Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Gvardiola orzusidagi qahramon – Emerik Lyaport

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda Rio Ferdinand ta’kidlaganidek, ayni payt Yevropaning eng yaxshi himoyachisi kim ekanligini aytish mushkul.

«Avvallari hech ikkilanmay, Puyol, Terri yoki Maldinidan birining nomi tilga olinardi. Hozir esa bu borada yetakchi yo‘q», - dedi angliyalik sobiq futbolchi. Nima ham derdik, balki yil so‘ngida Rioda ushbu masala bo‘yicha aniq javob bo‘lar:

«ko‘hna qit’a»dagi eng kuchli himoyachi - Emerik Lyaport. To‘g‘ri, bu javob «MYU» afsonasini xursand qilmasligi aniq, zero fransiyalik futbolchi endilikda qo‘shnilar - «Manchester Siti» safida to‘p surmoqda.

Vaholanki, «MYU» uch yil avval Lyaportni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin edi, biroq «qizil iblislar» 20 yoshli himoyachi uchun 42 million ko‘plik qilishini ta’kidlashdi.

Xosep Gvardiolaning esa bu borada qarashi boshqacha: Emerik ispaniyalik mutaxassisning o‘yin uslubiga to‘liq mos tushadi.

Birinchidan, u to‘p bilan yaxshi muomala qilib, kuchli pressingdan chiqishda qiynalmaydi va darhol hujum boshlaydi. O‘rta va uzun paslar bo‘yicha Lyaport benazir.

Uning chapaqay ekanligini esa bonus sifatida baholash mumkin: bugun «Man Siti» tarkibidan o‘rin olgan markaziy himoyachilarning barchasi o‘ng oyoqda o‘ynashadi. Birgina istisno - Angliyada ishlari yurishmagan Mangalyani hisobga olmaymiz.

Ikkinchidan, Lyaportning jussasi katta bo‘lsada (189dan 191 sm.gacha, qo‘shimchasiga regbidagi tajriba), tezlik borasida qiynalmaydi. Bu esa Emerikni haqiqiy universalga aylantiradi, zero «Atletik»da u ko‘pincha chap qanot himoyasida o‘ynardi.

Boz ustiga, 18 yoshli futbolchi hujumga qo‘shilishdan qo‘rqmasdi (Marselo Byelsa jamoalarida bu odatiy hol). Keyinchalik Fernando Amorebiyeta «Fulxem»ga o‘tib ketdi, Karlos Gurpegi esa jarohatlardan aziyat chekdi. Natijada Lyaport mudofaa markaziga ko‘chdi.

Uchinchidan, Lyaport har qanday sharoitga tezda moslashishi mumkinligini ko‘rsatdi. Gap shundaki, Emerik asosan basklarga ishonch bildiriladigan «Atletik» tarixidagi ikkinchi fransuz hisoblanadi. 1996|1997 yillar mavsumida porlagan Biksant Lizarazyudan farqli ravishda, Lyaport begona mamlakatga ancha navqiron paytida ko‘chib o‘tgan.

- To‘rt nafar fransiyalik o‘yinchi bilan «Atletik» safiga qo‘shilganimizda, 15 yoshda edim. Ulardan birini tanirdim - birgalikda o‘ynagandik. O‘sha tanishim ispan tilini bilgani holda, menga ham o‘rgatardi. Uch-to‘rt oydan so‘ng o‘zim bemalol mahalliy tilda gaplasha boshladim, - deya eslaydi Lyaport.

Moslashish jarayoni shunchalik tez kechdiki, hatto «Atletik» himoyachisining Ispaniya termasi safiga qo‘shilishi haqida gap-so‘zlar urchidi. Garchi uni Fransiyaning o‘smirlar va yoshlar jamoasiga muntazam chaqirib turishsada, Didye Desham milliy termada Odil Rami, Loran Koselni hamda Kurt Zumalar yonida Lyaportga joy topib berolmadi.

Bu muammo Yevro-2016da barham topishi mumkin edi, ammo mart oyida Lyaport jarohat olib, avgustgacha safdan chiqdi. Keyinchalik bir necha marta Fransiya termasiga taklif etilgan himoyachi Ispaniya jamoasida qatnashmasligini ommaga ma’lum qildi. Emerik «Manchester Siti» libosini kiygach, Deshamning unga bo‘lgan munosabati o‘zgarsa, ajabmas.

Hozirda Lyaport yangi ligaga moslashish jarayonini boshdan kechirmoqda. The Telegraph 2016 yil boshida Gvardiola «Bavariya»ni boshqarayotgan kezlari mudofaa markazida Stounz - Lyaport tandemini ko‘rishni xohlayotgani haqida yozgandi.

Ya’ni, Pep anchadan buyon Emerikka ko‘z tikkan va uni zaxirada ushlab turmoqchi emas. Boz ustiga, Lyaport chap qanotga qo‘yilishi ham mumkin. Mendining jarohatidan so‘ng Gvardiola bu chiziqda ba’zan Delf, goho Zinchenko yoki Daniloni o‘ynatishga majbur bo‘layotgandi.

Lyaportni bunday o‘zgarishlar zarracha cho‘chitmaydi. DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:12, 12.03.2018. O'qildi: 4573 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик