Bugun 9 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 08.05.2026 23:45
      • Torino
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • -:-
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • -:-
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 36 61
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 36 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Otabek Zokirov: «Superligada yaqqol autsayderni ko‘rmayapman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘tgan yilni Navoiyning «Qizilqum» jamoasida o‘tkazgan hujumchi Otabek Zokirov yaqinda AGMK a’zosiga aylanib, olmaliqliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Avvalgi mavsum «Qizilqum» libosida 28ta o‘yinda jami 2023 daqiqa harakat qilgan Otabek o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘ydi. Viktor Kumikov boshchiligidagi murabbiylar shtabi Zokirovning hujum chizig‘idagi raqobatni kuchaytira olishiga ishonmoqda.

Bu ishonch qanchalik oqlanishini albatta, vaqt ko‘rsatadi. Mahoratli futbolchi biz bilan suhbatda yangi jamoasi va kelgusidagi rejalari haqida gapirdi.

- Otabek, o‘tgan mavsumni «Qi-zilqum»da o‘tkazdingiz. Lekin kutilmaganda Navoiyni tark etdingiz. Buning sababi faqat shartnomaning yakunlanganidami?

- Mavsum tugagach, «Qizilqum» klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan do‘stona kayfiyatda xayrlashdik. Jamoadan o‘zimning shaxsiy sabablarimga ko‘ra ketdim. Yaxshi niyatlar bilan AGMK klubiga o‘tdim.

Nasib qilsa, yangi mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazib, olmaliqlik muxlislarni chiroyli o‘yinimiz bilan xushnud etishga intilamiz. Shu o‘rinda o‘z oldimga ham yuqori maqsad va talablarni qo‘yganman. Buning uchun mehnat qilishda davom etaman.

- O‘tgan mavsumdagi ishtirokingizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Umumiy olganda, ha! Lekin bundanda sermahsulroq o‘yin ko‘rsatishim mumkin edi. Fursatdan foydalanib, «Qizilqum» rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman va yangi mavsumda ularga omad tilayman.

- «Qizilqum»da hujum chizig‘ida o‘ynadingizmi?

- Jamoa bosh murabbiyi Hamid Aktamov meni ko‘proq qanotlarda sinab ko‘rdi. O‘zimga markaziy hujumda o‘ynash ma’qulroq.

- AGMKdan tushgan taklifning nimasi sizni o‘ziga qaratdi?

- Yaqinlarim bilan maslahatlashgach, AGMKning chorloviga rozilik berdim. Olmaliqda yaxshi jamoa shakllandi. Qolaversa, bu yerda do‘st­larim ham ko‘p. Zimmamizga yuklatilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz.

- Jamoaga shaxsan Viktor Kumikovning o‘zi chaqirdimi?

- Taklif tushgan paytda Viktor Balyutovich yurtiga jo‘nab ketgandi. Safar oldidan yordamchilariga ko‘z ostiga olib qo‘ygan bir guruh futbolchilarning ro‘yxatini bergan ekan. Unda men ham bo‘lganim uchun Muxtor Qurbonov jamoa yig‘iniga chaqirdi.

- Kumikov kelganidan keyin gaplashdinglarmi? Bu murabbiyning kuchli jihatlari nimada ekan?

- Ochig‘ini aytsam, ushbu mutaxassis bilan tanishdimu, lekin bafurja suhbatlashganimcha yo‘q. Murabbiyning salohiyati u o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarda shundoqqina sezilib turadi.

Xorijda uzoq vaqt ishlagani bilinadi. Qozog‘istonning «Shaxtyor» klubi bilan katta natijalarga erishdi.

- AGMK bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- Kelishuv bir yilga mo‘ljallangan.

- Kam emasmi? Umuman, mana shunday qisqa muddatli shartnomalarga munosabatingiz qanday? Futbolchilarda klubga nisbatan ishonch yo‘qmi yoki aksinchami?

- Ishonch yo‘q, deya olmayman. Masalan, bu yil AGMKda asosan bir yillik bitimlar tuzildi.

- Mavsumga tayyorgarlikning asosiy bosqichlari Turkiyada o‘tkazildi. Chempionatga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘ra oldinglarmi?

- Albatta. Reja bo‘yicha barcha taraddud amalga oshdi. Buning natijasi chempionatdagi ishtirokimizda ko‘rinadi.

- Olmaliqda kuchli klublarga qarshi kurasha oladigan raqobatbardosh jamoa shakllandimi?

- AGMK oldiga yuqori o‘rinlar uchun kurashish vazifasi qo‘yilgan. Jamoa bir necha yildan beri kuchli klublarga munosib qarshilik ko‘rsatib kelgan va bu ishni yangi mavsumda ham uddalay olishiga ishonaman.

- «Qizilqum»ning maosh bo‘yicha sizdan qarzi yo‘qmi?

- Yo‘q. Hisob-kitob ishlari to‘liq amalga oshirilgan.

- Shaxsan siz joriy mavsumdan nimalar kutyapsiz? Superliga nomiga mos tarzda o‘tarmikan?

- Ko‘pchilikning fikricha, bu yilgi mavsum avvalgilaridan shiddat bobida ajralib turadi. Qiziqarli chempionat bo‘lishi kutilyapti.

Shu jihatdan olib qarasak, Superliganing mutlaqo o‘zgacha tarzda o‘tishiga shubha yo‘q. Barcha jamoalar maydonga xuddi final o‘yini taassurotida chiqishadi. Superligada yaqqol autsayder bo‘lmasa kerak.

- Bunday raqobatda kuchli oltilikka kirish oson bo‘lmaydi. Shunga ham tayyormisizlar?

- Hech kimga oson bo‘lmaydi, lekin ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Buning uchun murabbiylarning aytganini to‘liq bajarib, o‘zimiz ham astoydil intilsak, albatta, maqsadimizga erishamiz.

- Klub rahbariyati aniq vazifa qo‘ydimi?

- Jamoamiz kuchli to‘rtlikka kirishga harakat qiladi. Ammo bu bilan sovrinli o‘rinlar uchun kurashmaymiz, demoqchimasman.

- Avvalgi jamoangizda 9-raqam ostida o‘ynagandingiz. AGMKda-chi? Umuman, libosdagi sonlar siz uchun muhim ahamiyatga egami?

- Alohida e’tibor qaratmayman. Lekin yoqtirgan raqamlarim bo‘lsa yo‘q demayman. AGMKda «77»ni tanladim.

- Otabek, real qaraganda, bu yil chempionlik uchun kurashda qaysi jamoaning imkoniyatini yuqoriroq baholaysiz?

- G‘oliblik uchun kurashuvchi klublar yetarlicha. Shu sababli ham oldindan bir narsa deyish qiyin.

Shunga qaramay, «Lokomotiv», «Paxtakor», «Nasaf» va «Bunyodkor» bu kurashda boshqalardan ustunroq ko‘rinyapti. Har qanday holatda ham yangi mavsum muxlislarni zeriktirib qo‘ymaydi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:18, 11.03.2018. O'qildi: 2963 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик