Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Salohning Misr prezidentligi uchun saylovlarda millionta ovoz olgani rostmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

So‘nggi paytlarda “Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida bo‘ldi. Gap uning fantastik o‘yini va ajoyib gollari haqida ketmayapti. Gap shundaki, yaqinda Misr prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi va unda milliondan oshiq odamning aynan Muhammad Salohga ovoz bergani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Xo‘sh, bu rostmi? Misrliklar nega Salohga ovoz berishdi?

Hammasi qanday boshlandi?

Dushanda kuni Misrda prezidentlik saylovining natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, amaldagi prezident Abdel Fattax al-Sisi 97,1 foiz ovoz to‘pladi. Uning raqibi esa atigi 2,9 foiz ovoz egalladi. Qizig‘i, raqib nomzod ham, aslida, amaldagi prezidentni qo‘llab-quvvatlaydiganlardan edi.

Eng qiziq faktlar ana shu jarayonlardan keyin boshlandi. Internet nashrlarida milliondan ortiq mirsliklarning saylov byulletenlariga “Muhammad Saloh” ismini yozganliklari, ya’ni futbolchiga ovoz berganliklari haqida xabarlar chiqa boshladi. Aholi maktablar, kasalxonalar va boshqa joylarda bu haqda munozaralar o‘tkaza boshlashdi. Demakki, Saloh Misr prezidentligi uchun saylovda taxminan 5 foiz ovoz to‘plagan hisoblanadi. Ammo...

Aslida nima bo‘lgandi?

1. Saylov natijalari haqidagi rasmiy ma’lumotlarda 1,762 millionta byulleten yaroqsiz deb topilgani tufayli hisobga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi. Bu miqdor esa umumiy ovozlarning 7,27 foizini tashkil etadi, bu esa mag‘lub bo‘lgan nomzod to‘plagan ovozdan 2,5 barobar ko‘proq degani.

2. Buyuk Britaniyaning “The Economist” nashri yaroqsiz deb topilgan byulletenlarni o‘rganib chiqqanini va unda ko‘plab odamlar Muhammad Salohni qo‘llab-quvvatlaganini aniqlaganini ma’lum qildi. Biroq bu ma’lumotda hech qanday raqam va isbot keltirilmagandi. Bu ma’lumot esa virus kabi tarqalib ketdi: bir nechta Misr saytlari “The Economist” nashri millionlab odamlar Salohga ovoz bergani haqida xabar berdi, deya yoza boshlashdi. Asosiy shov-shuvlar ana shundan keyin avj oldi.

3. Byulletenlarning ko‘pi yaroqsiz deb topilishiga sabab shundaki, unda saylov qoidalari buzilgandi — rasmiy nomzodlarga ovoz berilmagandi. Internetda aynan shu byulletenlarning suratlari tarqalib ketdi. Minufiya viloyatidagi aksar byulletenlarda quyidagi jumlalar yozilgandi: “Muhammad Saloh — Misr qahramoni”, “Ha, biz Muhammad Salohni tanlaymiz”.

«Bu haqda hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q, ko‘plab odamlarning Muhammad Salohga ovoz bergani esa ermak uchun qilingan ishdir”, dedi bu haqda “beINSPORTS” nashri jurnalisti Amr Najib Faxmi. Lekin uning fikrini tezda inkor etishdi.

Nega aynan Muhammad Saloh?

Muhammad Salohga ovoz berganlardan biri dizayner Don Xamzavi bu ishni hech qanday ermak uchun emas, jiddiy niyatda amalga oshirganini ta’kidladi.

«O‘ylashimcha, men byulletenga birinchilardan bo‘lib Muhammad Salohning ismini yozdim. Bu ishni ovoz berishning birinchi kuni ertalab amalga oshirdim va mening byulletenimning surati virus kabi tarqalib ketdi (saylov uchun kun bo‘lib o‘tgan). Mening feysbukda katta-katta sahifalarim bor, ommaviy axborot vositalarida tanishlarim ko‘p edi. Men aniq bilardimki, bu surat tarqalgach, juda ko‘pchilik Muhammad Salohga ovoz beradi. Hisob-kitoblarimga ko‘ra, uch kunlik saylovlardan keyin Saloh kamida 500 mingta ovoz to‘plashi kerak edi.

Salohga ovoz berganimizning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu saylovda amaldagi prezident va uni qo‘llab-quvvatlovchi raqibi ishtirok etdi. Amalda chinakam raqobat yo‘q. Bunday nomzodlarga ovoz berishni esa ko‘pchilik istamadi. Ikkinchidan, biz Salohni yaxshi ko‘ramiz, u bizning asosiy umidimiz, ishonchimiz. Biz ishonamizki, Saloh Misr xalqiga eng shirin orzularni tuhfa eta oladi. U qashshoq oiladan chiqqan, kichik bir klubda o‘ynagan, oddiy misrliklar kabi hayot kechirgan. Ammo shunda ham birovdan yordamini ayamagan. U bizga qanday yashash kerakligini o‘rtatdi.

Saloh kambag‘al odamlarga yordam berdi. U taxminan 500 ta qashshoq oilanining to‘yini o‘tkazishga mablag‘ ajratdi. Gollaridan keyin pullarini kam ta’minlangan oilalarga yordam berish uchun sarfladi, kasalxonalarga pullar o‘tkazib berdi. Axir bu chinakam qahramonlik. Hamma xuddi Muhammad Saloh kabi bo‘lishni istamoqda», — dedi Xamzavi.

Ta’kidlash kerakki, Muhammad Saloh siyosatga aralashmaydi. U oxirgi marta 2017 yilning yanvarida prezident al-Sisi bilan uchrashdi va Misrning yangi hukumati tashkil etgan xayriya fondiga 269 ming dollar o‘tkazib berdi.

«Ha, u pul o‘tkazib berdi, ammo siyosatga aralashgani yo‘q”, deya bu faktni tasdiqladi jurnalist Amr Najib Faxmi.

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:48, 06.04.2018. O'qildi: 5989 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик