Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • 2:0
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 3:3
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • 1:0
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • 4:1
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • 1:0
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • 2:1
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • 0:3
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 30 61
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 31 54
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 31 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Bornmut 32 45
11 Fulhem 32 44
12 Sanderlend 31 43
13 Nyukasl 31 42
14 Kristal Pelas 30 39
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 31 32
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 31 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nursiz kechgan o‘yinda JCH-2018 ishtirokchisiga yutqazdik

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari munosabati bilan Afrika qit’asida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va uning doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Marokashning Kasablanka shahrida o‘tgan o‘yinlarda Temur Kapadze va Mirjalol Qosimov shogirdlariga JCH-2018 ishtirokchilari hisoblangan Senegal va Marokash terma jamoalari raqiblik qildi.

Bu o‘yinlarda durang va mag‘lubiyat qayd etdik. Umuman olganda, bu natijalar kishida salbiy taassurot qoldirmasligi mumkin.

Lekin afrikaliklarning ikkinchi tarkib bilan maydonga tushishganini inobatga olsak, ijobiy natijaga umid bor edi, ayniqsa, Senegalga qarshi kechgan uchrashuvda. O‘sha bahsda Ali Sisse asosiy tarkibning 10 nafar futbolchisi xizmatidan foydalanmadi. Bu to‘laqonli bitta tarkib degani. Sadio Mane boshchiligidagi yulduzlar bizdan keyin Bosniya va Gersegovina terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda harakat qilishdi. To‘g‘ri, bolqonliklar tarkibida ham Edin Jekodek yulduz bor edi.

Har qanday holatda ham bu ikki o‘yin va qolaversa, keyinroq Eron, Urugvayga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvlar milliy terma jamoamiz foydasiga xizmat qiladi. Birinchi galda o‘yinlar FIFA kunlarida rasmiy maqomda o‘tkazilyapti. Ikkinchidan, raqiblarning bari JCH-2018 ishtirokchilari. Uchinchidan, keng futbol jamoatchiligi biz haqimizda yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi. Bir tomondan, Senegal, Marokash va Urugvay terma jamoalarida Osiyo jamoalari bilan o‘ynash uchun ehtiyoj bor edi. Boisi, ular joylashgan guruhda «sariq qit’a» termalari bo‘lib, boz ustiga, biz ular bilan o‘ynagandik. Shu sababli Marokash ham, Senegal ham jamoamiz bilan o‘ynashga rozi bo‘ldi. Qolaversa, olis Afrikaga biz bordik. Ularning kelmasligi ikki yuz foiz aniq edi. Mayli, hozircha safarga borib turaylik. Hali shunday kunlar kelsinki, kuchli raqiblarning o‘zlari «Sizlar bilan Toshkentda o‘ynashga ham tayyormiz», degan fikrlarni aytishsin. Har holda, shu kunlar tezroq kelishiga umid qilib qolamiz.

O‘zbekiston - Marokash uchrashuvi oldidan afrikaliklar ustozi Erve Renar bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirar ekan, tarkibdagi barcha futbolchilarga imkoniyat berishini aytib o‘tdi.

«Biz qisqa fursatda ikkita uchrashuv o‘tkazyapmiz. Shu sababli ham ixtiyorimda bo‘lib turgan barcha futbolchilarga imkoniyat bermoqchiman. Ularning har biri maydonga tushishga haqli. Hozircha O‘zbekistonga qarshi kechadigan o‘yinga tanlanadigan tarkib borasida aniq fikr bildira olmayman. Lekin bugun O‘zbekiston bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Serbiyaga qarshi o‘yinda zaxirada o‘tirgan futbolchilarning xizmatidan ko‘proq foydalanaman», - dedi Marokash termasi ustozi.

Renar janoblari uchrashuvdan oldin fikriga sodiq qoldi va bizga qarshi bahsda deyarli ikkinchi tarkib futbolchilari maydonga tushirildi. Lekin zaxiradan ham asosiy tarkib futbolchilari o‘yinga qo‘shilishdi. Buni ham alohida aytish kerak. Darvoqe, Madridning «Real» klubi a’zosi hisoblangan Ashraf Hakimining mashg‘ulot chog‘ida jarohat olgani haqida xabar berilgandi. Hatto terma jamoa shifokori Abdulrazzoq Hifti uning Madridga jo‘nab ketganligini ham aytgandi. Ammo amalda bunday bo‘lib chiqmadi va iste’dodli himoyachi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirildi. Ashraf Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashmagandi. Shuningdek, Erve Renar Gollandiyaning «Ayaks» klubi a’zosi hisoblangan Hakim Ziyeshga imkoniyat berdi. O‘yinning 72-daqiqasida Yasin Bammouni almashtirgan bu futbolchi Serbiya bilan o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Fransiyaning turli yosh toifalaridagi termalarida o‘ynagan, hozirda Germaniyaning «Shalke-04» klubi sharafini himoya qilayotgan 20 yoshli Amin Xarit, oxirgi Afrika Millatlar kubogida porlagan Ayyub al Kaabi kabi futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Kaabi hatto gol urdi ham. Bu ikki futbolchi 24 mart kuni Serbiya bilan bo‘lgan o‘yinni zaxira o‘rindig‘idan tomosha qilishgandi.

O‘z o‘rnida Temur Kapadze va Mirjalol Qosimov ham mazkur bahsga ikkinchi tarkibni tushirishdi. Senegal bilan o‘yinda harakat qilgan ayrim yetakchi futbolchilarimizga dam berildi. Darvozamizni Eldor Suyunov qo‘riqladi. Senegal bilan uchrashuvda ushbu vazifani Ignatiy Nesterov bajargandi. Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov esa bu safar zaxirada qoldirildi. Markaziy himoyachilar Islom To‘xtaxo‘jayev va Anzur Ismoilov, qanot himoyachisi Akmal Shorahmedov ham maydonga tushirilmadi. Ularning o‘rnini Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod A’zamov, Rustam Ashurmatov, Javohir Siddiqov, Jasur Yaxshiboyev singari futbolchilar egallashdi.

Endi bevosita o‘yinning o‘ziga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Marokash - O‘zbekiston uchrashuvi belgilangan vaqtdan bir soat oldin boshlandi. Shu kunga qadar mazkur bahs bizning vaqt bilan soat 01:00da boshlanishi haqida xabar berilgandi. Biroq ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlandi. Bunga Yevropaning yozgi vaqtga o‘tgani sabab bo‘ldi. Toshkent va Kasablanka shaharlari o‘rtasidagi vaqt tafovuti besh soatga yetdi. Yevropa vaqtiga o‘tishdan oldin bu farq to‘rt soatni tashkil qilardi.

O‘yinning 3-daqiqasida Amin Xaritning kuchli zarbasini Eldor Suyunov qaytardi. Darvozabondan qaytgan to‘p yana jarima maydoniga uzatildi, bu yerda esa Ayub al Kaabi osongina hisobni ochdi - 1:0. Uchrashuvning 18-daqiqasida Jaloliddin Masharipov jarima to‘pini amalga oshirdi. Bu vaziyatda darvozabon to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi. Mezbonlar bo‘lim davomida to‘p nazoratini o‘z qo‘llarida ushlab turishdi. Bu esa ularning minimal ustunligini ta’minladi. Bahsning 42-daqiqasida Faysal Fajrning jarimadan yo‘llagan zarbasi ancha xavfli chiqdi. 43-daqiqada hisob o‘zgardi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Maruan Da Kosta boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi - 2:0. Uchrashuvning 85-daqiqasida Temurxo‘ja Abduxoliqovning kuchli zarbasidan so‘ng to‘p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga ikki daqiqa qolgan bir paytda hisobni qisqartirishimiz mumkin edi. Lekin jarima maydonchasi ichida so‘nggi zarbani beradigan futbolchimiz topilmadi.

Shu tariqa, o‘yin Marokash milliy jamoasining ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Endi ular JCH-2018 boshlanguniga qadar Slovakiya va Estoniya termalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishadi. Biz esa Eron va Urugvay bilan o‘ynaymiz.

Ma’lumot uchun, Marokash termasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining «B» guruhida Portugaliya, Ispaniya va Eron jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

27 mart (seshanba)

MAROKASH - O‘ZBEKISTON 2:0 (2:0)

Gollar: Ayub al Kaabi (3), Maruan Da Kosta (43).

Marokash: Munir al Kajoui (Ahmad Tagnaouti, 46), Al Hajam Volid (Salohiddin Essaidi, 82), Da Kosta Maruan, Saiss Ganem (Nahiri Muhammad, 63), Ashraf Hakimi, Sofyan Amrabat, Faysal Fajr, Amin Xarit, Yasin Bammou (Hakim Ziyesh, 72), Ayub al Kaabi (Volid Azaru, 62), Zakariya Labyad (Sofyan Bufal, 46).

O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod A’zamov, Rustam Ashurmatov, Oleg Zoteev (Akrom Komilov, 74), Fozil Musayev (Odiljon Hamrobekov, 45), Javohir Siddiqov (Eldor Shomurodov, 83), Ikrom Aliboyev (Otabek Shukurov, 68), Sardor Rashidov (Jasur Yaxshiboyev, 56), Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmayev (Temurxo‘ja Abduxoliqov, 56).

Ogohlantirishlar: Ikrom Aliboyev (42), Rustam Ashurmatov (71).

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:04, 28.03.2018. O'qildi: 4710 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик