Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Metallurg” futzalchilari yuksak marralarni ko‘zlashmoqda

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futzal chempionati
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futzal bo‘yicha mamlakat XXII milliy chempionati eshik qoqmoqda. Mart oyining so‘nggi ikki kuni yangi mavsumning birinchi tur o‘yinlariga ajratilgan. Bekobodning “Metallurg” jamoasi futzalchilari ham yangi mavsumga katta umid hamda maqsadlar bilan yetib kelishyapti.

Chempionat oldidan metallurtg-pfc.uz muxlislarni qiziqtirgan bir qator savollar bilan jamoa bosh murabbiylar shtabi hamda yetakchi o‘yinchilarning fikrlari bilan qiziqdi.

Yangi mavsumdan umidimiz katta. Xabaringiz bor bu yildan futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda mamlakat Kubogi musobaqalari formatlari o‘zgardi. Odatda biz qish oylarida tanlangan manzillarda yig‘ilardik va tur o‘yinlarini o‘tkazib, bahorning dastlabki oylarida mavsumni yakunlardik, - deb so‘z boshladi “Metallurg” MFK jamoasi bosh murabbiyi Nikolay Odushev. - O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasining yangilangan rahbariyatiga mavjud tizim ma’qul kelmadi. Ular ishga professional yondoshib, chempionatlarimizni rivojlangan mamlakatlarnikiga xos tarzda o‘tkazishni rejalashtirishdi. Buning uchun esa avvalo ishni klublar infratuzulmasini rivojlantirishdan boshlash kerak edi. Ya’ni chempionatda qatnashishni istagan har bitta jamoaning uy o‘yinlarini qabul qiladigan bazasi – sport inshooti bo‘lishi lozim. Hech bo‘lmaganda ijara asosida bo‘lsin, o‘yinlarni qabul qiladigan manzili bo‘lishi kerak. Shunga qarab Superliga jamoalari ham saralanganidan xabaringiz bor.

Bekobodda Superliga talablariga javob beradigan professional klub allaqachon shakllangandi. Kuchlilar safida shahrimiz sharafini himoya etadigan bosh jamoamizdan tashqari qizlarimiz allaqachon O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida o‘z so‘zlarini aytib bo‘lishgan. Ikki mavsumdirki, futzal bo‘yicha tuzilgan “Metallurg” jamoasi ham O‘zbekiston chempionati hamda Kubogi o‘yinlarida metallurglar shahri sharafini munosib himoya etib kelayapti. Bir so‘z bilan aytganda xuddi uzoqni ko‘ra olgandek Bekobod Superliga musobaqalari talablariga oldindan tayyor bo‘lgandek. Bekoboddagi “Yoshlik” sport majmuasida futzal musobaqalarini o‘tkazish mumkinu, ammo uni Reglament talablariga javob beradigan holatga keltirish lozim edi. Klubimiz rahbariyati zudlik bilan ichki yig‘ilish o‘tkazib, zalni zarur anjomlar bilan ta’minlash, joriy ta’mirdan chiqarishga kirishdi. Maydonning parketi, futbolchilarning kiyinish, yuvinish xonalari kosmetik ta’mirdan chiqarildi. Devorlar, potoloklar oqlandi. Qisqa fursat ichida “Yoshlik” sport zali o‘zgacha chiroy ochdi. Endilikda biz qo‘rqmasdan O‘zbekiston chempionati va Kubogi o‘yinlarini o‘tkazadigan, talablarga javob beradigan inshootga egamiz deb ayta olamiz.
Mavsum tadorigini yanvar oyidan boshlaganmiz. Tarkibimiz deyarli yangilangan. O‘tgan yilgi tarkibdan besh nafar o‘yinchimiz qoldi. Bular darvozabon Nodirjon Nishonov, maydon o‘yinchilari Jo‘ra Ergashev, Aliakbar Bayburin, Sardorbek Inomjonov hamda Timur Saydullayev. Jamoani kuchaytirish uchun ko‘z ostimizga olib yurgan bir qator tajribali, iqtidorli futzalchilarni taklif etdik. Bir necha yillar O‘zbekiston chempionatlarida sovrindor bo‘lgan, mahoratli o‘yinchilarga murojaat etdik. Ular bizning taklifimizga yo‘q deyishmadi. Hozirgi kunda jamoa asosini A’zam Saidaxmedov, Abubakr Usmon, Ramil Almamedov, Baxtiyor Baratov, Shahboz Ahmedov, Sherzod Mustafoyev, Ixtiyor Ropiyevlar tashkil etishadi. Shuningdek, Bobir Domlajonov, Odiljon Asanov, Akmal Marufaliyev singari yoshlar oldimizga qo‘yilgan maqsad yukini tortishga bel bog‘lashgan. Maqsadimiz esa bu yil kuchli uchlikka kirish va sovrindorlar safidan joy egallash, deydi Nikolay Matveevich.

Yigitlarimiz jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani uddalashga qodir, - deydi suhbatga qo‘shilgan jamoa yetakchilaridan biri A’zam Saidahmedov. – Bizda ikkita teng kuchli tshrtlik shakllandi. O‘z navbatida tarkiblarga yangi havo olib kira oladigan yoshlarimiz bor. Nazorat uchrashuvlarida yoshlarimizni sinab ko‘rdik va ulardagi ishtiyoq bizni xursand etdi. Yanvar-fevral oylarida asosan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklashga ko‘proq e’tibor qaratilgan bo‘lsa, mart oyidan boshlab o‘yin amaliyotini shakllantirishga urg‘u berildi. Nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdik. Mamlakatimizning amaldagi chempioni – Olmaliq shahrining AGMK jamoasi bilan ikkita ko‘rik o‘yini o‘tkazib, ikkalasida ham kichik hisobda, ikkidan to‘p farqi bilan imkoniyatni boy berdik – 3:5, 2:4. Birinchi o‘yinni esa Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi o‘tkazdik. Xabaringiz bor, “Paxtakor” ham bu yil tarkibini juda tajribali o‘yinchilar evaziga boyitib olgan. Poytaxtliklarga qarshi o‘yinda ham tengma teng raqobat ko‘rsatgan bo‘lsakda, ijroda ishlarimiz yurishmadi. Natija ham shunga yarasha, mag‘lubiyat – 1:5. O‘yindan o‘yinga to‘rtliklarimiz shakllandi. Futbolchilar endilikda bir birlarini maydonda yaxshi tushunib o‘ynashayapti. Natijalar ham ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdik. Kuni kecha esa paxtakorchilardan revansh oldik – 7:1. Ko‘rib turganingizdek katta maqsadlar yo‘lida og‘ishmay mehnat qilayapmiz. Muxlislarimizni uyaltirib qo‘ymaymiz. Albatta muxlislarimizni Bekoboddagi “Yoshlik” sport majmuasiga taklif etib qolamiz. Kelinglar, bizni qo‘llab quvvatlanglar, chiroyli o‘yinlarimizdan bahramand bo‘ling, o‘z navbatida sizlarning qo‘llab quvvatlashlaringiz bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat XXII milliy chempionati bahslari uy va safar tizimida o‘tkaziladi. Bitta turda jamoalar ikkitadan o‘yin o‘tkazishadi. Jumladan, “Metallurg” birinchi turni o‘z uyida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yinlar 30-31 mart sanasiga rejalashtirilgan.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 09:25, 27.03.2018. O'qildi: 1687 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик