Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Toni Kross: «Real» qilgan ishni termamiz ham takrorlashiga ishonaman»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos AS nashriga intervyu berdi.

Germaniya terma jamoasining Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan suhbat chog‘ida germaniyalik futbolchi ko‘p narsalar haqida gapirib o‘tdi.

- «Real»ning stabil o‘yin namoyish qila olmayotgani haqida bong urayotganlarga javobingiz qanday? Jamoaning joriy mavsumda La Ligadagi muammolari nimadan iborat?

- Birinchidan, biz unchalik ham yomon o‘ynamayapmiz. Klubimizning olti nafar futbolchisi Ispaniya terma jamoasi ixtiyoridaligi ham bunga yaqqol isbot bo‘la oladi. Buning ustiga, Lopetegi «Real»ning sobiq o‘yinchilarini ham terma jamoaga jalb qildi.

Bu bilan jamoa­ning jangovar ruhiyati haqida gapirmoqchi emasman. Shunchaki, tarkibimizda har bir chiziqda jahon darajasidagi futbolchilar bor. «Re­al»­ning darajasi o‘ta yuqori. Aynan shu tufayli ham olti nafar futbolchimiz Ispaniya termasiga chaqirilgan.

To‘g‘ri, «Qizil furiya» safida «Barselona», «Atletiko» va boshqa klub vakillari ham bor. Ammo jamoaning o‘zagi aynan «Qirollik klubi» futbolchilaridir. So‘nggi yillarda yirik turnirlarning finallarida o‘ynadik va g‘alaba qozondik. Bundan tashqari, futbolchilarimizning saviyasiga ham e’tibor qaratish lozim.

- Jamoadoshlaringizga qarshi o‘ynasangiz, xavotirga tushasizmi?

- Germaniya safida ham yuqori saviyadagi futbolchilar jamlanishgan. Biz amaldagi jahon chempionlarimiz. «Real»dagi faoliyatim davomida nafaqat sovrinlarni yutish, balki ularni himoya qilishni ham o‘rgandim.

Bu o‘yin jahon chempionati oldidan ajoyib sinov bo‘ladi. Klubdagi jamoadoshlarimga omad tilayman. Chunki mundialda yarim finalga qadar to‘g‘ri kelmaymiz.

Agar yarim finalda to‘qnashsak, ajoyib bo‘lardi. Lekin podadan oldin chang chiqarish yaramaydi. Negaki jahon chempionatida raqobat kuchli bo‘ladi.

- Bundesliga va La Liganing ko‘plab futbolchilari o‘ynashadi. Bundan nimalarni kutsak bo‘ladi?

- Ajoyib futbol o‘yinini. Germaniya chempionati saviyasi qandayligini yaxshi bilaman. U juda yuqori. Va, albatta, Ispaniya primerasi borasida yaxshi tushunchaga egaman. Balki ispaniyalik futbolchilar qanday raqibga qarshi maydonga tushayotganlarini yaxshi bilishmasligi mumkin.

Chunki ular Bundesliga o‘yinlarini menchalik ko‘p ko‘rishmaydi. Shuningdek, Germaniya terma jamoasi ajoyib futbolchilardan tashqari kuchli jamoaviy ruhga ham ega. Aynan shu jihat tufayli so‘nggi yillarda FIFA reytingida yetakchilik qilmoqdamiz.

- Sizningcha, Ispaniya terma jamoasidan nima kutsa bo‘ladi?

- Ispaniya 2008-2012 yillarda jahon futbolida yetakchilik qildi. O‘shanda «Barsa»ning mashhur «tiki-taki» o‘yin uslubini o‘zlashtirgandi. Lekin ayni paytda Ispaniya boshqacha o‘ynamoqda. Terma jamoada avlodlar almashuvi ro‘y bermoqda.

Umuman olganda, Ispaniya termasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida Germaniya, Braziliya va boshqa jamoalar kabi favoritlardan biridir.

- Rossiya maydonlarida Germaniya chempionlik maqomini saqlab qola oladimi?

- Bu borada tajribaga egaman. Chunki «Real» bilan YECHL bahslarida bu ishni uddaladik. Futboldagi eng qiyin narsalardan biri saviyani ushlab turish.

Agar tarkibda ajoyib futbolchilar jamlangan bo‘lsa, buni uddalash mumkin. Menimcha, Germaniya ham «Real» singari maqomini saqlab qolishga qodir.

- Terma jamoa safida jarohat tufayli Manuel Noyer o‘ynamaydi. Uning o‘rnini «Barselona» darvozaboni Ter Shtegen egallaydi. U haqda qanday fikrdasiz?

- Menga Ter Shtegen yoqadi. Balki juda qattiq yoqar (kuladi)... Mark jahonning eng yaxshi darvozabonlaridan biridir. Shubhasiz, «Barselona» uchun ideal posbon.

Ter Shtegenning ustunlik tarafi - xatolarga juda kam yo‘l qo‘yadi. Buning ustiga, u himoyada yaxshi harakat qiladi. Barcha posbonlar ham buni uddalay olishmaydi.

- Ispaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng sizlarni Braziliya bilan uchrashuv kutib turibdi. Ammo braziliyaliklar safida Neymar o‘ynamaydi. Bu yaxshi belgimi?

- Men Neymarning o‘ynashini istagan bo‘lardim. Uning tezroq sog‘a­yib ketishini xohlayman. Neymar jahonning eng kuchli futbolchilaridan biridir. Menga aynan kuchli raqibga qarshi o‘ynash yoqadi.

- Marselo va Kazemiroga raqiblik qilasiz...

- Bu yaxshi. Chunki, ular o‘z chiziqlaridagi eng kuchli futbolchilardan hisoblanishadi. Kazemironing qanchalik kerakli futbolchi ekanini «Real»da his qilish mumkin. Marselo haqida nima deyishim mumkin?

U sayyoramizdagni eng kuchli chap qanot himoyachisi. Braziliya shubhasiz, jahon chempionati favoritlaridan biridir.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:34, 06.04.2018. O'qildi: 4946 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик