Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 19.11.2025 16:00
      • Sho‘rtan
      • 1:1
      • Buxoro
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • -:-
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

20/11/25 Surxon - OKMK
20/11/25 Paxtakor - Nasaf
21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Андрей Мурнин.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Крузейро". Прямая трансляция.
      02:00 "Всё о главном". Дмитрий Гунько.
      02:30 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Сан-Паулу". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Команды.
      09:35 "География спорта". Выборг.
      10:05 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      11:40 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Ski GP1, Sky ladies GP1.
      12:10 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      14:30 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Алексея Немова "Легенды спорта. Наследие".
      16:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      16:30 "Эволюция спорта".
      17:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      18:40 "Новый чемпион". Специальный репортаж.
      18:55 LIVE Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси. Прямая трансляция.
      21:45 "Непобедимый".
      22:15 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Личное первенство.
      00:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Runabout and freestyle.
      00:45 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      02:55 Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Профессиональный бокс. "Лига Ставок. IBA. Pro 3". Артур Субханкулов против Ибрагима Баллы.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1955 - 1960 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:05 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:30 Евротур.
      02:25 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Д/ф "Сёстры Уильямс".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.11.2025

      05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      07:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      12:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      14:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. HS 138. Смешанные команды.
      17:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Штутгарте, Германия.
      18:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Торонто, Канада.
      19:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      00:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      04:00 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Manchester Siti»ning so‘nggi o‘n yillikdagi omadli transferlari. Top-10

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Reytinglar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Hozirgi kunda “Manchester Siti” Yevropaning eng kuchli jamoalari sifatida tilga olinmoqda. Ha, bunda Xosep Gvardoilaning hissasi beqiyos. Ammo jamoa rahbariyati so‘nggi yillarda olib borgan seleksiya siyosati ham muvaffaqiyatlar garovi bo‘lmoqda.

Oxirgi o‘n yillik mobaynida “Manchester Citi”ga nechta futbolchi kelib ketmadi deysiz, transferlarning hammasi ham o‘zini oqlay olmadi. Lekin shunday transferlar bo‘ldiki, ular jamoaning yutuqlarida katta xizmat qildi. “Siti”ning so‘nggi 10 yildagi omadli transferlari top-10taligini e’tiboringizga havola etamiz.

10-o‘rin. Gabriel Jezus
2017 yilda “Palmeyras”dan 32 million yevroga sotib olingan.

To‘g‘ri, bu yigitcha jarohatlar girdobiga tushib qoldi. Endi formaga kirganida yana jarohat oldi. Lekin, shuni tan olib aytish kerakki, bu yigitchada nimadir bor. Uning o‘yinlarida braziliyaliklarning hidi kelib turadi. Bu shovvoz to‘p bilan juda ham erkin muomala qiladi, vaziyatlarga yaxshi chiqib bora oladi. Eng muhimi esa uning karyerasi hali oldinda. “Shaharliklar”ning bu xaridi top o‘nligimizni boshlab beradi. Chunki iqtidorli, g‘alabalarga chanqoq, yosh yigitning xarid qilinishi jamoa uchun faqat va faqat foyda keltirsa ajab emas. Chunki u hujum chizig‘ida raqobatni kuchaytira oldi. Eng muhimi, unda iqtidor — “g‘ij-g‘ij”. Uning to‘liq kashf etilishi Gvardiolaning qo‘lida. Balki, oradan yillar o‘tib “Siti”ning transferlari haqida maqola yozilsa, u yuqoriroq o‘rinlarda bo‘lar?!

9-o‘rin. Nikolas Otamendi
2015 yilda “Valensiya”dan 45 million yevroga sotib olingan.

Nikolas “Valensiya”dan “Manchester”ga ko‘chib o‘tgach, “Manchester Citi”ning himoyasidagi muammolar ancha kamaydi. Otamendi hozirda “ Citi”ning ajralmas bo‘lagi bo‘la oldi. U “Manchester Citi”ning “Serxio Ramos”i rolida ko‘rina boshladi. Uning transfer summasi ham u qadar qo‘rqinchli emas. Jamoa egalari shu yigitni xarididan faqat va faqat xursand bo‘lishsa ajab emas, chunki Nikolos o‘z o‘yinlari orqali jamoa muxlislarining yoqimtoyiga aylanib ulgurdi.

8-o‘rin. Rahim Sterling
2015 yilda “Liverpul”dan 70 million yevroga sotib olingan.

Chaqqonligi bilan raqiblarini shoshirib qo‘yadigan, xohlagan paytida turbo tezlikni qo‘sha oladigan bu yigitning xaridi avvaliga o‘zini oqlamaganday ko‘ringandi. Keyin esa Sterling sekin-asta jamoaga, uning o‘yiniga moslasha boshladi. Ayniqsa, Gvardiola undan juda ham unumli foydalanmoqda. Sterling “Manchester Citi”ning o‘yini uchun ayni kerakli figura. Tezkor harakatlari va jarima maydoni atrofida qisqa paslarda uning foydasi ko‘p tegmoqda. Bejizga unga shaxsan Gvardiola “Sen mening rejalarimda borsan”, demagan bo‘lsa kerak. Har holda Sterling o‘zi uchun ketgan pullarni oqlay oldi. To‘g‘ri, “Liverpul” muxlislari undan ranjishdi, lekin,“Odam doim cho‘qqiga intilishi kerak. Chunki u to‘xtagan kuni uni unitishadi”, degan edi bir yozuvchi. Sterling o‘zining kelajagini “Manchester Citi”da ko‘rdi va hozircha uning ishlari chakki emas.

7-o‘rin. Vensan Kompani
2005 yilda “Gamburg”dan 6 million funtga sotib olingan.

Bu baqquvat jangchi jamoaga kelgach dunyoning top-5 himoyachilaridan biri bo‘la oldi. Uning ishonchli o‘yini, maydonni yaxshi ko‘ra olishi, sheriklarining xatolarini yopib keta olishi bilan tezda ko‘pchilikning e’tiborini torta oldi. Kompani deganda hammaning ko‘z oldiga hakamlar bilan ortiqcha tortishmaydigan tartibli himoyachi bo‘lib gavdalanadi. “Shaharliklar” uning uchun to‘lagan pullaridan hech ham achinishmasa kerak. Chunki “Manchester Citi”ning Premyer-ligadagi g‘alabalarida belgiyalik futbolchining ham yaxshigina hissasi bor. Har holda uni chiroyli ko‘zlari uchun jamoaning sardori qilishmagan bo‘lishsa kerak.

6-o‘rin. Fernandinyo
2013 yilda “Shaxtyor”dan 40 million yevroga sotib olingan.

“Shaxtyor”dek o‘rtamiyona jamoadan dunyoning super chempionatiga kelib, o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan bu futbolchi top o‘nligimizda 7-o‘rnini egallamoqda. U bu o‘ringa o‘zidagi bitta xislati bilan erishdi, desak ajablanmasa ham bo‘ladi. Ha, gap uning universalligida. U deyarli Gvardiola qo‘l ostida hamma ampluada o‘ynab ko‘rdi. Faqat darvozaga turmadi, xolos. U qadar katta summaga olinmagani bilan ham u top o‘nligimizda yuqoriga chiqa oldi. Uning o‘yinlarini kuzatgan futbol ishqibozlari asli tayanch yarim himoyachisi ekanligini ham unutib yuborgan bo‘lishsa kerak. Chunki undan oxirgi paytlarda Gvardiola xuddi jangdagi qo‘shimcha kuchdek foydalanmoqda. Qayerga yordam kerak bo‘lsa, Fernandinyo o‘sha pozisiyaga tushuriladi va u azaldan o‘sha yerda o‘ynayotgandek o‘zini erkin his qila oladi.

5-o‘rin. Leroy Sane
2016 yilda “Shalke-04”dan 55 million yevroga sotib olingan.

Sochlari bilan uzoq plandan ham ajralib turadigan Sane tumanli Albionga tez moslasha oldi. Nemis futboli tarbiyalanuvchisi “Manchester Citi”ning o‘yinida bosh rollardan birini ijro etmoqda. U qisqa muddatda ko‘p muxlis orttirdi. O‘zining ishonchli o‘yinlari bilan muhim gollar urishda davom etirmoqda. Uning reytingimizning ekvatorida turishining sababi bor albatta. Chunki hozir zamonaviy futbolda Mbappe, Usmon Dembele singari kelajagi porloq yulduzlar ikki yuz million atrofida baholanayotganda ulardan qolishmaydigan Sane ham shu summa atrofida baholansa ajab emas. Chunki u hali yosh va uni yutuqlarga boy kelajak kutib turibdi. Jamoa mutasaddilari agar Saneni bir mavsum keyinroq xarid qilishganida hozirgi summasidan ancha ko‘proq to‘lagan bo‘lishar edi.

4-o‘rin. Kevin de Bryune
2015 yilda “Volsfburg”dan 74 million yevroga sotib olingan.

O‘zining aqlbovar qilmas paslariyu zarbalari bilan “shaharlik” muxlislarning hurmatini qozongan yigit — de Bryune. Bir paytlar “Chelsi”dan joy topa olmay Germaniyaga yo‘l olgan futbolchining bu qarori unga naqadar foyda keltirishini u o‘sha payt tasavvur ham qila olmagan bo‘lsa kerak. “Manchester Citi”da u tom manoda bor mahoratini ko‘rsatmoqda. Unga to‘langan summa bundan 3 yil avval katta ko‘rinardi, lekin shunisi aniqki, de Bryune hozir o‘sha summadan ikki barobar qimmat turadi. “Shaharliklar” hozir o‘z o‘yinlarini bu mallasoch yigitsiz tasavvur eta olishmasa kerak. Chunki u hozir “Manchester Citi”da “Inyesta” pratatipidagi o‘yinchi desak ham bo‘ladi. Faqat Inyesta darajasiga chiqish uchun undan ko‘p mehnat talab etiladi.

3-o‘rin. David Silva
2010 yilda “Valensiya”dan 28,5 million yevroga sotib olingan.

Ispaniyalik Fantazista o‘zini deyarli “Manchester Citi”ga bag‘ishladi. Eng pik formada o‘ynaganda ham, grandlar og‘iz solganda ham “Manchester Citi”ga sodiq qola oldi. Shu jumlalarning o‘zi unga jamoa muxlislarining hurmatini oshira olgan bo‘lsa ajab emas. Yaqin o‘n yilikning “Manchester Citi” jamoasi uchun eng muhim o‘yinchi bo‘lishi mumkin edi, ammo u o‘zidan ikkita shovvozni o‘tkazib yuborishga majbur.

2-o‘rin. Yahyo Ture
2010 yilda “Barselona”dan 24 million yevroga sotib olingan.

“Barselona”dan “Manchester Citi”ga ko‘chib o‘tgach Yahyo o‘zinng ikkinchi yoshligini boshladi, desak ham bo‘ladi. Ayniqsa, u “Manchester Citi” chempion bo‘lgan yili bir mavsumda nechta gol urganini eslashning o‘zi kifoya. U tayanch zonasida harakat qilishi bilan birgalikda o‘yinni boshqara olish xususiyatiga ham ega yarim himoyachi edi. Afrika qit’asining bir necha bor tengsiz o‘yinchisi bo‘lishi ham bejiz emas. U “Manchester Citi” uchun uzoq kutilgan chempionlikni taqdim etishda katta omil bo‘lib xizmat qildi. U nafaqat chempionlikni, balki g‘oliblik ruhini o‘z jamosida aks etira olgan fenomen sifatida hali ko‘p yodga olinsa kerak.

1-o‘rin. Serxio Kun Aguero
2011 yilda “Atletiko”dan 38 million yevroga sotib olingan.

Ha, buni darrov sezgan bo‘lsangiz kerak, reytingimizning birinchi pog‘onasida — Kun Aguero. Uni “Manchester Citi” hujum nayzasining naqd uchi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U maydonda xuddi Maradonadek harakat qiladi. Gohida Messidek ilojsiz vaziyatlardan foydalanadi, gohida Ronaldudek bosh bilan aqlbovar qilmas gollarni uradi. Uning uslubi bu buyuklarnikiga o‘xshamaydi, chunki u o‘ziga o‘xshaydi. “Manchester Citi” mutasaddilarining eng katta yutuqlaridan biri bu, so‘zsiz — Kun Agueroning xarid qilinishi. Chunki bu shovvoz hozirda eng kuchli beshta hujumchidan biri deb be’malol ayta olamiz. Mana bir necha yildan beri “Manchester Citi”ga bir necha hujumchilar kelib ketishdi, lekin hammasi uning soyasida ikkinchi bo‘lib qolaverdi. Aguero o‘zining o‘yinlari bilan klub tarixiga oltin harflar bilan bitildi, desak adashmagan bo‘lamiz. “Manchester Citi”da har qanday pozisiyaga o‘yinchi topiladi, lekin hujumda esa Agueroning o‘rnini hech kim bosa olmaydi.

Xulosa
Bu bizning o‘lchovimiz bilan bitilgan maqola. Kimdir Silvani, yana kimdur Yahyoni birinchi o‘rinda kutgandir. Lekin asosiysi “Manchester Siti” shu yigitlar orqali asta-sekin Yevropani zabt etishmoqda. Ularning zafarli yurishlariga omad tilab qolamiz.

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:51, 17.03.2018. O'qildi: 8379 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.