Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 3:1
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 0:1
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:0
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 1:1
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 1:2
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 4:0
      • Kopengagen
      • 05.11.2025 22:45
      • Pafos
      • 1:0
      • Vilyarreal
      • 05.11.2025 22:45
      • Qorabog‘
      • 2:2
      • Chelsi
      • 06.11.2025 01:00
      • Ayaks
      • 0:3
      • Galatasaroy
      • 06.11.2025 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Barselona
      • 06.11.2025 01:00
      • Inter
      • 2:1
      • Qayrat
      • 06.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 06.11.2025 01:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 06.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 0:1
      • Atalanta
      • 06.11.2025 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Bayer
  • Elit OCHL
      • 05.11.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 1:0
      • Ulsan Xyonde
      • 05.11.2025 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 3:1
      • Shanghai Shenhua
  • OChL-2
      • 05.11.2025 17:15
      • Istern
      • 0:7
      • Ratchaburi
      • 05.11.2025 17:15
      • Tep Han Nam Din
      • 0:1
      • Gamba Osaka
      • 05.11.2025 18:45
      • Al-Vasl
      • 2:2
      • Al-Muharraq
      • 05.11.2025 18:45
      • Arkadag'
      • 1:1
      • Al-Ahli Doha
      • 05.11.2025 21:00
      • Xolidiya
      • 0:0
      • Andijon
      • 05.11.2025 21:00
      • Az-Zavra
      • 2:1
      • Istiqlol Dushanbe
      • 05.11.2025 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • -:-
      • Goa
      • 05.11.2025 23:15
      • Al-Vihdat
      • -:-
      • Istiqlol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8966 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2960 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tribuna ko‘zgusida «Neftchi»: «Bunyodkor»ga qarshi o‘yin tahlili

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Superliga o‘yinlariga bo‘lgan e’tibor, ayniqsa, o‘yinlarning to‘liq va jonli tarzda olib berilishi matbuot vositalari uchun ham qulaylik tug‘diradi albatta. Saytimiz ham bu imkoniyatlardan foydalangan holda, navbati bilan Superliga klublariga nazar tashlab boramiz. Bu safar e’tiborimiz markazida Farg‘onaning «Neftchi» klubi bo‘ldi.

Superliganing 3-turida Farg‘onada «Neftchi» «Bunyodkor»ni qabul qildi. Aynan ushbu uchrashuv «Neftchi»ning bugungi kundagi salohiyatini namoyish etib berishi kerak edi. Nega aynan shu o‘yin? Sababi, 1-turda «Nasaf»ga qarshi o‘yin mavsumning ochilish o‘yini bo‘lgani uchun mezbon jamoa futbolchilari qo‘shimcha kuch bilan bir bosh baland sakrashi tayin edi. Jizzaxdagi o‘yinda esa ob-havo sharoiti aniq xulosalar chiqarishga to‘sqinlik qildi. 

«Neftchi» ishtirokidagi har ikki o‘yinda ham hisob ochilmagandi. Farg‘onaliklar 2 turdan keyin o‘z darvozasini daxlsiz saqlab kelgan ligadagi yagona jamoa bo‘lsa-da, o‘z navbatida, gol ura olmagan uch jamoadan biri bo‘lib turishgandi. Ya’ni, bu o‘yinning bir ijobiy va biri salbiy seriyalardan biriga chek qo‘yishi kutilayotgandi.

«Bunyodkor» - tengma-teng o‘ynasa bo‘ladigan yosh jamoa. Taniqli nomlarni ko‘rmaysiz, ammo Mirjalol Qosimov juda umidli va asosiysi taktik jihatdan shakllangan jamoani taqdim etmoqda. Bu o‘yinda «Neftchi» nafaqat mahorat, taktik jihatdan ham raqibiga imkoniyatni boy berdi.

TO‘LIQ SHAKLLANTIRILMAGAN USLUB

Jamoaning o‘yin uslubini asosan hujumdagi harakatlari asosida o‘rganish mumkin. «Neftchi» to‘pga egalik qilganda, nimaning hisobiga xavfli vaziyatlarni yaratishga urindi? Mana shu savolga javob berish orqali Bahrom Haydarov o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan qadriyatlarga baho bera olamiz.

«Neftchi» aksariyat hollarda to‘pni yuqorilatib raqib jarima maydoni yaqiniga yoki qanotlardan to‘pni olib borish orqali, krosslar amalga oshirishga harakat qilganini kuzatish mumkin. O‘yin davomida jamoa 27 marotaba krossni amalga oshirdi va bu «Bunyodkor»ga nisbatan ikki barobar ko‘pdir. Bunday o‘yin uslubini biz aksariyat hollarda ingliz jamoalarida ko‘rishimiz mumkin.

Ammo uzun paslar orqali o‘yinning muvaffaqiyatli chiqishi uchun yana bir omil bor - «ikkinchi to‘plar»ga («podbor») egalik qilish. Ya’ni, bunday paslardan so‘ng to‘pni egallash va hujumning ikkinchi fazasini boshlash uchun, albatta, «ikkinchi to‘plar»ga hushyor bo‘lish shart. Aks holda, hujum ilk fazadayoq yakuniga yetadi va raqib uchun bunday hujumlarni qaytarish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda «Neftchi» futbolchilari biroz charchab qolgach, «Bunyodkor»ning vazifasi yanada yengillashdi.

«Ikkinchi to‘p»ga egalik qilish nafaqat jismoniy tayyorgarlik yoki individual mahorat, asosiysi, futbolchilarning joylashishlari, ma’lum vaziyatlarda kerakli zonalarni yopishga urinishlaridir. E’tibor bering:

«Neftchi» qanotdan hujum qilishga harakat qilmoqda. Hujum tezligi pasaygani bois, mehmonlar himoyaga qaytishga ulgurishdi va vaziyat pozision hujumga aylandi. Bu o‘rinda «Neftchi» hujumchilarining xuddi o‘sha tezlikda kerakli pozisiyalarni egallamayotganiga e’tibor bering. «Bunyodkor»ning tayanch zonasidagi juda katta zona «Neftchi»ning e’tiboridan chetda qolgan. Mezbonlarning hujumda qatnashmoqchi bo‘layotgan uch futbolchisi ham juda passiv va «yashirinib olishgan». To‘pga egalik qilgan futbolchida hujumni rivojlantirish uchun variant deyarli yo‘q. Hatto u bir necha himoyachini aldab o‘tib, vaziyatni keskinlashtirgan taqdirda ham, «Bunyodkor» son jihatidan ustunlikni saqlab qolgan bo‘lardi. Umuman, pozision hujum - ya’ni raqibning turli zonalarida son jihatidan ustunlikni tashkil qilgan holda vaziyatlar yaratish bo‘yicha «Neftchi» juda oqsadi.

2-suratda «Neftchi»ning uzun paslar orqali raqib himoyasini yorib o‘tishga qaratilgan harakatlari aks ettirilgan. Bu yerda «ikkinchi to‘p»ga egalik qilishga sharoit yaratmay turib, faqat himoyachining xatosiga tayanish mumkin xolos. «Neftchi»ning uch hujumchisi diqqatini to‘pga qaratgan, ammo «Bunyodkor»ning tayanch zonasi yopilmagan. Himoyachi agar ikkinchi qavatda ustun kelsa, «Bunyodkor» to‘pni bemalol egallab oladi va hatto 7 futbolchi bilan qarshi hujumga chiqib ketishi mumkin. Bu yerda «Neftchi»ning faqat olti futbolchisi qoladi xolos. Ya’ni raqibning tayanch nuqtasini e’tiborsiz qoldirish orqali, «Neftchi» nafaqat hujumning «ikkinchi faza»sisiz qolmoqda, balki raqibga xavfli qarshi hujum yaratish imkoniyatini bermoqda.

Birinchi bo‘limda mehmonlarning biroz hayajoni va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi yordamida «Neftchi» tez-tez to‘pni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgandi, ammo ikkinchi bo‘limda «Bunyodkor» yuqoridagi suratlarda aks etganidek, markazni xotirjam qo‘lga olgach, mezbonlarga qiyin bo‘ldi. O‘z maydonidagi o‘yinlarda balki, «muxlislar omili» yordam berar, ammo safardagi o‘yinlarda, taktik jihatdan kuchli jamoalarga qarshi «Neftchi»dagi kamchiliklar yanada yaqqol ko‘zga tashlanishi shubhasiz.

GOL

«Bunedkor»ning goli samarali qarshi hujum va Filipp Rayovasning nostandart harakati natijasida yuzaga kelgandek tuyulsa-da, «Neftchi» himoyachilarining jamoaviy xatosini alohida qayd etish kerak.

Rayovas to‘pga egalik qilgan paytdagi vaziyatga e’tibor bering: «Neftchi» ko‘pchilik bo‘lib himoyalanmoqda va chap qanotdagi hujumchini e’tiborga olmasa, deyarli barcha «bunyodkorchilar» nazorat ostida. Bu yerda Filippda xavfli vaziyat yaratish uchun imkoniyat yo‘qdek.

Ammo bir necha dolisekundlarda vaziyatning o‘rganishiga baho bering:

Rayovas to‘p bilan biroz orqaga harakatlandi, uch himoyachi unga tashlandi. Qarang, biroz avval ta’qib ostida bo‘lgan barcha «Bunyodkor» futbolchilari o‘zlari uchun qulay vaziyat hosil qilib olishgan. Endi Rayovasda bir necha variantlar paydo bo‘ldi: u istasa tovoni bilan to‘pni chap qanotdagi bo‘sh sherigiga oshirishi yoki orqaga, zarba berish uchun tayyorlanayotgan hujumchiga oshirishi, eplasa kichik aylana ichidagi zonaga yetkazishi mumkin. «Neftchi»ning yetti futbolchisi bir onda o‘z diqqatini yo‘qotganligi natijasida xuddi shaxmatdagi kabi, endi ko‘klarning pozisiyasida ustunlik bo‘lib qoldi. Bu yerda o‘ng qanotda ham katta ochiq zona yuzaga kelganini ko‘rishingiz ham mumkin. Endi uchinchi rasm:

Himoyachilar tomoshabinlikni davom ettirdilar va G‘iyosov ham bemalol harakat qilishiga imkoniyat yaratib berdilar.

«TARGETMAN»NING YO‘QLIGI

Mezbonlar o‘yinida ko‘zga tashlangan yana bir jiddiy muammo yuqori qavatlarda yaxshi harakat qiladigan va yakuniy zarbani ijro etuvchi yaqqol hujumchining yo‘qligi bo‘ldi. «Netfchi» raqibga qaraganda ikki barobar ko‘p zarba berdi, lekin ularning barchasi noaniq ketdi. Zarbani ijro etgan futbolchilar ham har xil. Ya’ni, doim himoyachilarni bosimda ushlab turadigan va bor e’tiborini darvozani ishg‘ol qilishga qaratadigan hujumchi ayniqsa, «Neftchi» kabi uzun paslar va qanotlar orqali, raqib himoyasida tartibsizlikni yuzaga keltirish orqali vaziyat yaratishga urinadigan jamoa uchun juda zarur.  

DOSTON TURSUNOV

Doston Tursunovni «Qo‘qon», «Metallurg», ayniqsa, yaqinda Osiyo chempioniga aylangan yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari orqali yaxshi bilamiz. O‘tgan 3 turda u ikki marta qizil kartochka olishi mumkin edi. «Bunyodkor» bilan o‘yinda faqat hakamning vaziyatga biroz yumshoq yondashgani va himoyachiga imkon bergani qo‘l keldi, aks holda muhim pallada «Neftchi» qiyin ahvolda qolardi. Sariq kartochkasi bo‘lgan holatda u juda qo‘pol va ehtiyotsiz harakat qildi. Kurashuvchan, jismoniy baquvvat va yengilishni istamaydigan markaziy himoyachi kelajakda Po‘latov bilan juda yaxshi tandem hosil qilishi va jamoa muvaffaqiyatlarida garovga aylanishi mumkin. Lekin buning uchun u biroz sovuqqon bo‘lishi talab etiladi.

XULOSA

Uch turdagi o‘yindan kelib chiqsak, «Neftchi» o‘yin borasida autsayder emasligini namoyon qila oldi. Hozircha, «Qizilqum», AGMK yoki «So‘g‘diyona» kabi jamoalar kuchsizroq ko‘rinmoqda. Bundan tashqari, birinchidan, «Neftchi» mavsumlar oralig‘ida 12 nafar yangi futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi, balki yangi shakllanayotgan jamoaga nisbatan bu qadar talabchan bo‘lmaslimiz kerakdir. Ikkinchidan, «Neftchi» o‘z maydonidagi o‘yinlarni liga yetakchilariga qarshi o‘tkazdi. «Istiqlol» stadionidagi muhit va eng asosiysi futbolchilarning ko‘zlaridagi o‘t, boshqa o‘yinlarda kerakli g‘alabalarni qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘lishi ham mumkin. Kuzatishda davom etamiz.  

Qahramon Aslanov tayyorladi

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 10:17, 21.03.2018. O'qildi: 3473 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.