Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 20.06.2025 03:00
      • Sietl Saunders
      • 1:3
      • Atletiko
      • 20.06.2025 06:00
      • PSJ
      • 0:1
      • Botafago
      • 20.06.2025 21:00
      • Benfika
      • 6:0
      • Oklend Siti
      • 20.06.2025 23:00
      • Flamengo
      • 3:1
      • Chelsi
      • 21.06.2025 03:00
      • Los-Anjeles
      • 0:1
      • Esperans
      • 21.06.2025 06:00
      • Bavariya
      • -:-
      • Boka Xuniors
  • Superliga
      • 20.06.2025 20:00
      • Neftchi
      • 1:0
      • Buxoro
      • 20.06.2025 20:00
      • Mash’al
      • 1:3
      • Nasaf
      • 21.06.2025 20:00
      • Navbahor
      • -:-
      • OKMK
      • 22.06.2025 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 22.06.2025 20:00
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Surxon
      • 22.06.2025 20:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Bunyodkor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 13 31
2 Dinamo 11 25
3 OKMK 12 24
4 Neftchi 12 23
5 Navbahor 12 20
6 Paxtakor 12 19
7 Bunyodkor 12 18
8 Mash’al 13 15
9 Xorazm 13 14
10 Andijon 13 14
11 Surxon 12 14
12 So‘g‘diyona 13 13
13 Qizilqum 13 13
14 Qo‘qon-1912 12 12
15 Buxoro 13 9
16 Sho‘rtan 12 6

O'tgan o'yinlar.

13-тур So‘g‘diyona 1-0 Xorazm
13-тур Andijon 1-1 Qizilqum
13-тур Neftchi 1-0 Buxoro
13-тур Mash’al 1-3 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

21/06/25 Navbahor - OKMK
22/06/25 Paxtakor - Qo‘qon-1912
22/06/25 Sho‘rtan - Surxon
22/06/25 Dinamo - Bunyodkor

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mulohaza: Munosabat shamoli futbolimizni tebratar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Taniqli ijodkor Asqad Muxtorning «Bo‘ronlarda bordek halovat» nomli asari ko‘pchilikka manzur tushgan. Ochig‘i, asarning o‘zidan ham nomi ko‘proq yoqadi. «So‘g‘diyona» - «Neftchi» uchrashuvi chog‘i esgan va o‘yin maromiga ta’sir ko‘rsatgan kuchli shamol o‘z yo‘liga.

Tabiat hamisha o‘z bilganidan qolmaydi. Insonning qudrati - uning bosimiga bardosh berishida. Shu ma’noda aytsak, Jizzax klubi mutasaddilari bahsni yakunlab qo‘yishga imkon topishdi va buning uchun ularga rahmat.

«Bo‘ronlarda bordek halovat» sarlavhasi esa bizga tabiat hodisasini ifodalagani emas, balki tasavvurimizda shiddatli futbol bahsini jonlantirgani uchun ma’qulroqdir. Futbolchilar maydonda shaxdu-shijoatga to‘la bo‘ron ko‘tarishsa, bu hol - muxlislar uchun chinakam halovat.

Shu sog‘inch bilan ta’kidlamoqchimizki, Superliga 2-tur yakunida mashhur xokkeychi Valeriy Xarlamov haqidagi «Afsonaviy 17» filmi namoyish etilganida ham o‘ziga xos ramz, maqsad-muddao mavjud.

Ha, Superliganing har turidan so‘ng bo‘ronli bahslar soni ko‘payib boraveradi. Bo‘ronlar bosimiga bardosh berganlarga esa g‘alaba kulib boqadi. O‘sha filmdan ma’lumki, Valeriy Xarlamov qancha-qancha ruhiy va jismoniy azoblarni mardonavor yengadi. Ayni mardonavorlik bag‘ridagi mahorat unga jahoniy mashhurlikni tuhfa aylaydi.

Bugun muxlislar Superligada shunday shiddat va mardonavorlik baralla bo‘y rostlashini istashmoqda. Tabiiyki, elita bahslarini o‘tkazish tartibi jamoalarga shunday bosim yuklaydi. Hamma gap bosimni anglash va uni to‘g‘ri qabul qilishda. Muhimi, futbolchilarda asta-sekin Superliga talablarini tushunish jarayoni kuzatilmoqda.

2-tur birinchisiga nisbatan shiddatliroq kechgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Har holda, bu safar gollar soni ham ko‘payib, 12taga yetdi. «Qizilqum» - «Qo‘qon-1912» uchrashuvini hisobga olmaganda, barcha o‘yinlarda qizg‘in kurash isi ufurib turdi. Xususan, vodiy jamoalarining a’lo safar chog‘i 7 ochko jam-g‘argani tahsinga loyiq.

Avvalgi maqolamizda «Qizilqum» haqida tanqidiy mulohazalar bildirgan edik, biroq jamoa bu safar ham o‘zgarmadi. Yana bir bor ta’kidlaymiz, mazkur xulosa «Qizilqum»ning mag‘lubiyatidan kelib chiqib aytilyapti. Ana, 1-turda «Qo‘qon-1912», 2-turda esa «Buxoro» mag‘lubiyatga uchradi.

Biroq birov bu jamoalarga ta’na qilmayapti. Chunki No‘’mon Hasanov shogirdlari Buxoroda, Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari esa Qarshida ochko uchun oxirgi daqiqalargacha kurashishdi. Superliganing bosh talabi - shu.

«Kristal Pelas» safarda «Chelsi»ga 0:2 hisobida yutqaza turib ham, hech bir qo‘rquvsiz oldinga intildi, so‘ng-gi daqiqalargacha kurashdan to‘xtamadi. «Liverpul» esa «MYU»ning birinchi bo‘limdagi dahshatli ikki zarbasidan esankiramadi va bahs yakuniga qadar hisobni tenglashtirish ishtiyoqida yondi.

Roy Xojson va Yurgen Klopp kuchli raqiblarga yutqazishdi. Shunday o‘yinlar tomoshasidan keyin «Bu - futbol!» deysan kishi qoniqish bilan beixtiyor. Umuman olganda, «Bu - futbol!» xitobini «O‘yinda kimdir yutadi, boshqasi yutqazadi» ma’nosida tushunish bahona izlovchilarga xos.

Yurgen Klopp va Roy Xojson mag‘lubiyat sababini izohlash uchun bahona izlashmadi. Negaki, APLda FUTBOL O‘YNALADI va FUTBOLNI ANGLASHADI! Quvonch-lisi, shu jarayon Superligada ham ko‘zga tashlanmoqda. Shuning uchun muxlislar Ulug‘bek Baqoyev va No‘’mon Hasanovdan ajoyib «intriga»lar kutishmoqda.

Mana, No‘’mon Hasanov jamoasi 2-turda shu niyatni g‘alaba bilan taqdirladi. «Qizil-qum» esa osongina taslim bo‘ldi. Holbuki, jamoa tarkibida Artur Gevorkyan, Erkin Boydullayev, Fayzullo Qambarov kabi tajribali, shuningdek, Andrey Sidorov, Muhsin Ubaydullayev, Doniyor Usmonovdek iste’dodli yigitlar bor.

Demoqchimizki, jamoa ikki turda loaqal 1ta gol urishi kerak edi. Afsuski, gol urilmadi, raqiblarga aytarli qarshilik ko‘rsatilmadi. Endi «Qizilqum» 3-turda «Nasaf» bilan bahslashadi. Chempionlik yo‘lida chinakam kurashga bel bog‘lagan «Nasaf» ham Navoiyga g‘alabani ko‘zlab borishi aniq.

Qisqasi, «Qizilqum» muxlislari «Qolgan ishga qor yog‘ar, gol urish kimga yoqar?» deya afsuslanishmasa bo‘lgani. «Oltin ochko» qoidasi joriy etilgan Superligada ham kurashdan bo‘yin tovlaydigan jamoaga ta’na qilishning o‘zi yetarli emas, nazarimizda.

Har bir ishtirokchi shuni anglashi kerakki, Superligada nomigagina ishtirok etish va muayyan bir o‘rinni shunchaki, band qilib turish - futbolimiz rivojiga nisbatan xiyonat. PFL muammoning ma’naviy jihatlarini nazarda tutib, balki klub ma’muriyatiga ogohlik qo‘ng‘irog‘i chalar. Zero, bu hol biror klubning ichki ishi hisoblanmaydi va Superliga saviyasiga ta’siri sezilarlidir.

Albatta, Superliga saviyasini faqat «Qizilqum» muammolari bartaraf etilishi bilan bog‘lash noo‘rin. Milliy liga darajasini yanada yuqoriga ko‘tarish uchun «Lokomotiv», «Paxtakor» va «Bunyodkor»da bir qator islohotlar o‘tkazish kerakka o‘xshaydi. Zero, «Loko» tarkibida kuchli futbolchilar jamlanishgan.

Lekin Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Shuhrat Muhammadiyev, Sardor Rashidov, Sherzod Karimov kabi tajribali ijrochilarning mana shu «kuchli» maqomiga munosib o‘yin namoyish etisholmayotgani ajablanarli. Murabbiylar shtabining 2-turda zaxira tarkibidan foydalangani faqat o‘yinlar jadvalidagi tig‘izlik bilan izohlanmaydi, bizningcha.

Professional futbolchi uchun o‘yinlar orasidagi 2-3 kunlik farq katta muammo tug‘dirmaydi. Agar futbolchi chin dildan istasa, charchoqni yengishga kuch topadi. Faqat buni avvalo, o‘zi istashi lozim. Aks holda, unga hech kim yordam berolmaydi.

Muxlislarni «Lokomotiv» masalasida futbolchilarning mas’uliya-ti tashvishlantirayotgan bo‘lsa, «Paxtakor» bo‘yicha murabbiyning tarkibga munosabati o‘yga toldirmoqda. Shota Arveladze hamon asosiy tarkib bobida bir qarorga kelolmagani tobora yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda.

Legionerlar kuchlimi yoki Vladimir Kozak, Azim Ahmedov, Kamoliddin Tojiyev, Jasur Yaxshiboyev? Jasur Hakimov afzalmidi yoki «Metallurg» zaxirasida o‘tirgan Zahibillo O‘rinboyev?

O‘ylaymizki, «Bunyodkor» darvozasiga hattoki, penaltidan ham gol urilmaganidan so‘ng klub mutasaddilari yuqoridagi savollarga oqilona javob izlash ustida bosh qotirishgan. Axir «Paxtakor»dagi imkonlardan foydalanmaslik to‘lib-toshib oqayotgan moliya daryosini qadrlamaslik bilan teng...

Muhammad Vali

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:45, 15.03.2018. O'qildi: 1531 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
3 Насаф Husayn Norchayev 6
4 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 5
6 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
7 Бунёдкор Luis Kachorri 5
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 5
9 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4
10 Нефтчи Zoran Marushich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.