Bugun 9 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sardor Rashidov: «Nasib qilsa, Fransiya chempionatida o‘ynayman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov ma’lum tanaffusdan so‘ng yana ichki chempionatimizga qaytdi. BAAning «Al-Jazira» klubi bilan shartnomani bekor qilgan Rashidov «Lokomotiv» bilan kelishuvga erishdi.

U OCHL guruh bosqichidan o‘rin olgan rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushib, hatto gol urishga ham ulgurdi. Sardor amirlik jamoasidan avval Qatarning «Al-Jaish» klubi sharafini himoya qilgandi.

«Al Jazira»da esa asosiy vaqtini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazayotgandi. Bunday vaziyatda eng maqbul yo‘l klubdan ketish edi. Rashidov amalda shunday qildi.

Yaqinda matbuotda uning Fransiyaga yo‘l olishi haqida ham yozishdi. Intervyu berishni biroz xushlamaydigan futbolchimiz bilan ayni mana shu mavzular yuzasidan suhbatda bo‘ldik.

- Sardor, «Lokomotiv»ga moslashish jarayoni qiyin kechmadimi?

- Yo‘q. Faoliyatimning katta qismi O‘zbekiston chempionatida o‘tgan. Boz ustiga, «Lokomotiv»da do‘stlarim ko‘p. Shu bois, juda tez moslashib oldim.

- Nima uchun aynan «Lokomotiv»­ni tanladingiz? Tanlov uchun bosh­qa variantlar ham bormidi?

- Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Birinchidan, «Lokomotiv» amaldagi O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi hisoblanadi. Jamoa ikki yildan beri bu unvonlarni o‘zida saqlab kelmoqda.

Ikkinchidan, u mamlakatimizning ayni paytdagi eng kuchli klubi. Uchinchidan, bu klub OCHLda ishtirok etyapti.

«Loko»ga o‘tishimning asosiy sabablaridan biri ham aynan shu bo‘ldi. O‘zimni Osiyoning klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirida sinab ko‘rmoqchiman.

- O‘zbekiston chempionatiga qaytish orqali moliyaviy tomondan yutqazdingiz. Bundan afsusda emasmisiz?

- Afsuslanishga hojat yo‘q. Futbolchi faqat pulni o‘ylasa, o‘yini o‘xshamay boraveradi. Men yana o‘zimga kelib, o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishni istayman.

- «Al-Jazira»dan ketishingizga murabbiylar bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘ldi, deb eshitdik. Bu ma’lumot qanchalik haqiqatga yaqin? Klub prezidenti bilan bu borada gaplashib ko‘rmadingizmi?

- Ha, ushbu ma’lumotni tasdiqlayman. «Al-Jazira» murabbiyi menga juda kam imkon berdi. O‘sha imkon berilgan va ishonch bildirilgan o‘yin­larda gol urdim, golli uzatmalarga mualliflik qildim.

Ochig‘i, bu murabbiyni umuman tushunmadim. Mayli, endi muhokama qilgandan foyda yo‘q. Siz aytgandek, klub prezidenti bilan munosabatlarim yaxshi edi. «Al-Jazira»ga o‘tishimda ham shu rahbarning hissasi katta bo‘lgandi.

U qolishimni istadi, men esa futbol o‘ynashni xohladim. Shu tariqa shartnomani bekor qildim.

- «Al-Jazira»dan ketish uchun shartnomani bir tomonlama bekor qilish va transferingizni sotib olishingizga to‘g‘ri kelibdi. Shu rost­mi? Klub rasmiylari siz bilan osonlikcha xayrlashmagandirlar?

- Yo‘q, bu noto‘g‘ri ma’lumot. «Al-Jazira» mening transferimni «Al-Jaish»dan sotib olgandi. Shuning uchun ham ular ketishimdan biroz ranjishdi. Chunki meni xarid qilib, 5 oydan keyin tekinga qo‘yib yuborishlariga to‘g‘ri keldi.

Bu yerda hamma ishni murabbiy qildi. Menga esa far­qi yo‘q edi. Agar o‘zi astoydil xohlaganida, meni maydonga tushirardi. Lekin u bu yo‘ldan bormadi. Menga esa mazkur holat to‘g‘ri kelmasdi.

Tushuning, axir zaxira o‘rindig‘ida o‘tiradigan yoshda emasman. Shu sababli ham shartnomani buzishdan o‘zga chora topa olmadim.

- «Lokomotiv» bilan imzolangan shartnomada xorij klubidan taklif tushsa, sizni qo‘yib yuborishlari haqida band bormi?

- Ha, bor.

- «Al-Jaish»ning sobiq murabbiyi Lyamushi bugungi kunda «Renn» klubida ishlayapti. Shu ma’noda sizning aynan Fransiya chempionatiga yo‘l olishingiz mumkinligi haqida gap-so‘zlar bolaladi.

Lyamushining o‘zi bilan bu haqda gaplashdingizmi? Bu transfer yozda amalga osharmikan?

- Xuddi shunday. Men Lyamushi bilan doimo aloqada bo‘lib, telefon orqali gaplashib turaman. U menga yozgacha kutishimni va katta ehtimol bilan o‘sha transfer bozori chog‘ida «Renn»ga o‘tishimni aytdi.

Nasib qilsa, Fransiyaga boraman. Mabodo, bu transfer amalga oshmay qolgan taqdirda, boshqa xorij klublari bilan muzokaralarga kirishaman.

- «Lokomotiv» OCHL 2 – 3-turlarini Eronda «Zob-Ohan», Qatarda «Duhayl»ga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berdi. Bu mag‘lubiyatlarga nima sabab bo‘ldi?

- Ochig‘ini aytsam, safardagi o‘yinlar biz uchun kutilganidan ham qiyin kechdi. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, Toshkentdagi javob uchrashuvimiz umuman boshqacha tarzda o‘tadi. Ishonchli g‘alaba uchun borimizni beramiz.

- «Lokomotiv» «pley-off» yo‘llanmasini qo‘lga kirita oladimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:29, 08.03.2018. O'qildi: 10343 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик