Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Legionermisan, «yorib» tashlamaysanmi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston futbol mamlakati emas. Bizning futbol Braziliya, Italiya yoki Angliyadagiga o‘xshab har qanday holatda ham rivojlanib keta olmaydi. Aytmoqchi bo‘lganim, assosiasiya chiqaradigan qarorlar, qo‘yiladigan qat’iy talab, taqiq va turli ko‘rinishdagi limitlar futbolimiz uchun juda muhim.

Masalan, bir necha yil oldin xorijdan darvozabon sotib olish taqiqlangan edi. Ko‘p klublar bunga qarshi chiqdi, jurnalistlar bong urdi. Go‘yoki chet eldan katta mahoratga ega darvozabon kelib, futbolimizni rivojlantirib beradigandek. Taqiq olib tashlandi, nima bo‘ldi? Ikkita darvozabon keldimi? U ham eng kuchli klublarimizga emas, o‘rtamiyona «Neftchi» va «Qizilqum»ga. Cheremisin uchun chiqarildimi bu qoida?

Tan olishimiz kerak, klublarimizda o‘ynayotgan aksariyat xorijlik futbolchilar o‘z davlatida «chiqit»ga chiqqan o‘yinchilar. Klublarimiz arzongarov bolqonliklarga o‘rganib qolishdi. Cheran, Lukich, Yelich, Stanoyevich, Payovich, Inyas, Rayevas va hokazo. Ro‘yxatga olingan legionerlarning deyarli yarmi Serbiyadan. Chempionlar ligasida qatnashyotgan jamoalarni tushunsa bo‘ladi. Ammo «Navbahor», «AGMK», «Qizilqum», «Qo‘qon-1912» kabi jamoalarga tarkibni o‘rtamiyona legionerlar bilan to‘ldirish nima beradi? Ular o‘ta saviyali bo‘lsa alam qilmasdi. Lekin mahalliy o‘yinchilarimiz orasida ham yalt etib chiqqani va qoyillatib gol urayotgani yo‘q-ku! Eng qizig‘i, beshtalab legionerni sotib olgan «Qizilqum» va «AGMK» jamoalari 2-turdan keyin autsayderlar qatorida turibdi. To‘g‘ri, ikki turdan so‘ng xulosa chiqarishga biroz ertadir, ammo maqsad o‘zbek futbolini rivojlantirish ekan, hokimiyat qaramog‘idagi klub «majburiy homiy»dan olingan «sadaqa»ni xorijlik chala futbolchilar uchun sarflashi insofdanmi?

Arab davlatlaridagi legionerlarga bir nazar tashlang. Uchta legioner o‘yin taqdirini hal qiladi, bir o‘zi bir nechta futbolchini aldab, natijaga erishadi. Bizdagi legionerlarning o‘zimizning qorako‘zlarimizdan ortiq joyi bormi? Aslida ular bizdan ancha kuchli bo‘lishlari kerak emasmi? Aks holda «nomi ulug‘ — suprasi quruq» futbolchilarga falon pul berib, olib o‘tirishdan nima foyda?

O‘FAdan keskin qarorlardan qochmaslikni iltimos qilaman. Masalan, legionerlarga qo‘yiladigan talabni yanada oshirish kerak. Ular o‘tgan mavsumlarda o‘ynagan ligasi, terma jamoadagi ko‘rsatkichi (agar o‘ynagan bo‘lsa), shaxsiy natijalari, yugurish, sakrash, to‘pni to‘xtatish, zarba berish, qo‘yingki, futbolchi uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zimizning futbolchilarimizdan yuqoriroq ko‘rsatkichga ega bo‘lishi lozim. Iloji bo‘lsa O‘FA qoshida maxsus komissiya tashkil etilib, undan test orqali o‘tish majburiy qilib qo‘yilishi lozim.

Har bir legioner haqida to‘xtalmoqchi emasman. Ammo «Lokomotiv»dagi Nivaldo va Suk Jay Cho haqida to‘xtalib o‘tmasam bo‘lmaydi. Chempionat boshlanmasidan jismoniy tayyorgarlikdan test topshirilishini hamma biladi. Bir necha futbolchi undan jismoniy holati yomonligi sababli o‘ta olmaganidan ham xabardormiz. Nivaldoning ana shu testdan o‘ta olganiga kimdir ishonadimi? Bu futbolchi o‘zini o‘zi zo‘rg‘a ko‘tarib yuradi-ku!

To‘g‘ri, u qaysidir jihatlari bilan bizning futbolchilardan ustun bo‘lishi mumkin. Ammo qonun-qoida hamma uchun bir xil bo‘lishi kerak emasmi? Shu futbolchi kelganidan beri jarohatdan qutula olmaydi. Agar shartnoma muddati bir yilga tuzilgan deb taxmin qilsak, u Toshkentda davolanib, qaytib ketishi aniq. Har qanday jamoa ham futbolchi sotib olayotganda uning sog‘lig‘iga qaraydimi? Nahotki mavsum boshidan jarohati bilan kelgan futbolchini «temiryo‘lchilar» tekshirib ko‘rishmagan bo‘lsa?!

Koreyalik futbolchiga kelsak, u maydondan ko‘ra zaxira o‘rindig‘ida ko‘proq ko‘rinish berayapti. O‘ynaganda ham raqib hujumchisiga «golli pas» berishdan nariga o‘tmaydi. Nima, u ham kasalmi? Sog‘ bo‘lsa, nega so‘nggi daqiqalarda maydonga tushayapti? Agar raqobatga dosh bermayotgan bo‘lsa, nima qilamiz unday legionerni?

Abdumajid Ahmedov

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 21:25, 16.03.2018. O'qildi: 6435 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик