«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Pol Merson «Chelsi» klubida joriy mavsumda yuzaga kelgan holat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men «Chelsi» qanday qilib bunday ahvolga tushib qolganini tushunolmayapman va rostni aytsam, chiqish yo‘lini ham ko‘rmayapman. Hatto ular futbolchilardan xalos bo‘lishsa ham, bu moliyaviy feyr-pley nuqtai nazaridan qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? Alexandro Garnacho kutilgan ishonchni oqlamadi. Ular u uchun sarflangan pullarni qaytarib ololmaydilar. Enso Fernandes esa, chamasi, o‘zi «Real»ga o‘tishni istayotganga o‘xshaydi. Demak, u ketmoqchi, lekin u yana bir bor Jahon chempioni bo‘lmasa, klub u uchun qanday qilib 100 million funt sterling olishi mumkinligini tasavvur qilolmayman.
Pul qayerdan keladi? Bu «Chelsi» uchun qanday qilib ish berishi mumkin? Shunchaki o‘tirib olib, ular bir to‘da o‘yinchilarni sotishadi va hammasini noldan boshlashadi, deb aytolmayman. Agar ular qo‘yib yubormoqchi bo‘lgan futbolchilar bo‘lsa, katta ehtimol bilan, ketgani uchun ularga tovon puli to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa pul degani. Agar yangi o‘yinchilar olmoqchi bo‘lishsa, bu ham xarajat talab qiladi. Ular boshi berk ko‘chaga kirib qolishgan», — dedi Merson Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Hozirda «Chelsi» Angliya chempionati turnir jadvalida 48 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.