Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniya OTJga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish uchun Farg‘onaga yetib keldi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi hujumchisi Bobur Abduholiqov bilan qisqacha suhbatda bo‘ldi.
"Farg‘onalik futbolchilar bizni juda yaxshi kutib olishdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik izhor etamiz. Farg‘onada katta futbolni sog‘inishgan. Bu yerda 2015 yilda “Istiqlol” stadionining ochilishida Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilgandi. O‘tgan davr mobaynida ishqibozlar yana xalqaro o‘yinlarni sog‘inishgani kurinib turibdi.
Ertaga bo‘ladigan Andijondagi bahsda stadion to‘lishi aniq. Farg‘onada ham bizni muxlislar qo‘llab-quvvatlashlariga ishonchim komil. Keniya bilan o‘yinlar oson bo‘lmaydi. Lekin mazkur bahslarda muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz. Vodiyda terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro o‘yinlarni juda sog‘inishgan.
Fursatdan foydalanib, Keniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini vodiyda o‘tkazishga qaror qilgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatiga futbolchilar nomidan minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman" - deydi Bobur Abduxoliqov.