Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Park Ji Sun: «Jahon chempionati hamma uchun imkoniyat»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Janubiy Koreya futbolining eng yorqin namoyandalaridan biri Park Ji Sun naq 3ta JCHda ishtirok etganiyu, 2002 yilgi mundial yarim finalida o‘ynagani bilan bemalol maqtanishi mumkin.

Umuman, sobiq yarim himoyachi «Manchester Yunayted»dek grand klub safida samarali faoliyat yuritgani ortidan Osiyoning tarixdagi eng sovrindor futbolchisiga aylangan. Tabiiyki, bu katta natija.

Park Ji Sun ayni payt yangi «amplua» (maqom)ga ega - FIFA afsonasi. U jahon chempionatining naqadar muhim turnir ekanligini juda yaxshi tushunadi, albatta.

Deylik, butun Janubiy Koreyaning chin faxri Yevropa klub futbolida ko‘pchilik havasini uyg‘otadigan natijalarga erishgan bo‘lsada, doimo faoliyatidagi eng quvonchli va unutilmas lahzalarni aynan Osiyoda tashkillashtirilgan JCH-2002da boshdan kechirganini ro‘y-rost aytadi.

Boshqacha aytganda, Janubiy Koreya va Yaponiya mezbonlik qilgan turnirdagi ishtirokidan chinakamiga g‘ururlanishini ta’kidlab keladi, yarim finalda o‘ynaganini esa futboldagi eng katta yutug‘i sifatida tilga oladi.

Mana, Park FIFA.com saytiga bergan oxirgi intervyusida ham shu mazmundagi gaplarni takrorladi: «Ochig‘i, o‘sha jahon chempionati men uchun naqadar muhimligini so‘z bilan ifodalab berolmayman. Bu futboldagi yo‘limning mazmunidir».

JCH-2002 ORTIDAN YEVROFUTBOLGA

Osiyoda o‘tkazilgan ilk jahon chempionati tarixdagi eng yaxshilaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Park Ji Sun o‘sha vaqt Janubiy Koreya milliy jamoasining shubhasiz yetakchisi sanalardi.

Misol uchun, u turnirning guruh bosqichida Portugaliya termasi darvozasiga gol urib, yurtdoshlarining tarixda ilk marta jahon futbol forumining «pley-off» bosqichiga yo‘l olishlariga mislsiz hissa qo‘shgan va jamoadoshlarini yarim final dovonigacha olg‘a boshlagandi.

Koreyslarga ustozlik qilgan gollandiyalik Gus Xiddink chidamli universal yarim himoyachining harakatlaridan shu qadar hayratlanadiki, atigi yarim yildan keyin uni PSVga chorlaydi.

«Xiddinkning o‘sha taklifi butun hayotimni o‘zgartirib yubordi», - deya xotirlagandi Ji Sunning o‘zi. Muhimi, 22 yoshidayoq yevrofutbolga yuzlangan iqtidor egasi o‘z imkoniyatini qo‘ldan chiqargani yo‘q. U PSV o‘yiniga muammosiz kirishib ketib, birdaniga eng sara klublar e’tiboriga tushdi. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emasdi.

Zero, Eyndxoven jamoasi Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan mavsum Park bosh rollardan birini ijro etgandi. Natijada uzoqni ko‘rishga usta ser Aleks Fergyuson hammadan ildamroq harakat qilib, osiyolik futbolchini «Manchester Yunayted» safiga qo‘shib oladi. Uni sokin Gollandiyadan shovqinli Angliyaga ko‘chib o‘tishiga shaxsan shotlandiyalik mutaxassisning o‘zi bosh-qosh bo‘lgandi.

Ya’ni ustamon murabbiy futbolchini ayni vaqtida ko‘ndirgan. Asosiysi, koreyalik yigit ser Aleksga ishonib, adashmadi - APL uning uchun haqiqiy parvoz sahnasiga aylandi. Faktlar asosida aytsak, Park «qizil iblislar» safida munosib o‘ynab, Angliyaning 4 karra chempioni bo‘ldi, tarixdan ulkan Osiyo vakillari orasida Yevropa Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etgan birinchi futbolchi sifatida joy oldi, qolaversa, Klublar o‘rtasidagi JCHda g‘alaba nashidasini surdi.Xullas, Osiyoning eng sovrindor futbolchisi maqomini oldi.

Park Ji Sunning terma jamoadagi faoliyatiga kelsak, u o‘sha zafarli JCH-2002dan keyin yana 2ta mundialda qatnashdi. Shunchaki, qatnashmadi, balki yorqin o‘yini bilan omma nazarini tortdi. To‘g‘ri, ehtiroslar nuqtai nazaridan aytsak, keyingi turnirlar uning debyut mundialidan orqada, baribir.

OLDINDA JCH-2018

- Janubiy Koreya milliy jamoasining JCH-2018dagi asosiy vazifasi nima? Yurtdoshlaringiz uchun guruh bosqichidan chiqish munosib natija sanaladimi yoki...?

- Menimcha, asosiy maqsad shu bo‘lsa kerak. Tan olish joiz, Osiyo jamoalari hozircha jahon futboli grandlari qatoridan joy olishga da’vo qilolmaydi.

Shunday ekan, hammasiga real qaraganimiz ma’-qul. Qit’adoshlarimiz, xususan, koreyaliklardan deylik, yarim finalga chiqishlarini kutish noo‘rin, chamamda. Demoqchimanki, avvaliga guruh raundi dovonidan o‘tishni ko‘zlash maqsadga muvofiq.

Misol uchun, JCH-2018 final bosqichiga qur’a tashlash jarayonida Osiyoning deyarli barcha terma jamoalari 4-savatchaga joylashtirildi. Bu nimadan dalolat? Xullas, Osiyo hozircha futbol mezonlari bo‘yicha sayoramizning eng kuchli hududlaridan biri emas.

- «Suonsi»dagi Ki Son Yon va «Tottenxem»da chakki o‘ynamayotgan Son Xyun Min haqida nima deya olasiz? Ularni J.Koreya termasining bugungi yetakchilari sifatida e’tirof etish mumkinmi?

- Ob’ektiv qaraganda, ha. Bu futbolchilarning jamoa uchun juda muhim ekanliklari o‘z-o‘zidan tayin. Xususan, Ki Son ham, Son Xyun ham jahon chempionatida o‘ynash tajribasiga ega va ular sayyoraning eng kuchli termalariga qarshi turish qanday bo‘lishini yaxshi bilishadi.

O‘ylaymanki, bu yigitlar Rossiyada jamoadoshlarini o‘z ortlaridan ergashtira olishadi. Xullas, boy tajribalarini sheriklariga o‘tkaza olishsa, bas.

- Aslida koreyalik ko‘plab futbolchilar endilikda xorij chempionatlarida to‘p surishmoqda. Legionerlar safi kengaygani terma jamoa foydasiga ishladimi?

- Albatta, buning ahamiyati katta. Ammo masalaning yana bir jihati bor - hozirda milliy jamoa jahon chempionatiga xuddi 2002 yilgi turnir arafasidagi kabi tayyorgarlik ko‘rolmaydi. O‘sha vaqt aksariyat futbolchilar mahalliy ligada o‘ynashardi va nomzodlarni terma jamoa bazasiga yig‘ish aytarli muammo tug‘dirmasdi.

Endi esa buning iloji yo‘q: murabbiylar legionerlarni chaqirishda FIFA reglamentiyu, taqvimini inobatga olishga majburlar. Demakki, hozirda mashg‘ulot yig‘inlari va o‘rtoqlik o‘yinlari soni cheklangan. Umuman, to‘laqonli tarkib bilan shug‘ullanish uchun vaqt yetarli emas.

To‘g‘ri, shaxsan men koreyalik yigitlarning xorijga talpinishlarini mudom yoqlab kelaman. Yurtdoshlarim ayniqsa, kuchli futbol muhiti shakllangan Yevropada o‘ynashlarini xohlayman. Axir eng sara futbolchilar bilan raqobatlashish - o‘sish garovi.

- Xo‘sh, qaysi jamoalarni JCH-2018 favoritlari qatoriga kiritasiz, kimda imkoniyat ko‘proq?

- Hozirgi holatda Braziliya termasining tezligi yuqori. Yana Germaniya termasi odatdagidek, juda yaxshi o‘ynamoqda. Aslida favoritlar masalasi murakkab, zero, bir necha jamoani g‘oliblikka yaqqol da’vogar sifatida aytish mumkin. Menimcha, bizni oldinda o‘ta qiziqarli mundial kutmoqda.

- Har doim turnir mezboniga alohida e’tibor qaratiladi. Shaxsan siz Rossiya termasidan nimalar kutyapsiz?

- Avvalo aytishim kerak, jahon chempionati - hamma uchun ulkan imkoniyat. Lekin eng kattasi aynan mezbonlarda. Bu mamlakatni butun dunyoga boshqacha ko‘z-ko‘z qilish imkoniyati sanaladi.

Shu ma’noda aytsam, rossiyaliklarning mezbonlik faktoridan nechog‘li foydalanishlarini kuzatish ham o‘ta qiziqarli. O‘zi har bir jahon chempionati alohida o‘rin tutishi aniq: yangi taassurotlar, o‘zgacha qarashlar, madaniyat, urf-odat...

Yevropa Chempionlar Ligasi finali tufayli Rossiyaga kelganimda, takrorlanmas muhitni ko‘rgandim. O‘shanda hammasi talab darajasida bo‘lgandi va bo‘lajak jahon birinchiligi ham yuqori saviyada o‘tishiga zarracha shubhalanmayman.

- Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘sha finalda «Manchester Yunayted» g‘alaba qozonib, ortga YECHL kubogi bilan qaytgandi. O‘yinga bog‘liq xotiralaringiz...

- Afsuski, ular unchalik yorqin emas, chunki hal qiluvchi bahsda maydonga tushmaganman (Fergyuson keyinchalik Park Ji Sunni o‘yin qaydnomasiga kiritmaganidan qattiq afsuslanganini ochiq tan olgandi).

To‘g‘ri, jamoam g‘alaba qozongan va bu hammamiz uchun katta bayram bo‘lgandi. Takror aytaman, stadion va undagi muhit hamon ko‘z o‘ngimda. Qiziq, shuncha yildan keyin u qanchalik o‘zgargankin? Bu ham mundial startini intizor kutayotganimga yana bir sabab.

- Ayni payt bo‘lajak jahon chempionatida yangi texnologiyalar qo‘llanilishi keng muhokama qilinmoqda. Futbolga texnologiya vositalarini aralashtirish masalasiga qanday munosabat bildirasiz? Bu tabiiylikka putur yetkazmaydimi?

- Texnologiya har bir sport turida bor va endi futbol ham chetda qolmasligi kerak. Xullas, qo‘shimcha vositalarni amalga tatbiq etilishiga qarshi emasman.

Muhimi, hammasi to‘g‘ri qo‘llanilsa, bas. Axir texnik aralashuv bilan adolatsizlik oldini olishning ziyoni yo‘q-ku. Umuman, yangi tajriba futbolga foyda keltirsa kerak.

- Yakunda «FIFA afsonalari» dasturi haqida ham ma’lumot bersangiz. Bu loyiha sizni aynan nimasi bilan qiziqtirib qo‘ydi?

- Sobiq futbolchilarning ushbu loyihada ishtirok etishlari juda muhim, menimcha. Zero, vaqtida mashhurlikka erishgan va ko‘pchilik uchun kumir maqomiga ko‘tarilgan o‘yinchilar muxlislarga ta’sir o‘tkaza olishadi.

Binobarin, futbol nafaqat o‘yin ishtirokchilari, balki uni yaxshi ko‘ruvchi hamma-hammaga ochiq bo‘lishi kerak.

Shaxsiy fikrimcha, sobiq futbolchilar FIFA tadbirlarida qatnashish asnosida qiziqish ko‘lamini oshirish barobarida muxlislar hamda amaldagi o‘yinchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:24, 02.04.2018. O'qildi: 2633 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик