Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Luis Suares: «JCH favoriti? albatta, Urugvay»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» himoyachisi Xerard Pike youtubedagi blogi uchun jamoa­doshi Luis Suaresdan intervyu oldi. Quyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

- Bugungi suhbatimiz sening terma jamoadagi faoliya­ting haqida bo‘ladi. Intervyu olish uchun «Ayaks», «Liverpul»dagi faoliyatingni ham o‘rgandim. Lekin asosiy e’tiborimni terma jamoaga qaratdim.

Faktlardan biri shuki, milliy terma jamoadagi debyutingni 2007 yili Kanadada bo‘lib o‘tgan U-20 jahon chempionatidan oldin nishonlagan ekansan. O‘shanda fevral oyida Kolumbiya­ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgansan...

- Ha, shunday bo‘lgandi. Bu mening «Groningen»dagi birinchi yilim edi. Meni yoshlar o‘rtasidagi Janubiy Amerika chempionatiga qo‘yib yuborishmadi. Lekin «Groningen»da o‘zimni ko‘rsatganim uchun milliy terma jamoadan taklif oldim.

Kolumbiyaga qarshi kechgan bahsda 10-raqam bo‘shligi uchun menga berishdi. O‘shanda Sebast­yan  Abreu «Rozi bo‘lma, bu raqam omadsizlik keltiradi», degandi. Oxir-oqibat u haq bo‘ldi. Chunki debyutim...

- Qizil kartochka bilan yakunlandi. Lekin o‘shanda penaltini aniq amalga oshirganding.

- To‘g‘ri. Terma jamoadagi dastlabki uchrashuvimda Kolumbiyani 3:1 hisobida mag‘lub etganmiz. Aslida bundan yaxshi debyut bo‘lmaydi.

- Keyin yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga bording. O‘shanda sen bilan birinchi bor uchrashgandik. Urugvay va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan. Sen gollardan biriga mualliflik qilgansan.

-Janubiy Amerika kubogidan oldin murabbiyning milliy terma jamoaga chaqirishi yoki yoshlar (U-20) o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishimni aniq bilmasdim.

Yakunda meni yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga borishimni ma’qul deb hisoblashdi. 2007 yilning sentyabrida JCH-2010 saralash bahslari boshlandi. Shundan so‘ng meni terma jamoaga jalb qilishdi.

- JCH-2010 saralash bosqichi bahslarida o‘zingni ko‘rsata olding. Yakunda faoliyatingda birinchi bor mundialning final bosqichida ishtirok etding. O‘sha musobaqaning yorqin damlari esingdami?

- Har bir musobaqada bitta bo‘lsa ham hayron qoldiradigan jamoa bo‘ladi. JCH-2010da bunday jamoa Urugvay bo‘ldi. Ayniqsa, bu chorak finaldan o‘rin olgan Ganaga qarshi o‘yinda yuz bergandi.

O‘ylashimcha, hozir o‘sha bahsda to‘pni qaytarganim xususida so‘raysan. Tajriba haqida gapiradigan bo‘lsam, Urugvayning chorak finalga yo‘l olishi katta muvaffaqiyat edi, o‘shanda.

Ke­yinchalik yarim finalga ham yaxshi formada yetib bordik. Diyego Forlan ajoyib o‘ynagandi. Yarim finalda Gollandiya terma jamoasi omad tufayli 3:2 hisobida ustun kelgan.

- Ganaga qarshi o‘yindagi chetlatishdan so‘ng o‘zingni qanday his qilgansan? O‘shanda koridorda ganaliklarning penaltini aniq amalga oshira olmaganlarini ko‘rib, sakrab yuborganding.

- Odam g‘alati holatga tushib qoladi. Avvaliga chetlatilganingiz uchun qayg‘urasiz. Boshqa tarafdan jamoani inqirozdan olib chiqib ketgan bo‘lasiz. Ya’ni g‘alabaning asosiy sababchisi bo‘lganingizni his qilasiz.

Gana bilan bo‘lgan o‘yinda penaltilar seriyasida Abreu so‘nggi zarbani amalga oshirib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimizda, zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilarimizdan biri hushini yo‘qotgan.

- Jiddiy aytyapsanmi? Bilmas ekanman. Kim edi u?

- Xuan Kastilyo. Yarim final yo‘llanmasini nishonlayotganimizda o‘ziga kelgan.

- 2011 yili Amerika kubogida zafar quchgansizlar. Sen Argentinadagi turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgansan. Peruga qarshi yarim finalda ikkita golga ham mualliflik qilgansan.

Finalda Paragvay darvozasini ham ishg‘ol qilgansan. O‘shanda Urugvay 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

- Yana bir e’tiborli tomoni, Urugvay oxirgi marta Amerika kubogida 1987 yili zafar quchgan ekan. O‘shanda ham musobaqaga Argentina mezbonlik qilgan. 2011 yili chorak finalda aynan Argentinani yutib, kuchimizga kuch qo‘shilgan.

Finalgacha yetib borgan Paragvay, «pley-off»da­gi barcha uchrashuvlarda qo‘shimcha vaqtlar yoki penaltilar seriyasi evaziga g‘alaba qozongandi. Shunga bo‘lsa kerak, hal qiluvchi o‘yinda ular charchab qolishgan. Biz esa bundan unumli foydalanganmiz.

- Tez orada JCH-2018 bahslari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada qaysi terma jamoalarni favorit deb hisoblaysan?

- Favoritlar? Albatta, Urugvay.

- Biroz intriga qo‘shsak bo‘ladimi?

- Menimcha, favoritlar ko‘p. Birinchidan, Yevropa jamoalari - Germaniya, Ispaniya, Fransiya. Janubiy Amerikadan esa Argentina, Braziliya va Urugvay bor.

- Sen bilan tengqurmiz. Ikkimiz ham 1987 yili tug‘ilganmiz. Edinson Kavani ham sen bilan bir yilda tug‘ilgan. Ikkingizning munosabatlaringiz qanday?

- Albatta, biz bir avlod vakillarimiz. 2007 yildan buyon terma jamoada birga o‘ynaymiz. Balki u mendan bir-ikkita ko‘proq o‘yin o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.

E’tiborli tomoni, ikkimiz ham Salto shahrida tug‘ilganmiz. Bo‘lajak mundialda Edi bilan birga Urugvay xalqini xursand qilish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.

- Oxirgi savol. Joriy mavsumda «Barselona» biror-bir turnirda zafar quchadimi?

- Albatta.

- Ha. Leo ham shu haqda aytgandi. Endi yuz foiz ishonchim komil. Luis suhbat uchun senga rahmat.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:56, 29.03.2018. O'qildi: 2829 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик