lgani yo‘q.

Doston Hamdamov «Anji»ning Turkiyadagi yig‘inlarida ishtirok etdi, Belarusning «Slusk» jamoasi bilan o‘yinda maydonga tushib, jamoasining yagona goliga mualliflik ham qildi. Ammo kuni kecha tanishtirilgan «Anji»ning yangi futbolchilari orasida Doston Hamdamov ko‘rinish bermadi. Klub rasmiy saytida keltirilgan jamoa futbolchilari tarkibida ham (garchi boshqa barcha yangi futbolchi qo‘shilgan bo‘lsa-da,) Hamdamovni topa olmadik. Maxachqal’aliklarning kechagi «Rubin» bilan o‘yinida ham Doston «zayavka»ga kiritilmadi.

Savol tug‘iladi? Doston Hamdamov qayerda? «Anji»da bo‘lsa nega u haqda rasman e’lon qilinmayapti? Uni yashirishdan qanday maqsad ko‘zlanmoqda? Bu mojaroning eng tashvishli tomoni — terma jamoaga jalb etilgan Hamdamovning o‘yin amaliyotisiz qolib ketishi ham mumkin. «Anji» uni yashirishda davom etsa, voqealar rivoji nima bilan yakun topadi?

Albatta, Doston Hamdamov uchun Rossiya chempionatiga o‘tish o‘ta muhim va zarur qaror. Nafaqat futbolchi, balki terma jamoamiz uchun ham foydali bo‘lishi aniq. Shu bois ushbu mojarolar tezroq yakun topib, Doston Hamdamovning o‘z klubini topib olishiga umid bildiramiz.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 19:10, 03.03.2018. O'qildi: 14616 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик