Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mulohaza: Futbolimiz bag‘riga shamol tegadi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Prezident Shavkat Mirziyoyevning futbolimiz yorug‘ istiqbolini kafolatlovchi yangi Qarori muxlislar tomonidan baralla olqishlanmoqda.

Endi futbolimiz bag‘riga shamol tegishi aniq. Ishoning, endi ishlar yanada jadallashadi. Garchi futbolimiz boshqaruvi allaqachon shiddat bilan islohotlarni boshlab yuborgan bo‘lsada, yangilanish va o‘zgarishlar sur’atini jilovlovchi rasmiy ma’muriy to‘siqlar hamon mavjud edi.

Mamlakatimiz rahbarining tarixiy Qarori futbolimiz taraqqiyotiga xalaqit beruvchi turli muammolarni bartaraf etish va ulardan butunlay qutulish yo‘lidagi ulkan qadamdir.

Qarorda futbolimizdagi mavjud holat ikir-chikirlariga qadar o‘z aksini topgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, «Eng kichik zarradan Yupitergacha» g‘oyat puxta, batafsil ifodalangan.

To‘g‘ri, avvallari ham ezgu orzu-niyatlar bilan futbolimiz taqdirini o‘ylab, davlat miqyosida bir qancha Qarorlar qabul qilingan. O‘sha Farmon va Qarorlar vaqtida soha rivojiga munosib ta’sir o‘tkazdi, albatta. Biroq o‘smirlar va yoshlar futbolini hisobga olmaganda, ezgu niyatlar niyatligicha, rasmiy hujjatlar esa qog‘ozda qolib ketdi.

Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emasdi. Chunki shu paytga qadar imzolangan hujjatlar ko‘proq homiylik va ixtiyoriylik tamoyillariga asoslangan bo‘lib, futbolimiz infratuzilmasini yagona tizimga birlashtirish ko‘zda tutilmagandi. Yangi tarixiy Qarorda ana o‘sha jihatlarning barchasi hisobga olindi.

Ma’lumki, istiqlolimiz bosib o‘tgan 27 yil mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratildi. O‘tish davri muammolaridan kelib chiqib, futbolga qo‘shimcha soha sifatida munosabat bildirildi ba’zan.

Boshqacha aytganda, futbolga munosabat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmadi, aniqrog‘i, shunday qarash mavjudligi haqida taassurot uyg‘otildi, xolos. Aslida esa taassurot bor edi-yu, amalda biror yirik islohotga qo‘l urish amri-mahol hisoblanardi.

Mana, nihoyat, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, futbolimizdagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlovchi rasmiy huquqiy hujjat imzolandi. Diqqatga sazovor tomoni, Qarorda 2023 yil 1 yanvarga qadar butun boshli futbol tizimiga turli majburiy ajratmalar, soliq va bojxona to‘lovlari borasida alohida imtiyozlar belgilab qo‘yildi.

Bu muddatdan ikki ma’no o‘qish mumkin. Birinchidan, belgilangan vaqt - futbolimiz va uning boshqaruv tuzilmasining qad rostlashi uchun imkoniyat. Ikkinchidan, imtiyozli muddat davomida JCH-2022 bo‘lib o‘tishi nazarda tutilgan. Bizningcha, bu muddat - futbolimizning hozirgi mutasaddilari uchun o‘ziga xos sinov jarayoni.

Mantiqan shunday. Zero, amalga oshirilayotgan islohotlar ijobiy samarasi bilangina qadrlidir. Shu ma’noda aytsak, yangi Qaror mohiyatan milliy terma jamoamiz zimmasiga JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, yetakchi klublarimiz oldiga esa OCHL bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifasini yuklaydi.

Ha, bunday majburiyatlar xususida Qaror matnida hech bir so‘z yo‘q. Lekin uning maqsad-mazmunida shunday ishora yaqqol sezilib turibdi.

 Ta’kidlash joizki, ushbu Qarorni tayyorlash jarayoni uzoq muddat davom etdi. Shu asnoda futbolimizning barcha jihatlari jiddiy o‘rganib chiqildi. Natijada taraqqiyot uchun zarur sanalgan puxta rasmiy huquqiy hujjat hozirlandi. Ochig‘i, Qarorni hayotga tatbiq etish oson kechmaydi.

Chunki shu hujjat asosida futbolimizdagi ko‘nikilmagan an’anaviy tizim tubdan yangilanadi. Bu jarayonda kimlardir tinch va issiq o‘rinlaridan ayrilishadi, boshqa birovlar yangilanishlarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishadi. Hammasi tabiiy, albatta. Taraqqiyot shu’lasi kimningdir ko‘zini qamashtirsa, yana birovga quvonch ulashadi.

Asosiysi, futbolimiz mutasaddilarini qiyinchilik aslo cho‘chitmayapti. Birgina Superliga tashkillash chog‘i qancha-qancha qarshiliklar kuzatilgani fikrimiz dalilidir. E’tirof etish kerakki, futbolimiz mutasaddilari murakkab vaziyatlarda ortga chekinishmadi. «Navbahor» - «Lokomotiv» uchrashuvi nazarimizda, shu mardonavorlik uchun o‘zgacha tuhfa sifatida tarixda qoladi.

Salgina mubolag‘a bilan aytsak, Namanganda o‘tgan bahs - tasavvurimizdagi Superliga keskinligining ko‘zgusi. Ishonchimiz komil, eski reglamentga tanqidiy nazar tashlanib, Superliga yo‘lga qo‘yilmaganida, balki bunday qarama-qarshiliklar yuz bermasdi, «Navbahor» chempionlik uchun astoydil bel bog‘lamasdi.

Qarangki, amaldagi chempion, kuchli tarkibga ega «Lokomotiv» dastlabki 3ta turda 4 ochko yo‘qotdi. «Metallurg» va «Navbahor» chempionga qarshi bemalol, xavotirsiz to‘p surdi. Jamoalarda shunday kuchli raqobat kayfiyatini shakllantirish - islohotlar, Superliga tashkillashning bosh maqsadi.

Ko‘rinib turibdiki, islohotlar to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda. Buning isboti sifatida Superliga bahslarida keskinlik kuchaymoqda. 3-turda Farg‘ona viloyatining har ikki klubi mag‘lubiyatga uchradi, ammo «Qo‘qon-1912» va «Neftchi» qanday shahd bilan o‘ynaganiga barchamiz guvohmiz.

Ochkosiz qolayotgan «Qizilqum»ni oling, bu jamoaning «Nasaf» darvozasi tomon uyushtirgan hujumlari tahsinga sazovor emasmi? Demakki, hech bir klub ortda qolishni istamayapti.

Superligani yangilanishi, uyg‘onishi - shu. Ehtimol, elitamizda ham hali Muhammad Saloh, Krishtianu Ronaldu va Mauro Ikardi kabi «poker» qayd etadigan futbolchilar, raqibni «Liverpul» va «Inter»dek 5ta to‘p farqi bilan yengadigan klublar topilar.

Bo‘lishi mumkin hodisa bu futbolda. Lekin yirik hisoblar «A» seriyasi va APL saviyasiga soya sololmaganidek, Superligadagi raqobatga ham putur yetkazolmaydi. Aksincha, yirik hisoblar qaysidir klublar ruhiyatida kutilmagan shahdu-shiddatni qo‘zg‘atadi.

Xullas, hozircha hammasi yaxshi, Superliga bahslari muxlislarga yoqmoqda. Ko‘zga tashlanayotgan ayrim kamchiliklar esa vaqt o‘tgan sayin asta-sekin tuzatiladi.

Umid qilamizki, Superligada bo‘y rostlagan kuchli raqobat tuyg‘usi bosh jamoamiz ruhiyatiga ham ko‘chib o‘tadi va malakali murabbiylar guruhi maslahatiga tayanadigan Temur Kapadze shogirdlari Afrika safaridan o‘rin olgan uchrashuvlarda kuchli raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsatishadi.

Muhammad Vali

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:14, 21.03.2018. O'qildi: 3759 marta. Fikrlar: 17 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик