Bugun 11 noyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9757 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3044 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joze uchun jazo: «MYU»ni ag‘dargan to‘rt sabab

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Har xil o‘yinlar bo‘ladi, misol uchun, mag‘lub tomon haqida fikr bildirganda, balki mana bu vaziyatni golga aylantirganda, balki mana bu yerda omadi kelganda o‘yin boshqacha yakunlanishi mumkin ekanini aytamiz. Shunchaki o‘yin ssenariysi pand bergan bo‘ladi, boshqacha jarayonda balki boshqacha natija imkoni mavjudligini bilib turamiz. Ya’ni, agar «Manchester Siti»ga qarshi o‘ynayotgan «Bazel» bo‘lmasangiz, har qanday YECHL pley-off o‘yinida, har ikki jamoada g‘alaba uchun imkoniyat bo‘ladi. Ammo, agar «Manchester Yunayted» «Sevilya» bilan o‘yinda yutish uchun biror nima qildimi, deb so‘ralsa, bemalol «yo‘q», deb javob berish mumkin. Bir qator omillar tufayli, Manchester jamoasi har tomonlama o‘zidan kuchsiz sanalgan va Ispaniyada muammolarga duch kelayotgan «Sevilya»ga qarshi hech narsa qila olmadi.

EKSPERIMENTLAR

«Bunday futbolchilarni sotib olish imkoniyati bo‘lsa, foydalanish kerak» – degandi, aslida qishki transferlarni yoqtirmaydigan Joze Mourinyo Aleksis Sanches haqida. Sanches kabi futbolchilarning yangi jamoaga moslashishlari, shu bilan birga, jamoaning Sanchesga moslashishi oson kechmayapti. Kechagi o‘yinning aynan shu eksperimentlar davriga to‘g‘ri kelgani ham «MYU» zarariga ishladi.

Mourinyo doim maydonga eng yaxshilarni tushirishi va yaxshi natija berayotgan tarkibda u qadar rotasiya qilmasligi bilan tanilgan. Ammo hozir u o‘z prinsiplariga qarshi bormoqda. Chap qanotda Reshford va Marsiyalning o‘zaro raqobati yetmagandek, Sanchesni ham o‘sha yerda sinashga va yosh hujumchilarni boshqa pozisiyalarga «haydash»ga majbur bo‘linyapti.

Eng yomoni, bu chuqurga bilib turib bir necha marotaba tushilayotganidir. «Tottenhem» bilan o‘yinni avvalgi o‘yinlarda yaxshi formaga kirib olgan Marsiyal Sanches tufayli  o‘ng qanotda boshlagandi va 2-bo‘limda yana chap qanotga qaytarilgandi. Mourinyo uchun bu yetarli bo‘lmadi, «Nyukasl»da ham eksperimentlar davom etdi. «Chelsi» bilan o‘yinda chap qanotda Reshford mavsumdagi o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazgach, nihoyat Mourinyo barchasini tushunganini taxmin qilgandik. Lekin, yo‘q, «Sevilya» bilan o‘yinda Sanches yana chap qanotda, Reshford esa, samaradorligi sezilarli tushib ketadigan o‘ng qanotga o‘tkazib yuborildi. Sanchesga o‘zi yoqtirgan pozisiyasida o‘ynatish uchun, ishlab turgan sistemani buzish to‘g‘ri edimi?

Pol Pogba yoki Maktomini haqida ham shu gap. Mourinyo Maktominini «Chelsi» va «Liverpul» bilan o‘yinlardagi ajoyib harakati uchun maqtadi, ammo YECHL o‘yinida kechagina tiklangan Fellaynini tanladi. Zaxirada qolgan Pogba esa, ikkinchi bo‘limda hujumni kuchaytirish uchun tushirildi, ammo u doim foydaliroq bo‘ladigan oldingi chiziqqa emas, aynan Fellaynining o‘rniga.

Mehmonlarning dastlabki goli ham aynan maydon markazidagi bo‘shliq tufayli yuzaga kelganiga e’tibor bering. Mourinyo Pogba hech qachon Kante bo‘lmasligini nihoyat tan olish o‘rniga, hali ham, mavsumning eng qizg‘in pallasida, pley-off o‘yinida six ham, kabob ham kuymaydigan optimal tarkib qidirib yurishi qachondir biror mag‘lubiyatga sabab bo‘lishi aniq edi.

O‘ZIGA O‘ZI QOPQON

Safardagi gol qoidasi juda xavfli qoida. O‘z maydonida darvozasini daxlsiz saqlagan jamoa javob o‘yinida yaxshigina ruhiy ustunlikni qo‘lga kiritadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, kechagi o‘yinning oxiri yaqinlashgan sari, mezbonlarda bosim osha boshladi, chunki, endi, «Sevilya»ning har bir goliga ikki gol bilan javob berishga to‘g‘ri kelardi.

Shunday ekan, birinchi o‘yinda imkon qadar gol urish talab etilar edi. Mana shunday xavfli vaziyatga tushmaslik uchun, Sevilyada «MYU» gol urishga intilishi shart edi. Mourinyo bemalol 0:0 uchun o‘ynashga urindi va bu hisob o‘zi uchun qoniqarli ekanini yashirmadi. Mana oqibat.

«Chelsi» va «Liverpul» ustidan g‘alabalar Mourinyoning muhim duellar ustasi, har qanday vaziyatga strategik yondashib, bahslarni yutib ketadigan buyuk taktik sifatida namoyon qilgandek bo‘ldi, lekin aslida, bu portugaliyalik murabbiyning zarariga ishladi. Safar o‘yinlari natijasiga ko‘ra, Yevropaning eng yomon klublaridan biri, Ispaniya chempionatida allaqachon 42 gol o‘tkazib ulgurgan, so‘nggi yillardagi eng yomon davrini o‘tkazayotgan «Sevilya»ni yutish uchun «shaxmat o‘ynash» shart emas edi. «Sevilya» darvozasiga «Atletiko»ni qo‘ya turaylik, «Eybar», «Betis», «Spartak» kabi jamoalar ham beshtadan gol urishganini unutmaylik. Kuchli tarkib bilan, sal yuqori bosim ostida o‘z o‘yinini qilish orqali, «Manchester Yunayted» bemalol bu jamoadan o‘ta olardi nazarimda.

Montella qandaydir kutilmagan yurishlar bilan Mourinyoni qiyin ahvolga solib qo‘ymadi. Aksincha, Mourinyoning o‘zi hisob-kitoblarning asiriga aylanib qoldi, deyish mumkin.

CHARCHOQ

«Sevilya» uch kun oldin «Valensiya»ga qarshi muhim o‘yinda maydonga tushdi. Ammo tan olish kerak, so‘nggi 20 kunda juda qiyin 4 o‘yinni o‘tkazgan Mourinyo jamoasining jismoniy holati pand bergan bo‘lishi tabiiy. «Sevilya»ga safar, «Chelsi» va «Liverpul» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olti ochkolik o‘yinlar, «Kristal Pelas»ga qarshi sarflangan katta energiya o‘z so‘zini aytdi. Valensiya, Yang, Lukaku, Sanches, Matich, Smolling kabi futbolchilar bu o‘yinlarda to‘liq harakat qilishlariga to‘g‘ri keldi. Pogba, Marsiyal, Fellayni, Jons kabi futbolchilarning katta-kichik jarohatlari murabbiyga yetarlicha rotasiya qilish imkonini bermadi.

Umuman, gap rotasiyada ham emas, APLdagi o‘yinlar qaysidir ma’noda YECHL pley-offidan ham muhimroq, chunki o‘sha o‘yinlardagi salbiy natija jamoani kuchli to‘rtlikdan tashqariga uloqtirishi hech gap emas edi. «Manchester Yunayted» dastlabki sinovlardan yaxshi o‘tdi, lekin a’lo darajada o‘ynab, barcha quyonni ovlash uchun tarkib ham, salohiyat ham, energiya ham yetarli emasdi, balki.

RAQIBDA BOSIMNING KAMLIGI

Ispan jamoalari bahorga borib juda xavfli bo‘lib qolishadi. «Real» va «Barselona» shundoq ham kuchli tarkibga ega, alohida o‘yinlarda turnir masalasini hal qilish kerak bo‘lsa, ulardan xavflisi yo‘q. O‘z navbatida, boshqa klublar haqida ham aytish mumkin, «Sevilya» bo‘ladimi, «Selta»mi, «Vilyarreal»mi mavsumning shu pallasiga kelib, juda xavfli raqibga aylanishadi.

Sababi, ichki chempionatdan deyarli barcha savollarga javob topilgan, bor imkoniyatini yevrokuboklarga qaratish imkoniyati bor. Ayniqsa, La-Ligani muvaffaqiyatsiz o‘tkazayotgan va buning uchun hamma tanqidni eshitib, murabbiyni almashtirishga ulgurgan «Sevilya» uchun YECHL bir bonus, ayniqsa, «MYU» kabi yiliga yuz millionlarni «ko‘rdim demaydigan» jamoadan mag‘lub bo‘lish u qadar sharmandalik emasdi. Montella ham o‘zini juda xotirjam tutdi, «Old Trafford»ni maqtadi, 1/8 final ham shogirdlari uchun zo‘r natija ekanini qayd etdi va raqib xatolarini kutib o‘tiraverdi. Vazifani uddalamaslikdan haddan ziyod qo‘rqib yuborgan va to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng, YECHL pley-offda ilk bor maydonga tushgan «MYU»ning o‘zi g‘alabani tortiq qilib yuboraqoldi. Tan olish kerak, so‘nggi to‘rt yilda uch marta yevrokubok finalida o‘ynagan klub qanday ahvolda ekanidan qat’i nazar bunday sovg‘alardan voz kechmaydi.

Qaysidir ma’noda, o‘tgan yili Yevropa Ligasi yarim finalini eslash mumkin. APLda bor imkoniyatini sovurgan «Manchester Yunayted»ning bor umidi o‘sha turnirda g‘alaba qozonish bo‘lib qolgandi. «Selta» esa kamtarona tarzda, bosimsiz harakat qilgan va sal bo‘lmasa, «Old Trafford»da 2:1 hisobida yutib, finalga chiqib ham ketardi. Yon Gvidettining no‘noqligi «MYU»ni finalga olib chiqqandi. Aslida tarkib va salohiyat borasida «Selta» o‘tgan yilgi «MYU»ning yoniga ham kela olmasdi.

XULOSA

Agar vaziyatga sal teparoqdan qarasak, «Manchester Yunayted»ning YECHLda g‘olib chiqish imkoniyati juda kam edi. Mourinyo jamoalari doim pley-offda xavfli ekani aytilsa-da, menimcha, unday emas. Ayniqsa, bugungi «MYU» alohida sparringlar uchun tayyor, deb aytish juda qiyin. Angliyadagi barcha top o‘yinlarda, hatto «MYU» g‘alaba qozongan o‘yinlarda ham, o‘yin borasida jamoa raqibiga ko‘p jihatlardan  boy berganini ko‘rdik. Yevropada yanada xavfli raqiblar borligini e’tiborga olsak, «non yo‘q» edi.

«Sevilya»dan mag‘lubiyat, tanlangan qo‘rqoq taktika, o‘yin oxirlaridagi ayanchli holat muxlislar qalbida og‘riqli xotira sifatida iz olishi turgan gap, lekin real qaraganda, bu vaziyatning ham yakunida «MYU» hech narsa yo‘qotmasligi mumkin.

Katta ehtimol bilan, ichki chempionatda o‘z ochkolarini olgan «Manchester Yunayted» 2-o‘rinni egallagan holda, aytaylik, YECHL chorak finalida zo‘r o‘yin ko‘rsatib, yutqazib qo‘ygan «Liverpul»ni qo‘li bilan ko‘rsatadi va ulardan yuqori turganini aytib, maqtanar, kim biladi. Lekin undan haqiqiy g‘alabalar kutishayotganini e’tiborga olsak, bu nomerlar kelasi mavsumda o‘tmasa kerak. «Old Trafford» faqat turnir jadvali va ko‘zga tashlanmaydigan hisob-kitoblardan tashqari, yorqin g‘alabalarni ham sog‘ingan.

Qahramon Aslanov

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 18:57, 14.03.2018. O'qildi: 7043 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.