Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Prevyu: «Metallurg» – «Qo‘qon-1912»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Yangiliklar
A A A

16 mart kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi superliga 3-tur doirasida Bekobodning “Metallurg” klubi mehmoni bo‘ladi. Mazkur uchrashuvga doir ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz. 

17-to‘qnashuv

O‘zbekiston chempionatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bekobodliklar bilan shu kunga qadar 16 marta maydonga tushganmiz. Mazkur uchrashuvlarning sakkiztasida vakillarimizning qo‘li baland kelgan. Oltita bahsda “Metallurg” g‘alaba qozongan. Ikkita o‘yinda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 27-24 jamoamiz foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 26 ochkoni qo‘lga kiritgan. Bekobodliklar hisobida 20 ochko mavjud .

Yirik g‘alabalar

Vakillarimiz ushbu jamoani uch marta yirik hisobda dog‘da qoldirishgan - 1999 yilda 5:1, 2003 yilda 4:0, 2017 yilda 3:0. O‘z navbatida “Metallurg” ham ikki marta jamoamizni yirik hisobda mag‘lub etgan – 2000 yilda 6:1, 2017 yilda 3:0.

O‘zaro o‘yinlarda qayd etilgan duranglar esa ushbu jamoalarning birinchi va ikkinchi uchrashuvlarida ya’ni, 1998 yildagi bahslarda qayd etilgan. 19 yildan beri bu klublar to‘qnashuvida durang natija kuzatilayotgani yo‘q.

Bekoboddagi o‘yinlar haqida

Jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan sakkizta o‘yinida olti marta mezbonlar zafar quchishgan.  Jamoamizning Bekoboddagi bahslarida bitta g‘alaba va bitta durang natija qayd etilgan. “Qo‘qon-1912” klubi 2002 yilda Bekoboddan uch ochko bilan qaytgan.

Bekobodda o‘tgan uchrashuvlar:

22.09.2017  Metallurg  –  Qo‘qon 1912   3:0

30.04.2016  Metallurg  –  Qo‘qon 1912   3:1

06.06.2015  Metallurg –  Qo‘qon 1912   2:1

14.05.2003  Metallurg –  Qo‘qon 1912   3:1

23.03.2002  Metallurg  –  Qo‘qon 1912   0:2

20.09.2000   Metallurg –  Temiryo‘lchi  6:1

18.04.1999   Metallurg –  Temiryo‘lchi  2:0

29.05.1998   Metallurg –  Temiryo‘lchi  1:1  

Raqibimiz haqida 

“Metallurg” jamoasi tarixi 1945 yilga borib taqaladi. Ikkinchi jahon urushi poyoniga yetgandan so‘ng, O‘zbekistonning metallurglar shahrida  N.F.Ruskiy, A.Kuchkin, V.Li, V.Pak  singari fidoyi insonlar tashabbusi bilan futbol jamoasi tashkil etilgan.

1945 yildan 1969 yilga qadar jamoaning nomi “Bekobod” deb yuritilgan bo‘lsa,  1969 yildan 1992 yilgacha “Sementchi” nomi ostida musobaqalarda ishtirok etgan. 1992-1998 yillarda bekobodliklar jamoasi “Ma’danchi” deb nomlangan. 1998 yildan e’tiboran Bekobod jamoasi “Metallurg” nomini olgan.

Jamoa turli musobaqalarda, jumladan, sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qo‘mitalari jamoalari o‘rtasidagi Respublika birinchiligida, “Millionlar Kubogi”da va boshqa musobaqalarda qatnashgan.

1991 yildan e’tiboran “Metallurg” futbol jamoasi O‘zbekiston birinchiligi va Kuboklarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.

“Metallurg” jamoasi 1997 yilda O‘zbekiston  birinchiligida 2-o‘rinni egallab, 1998 yilgi mavsumdan e’tiboran O‘zbekiston chempionatida (Oliy liga) qatnashish huquqiga sazovor bo‘ldi.

Jamoaning eng yaxshi natijasi 5-o‘rin. 2002 yilda “Metallurg” O‘zbekiston chempionatida beshinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan.

Sobiq futbolchilar

O‘tgan mavsumni “Qo‘qon-1912” jamoasida o‘tkazgan Nikita Ribkin endilikda bekobodliklar safida hakarat qilmoqda. Nikita sobiq jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Murabbiylar

Yana bir qiziq ma’lumot. Ushbu jamoalarni boshqarayotgan har ikki bosh murabbiy – Andrey Shipilov va No‘’mon Hasanovlar “Paxtakor” jamoasida birga ishlashgan. Ushbu bahs ularning bosh murabbiylikdagi birinchi to‘qnashuvi bo‘ladi.  

Hakamlar

“Metallurg”(Bekobod) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) o‘rtasidagi uchrashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘lishdi.

“Metallurg” – “Qo‘qon-1912”

Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), B. Yulcharayev (Guliston).

Nazoratchi – I. Nexochin (Namangan).

Komissar - R. Chernikov

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 17:00, 14.03.2018. O'qildi: 1932 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик