Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Paxtakor» yana mag‘lub, g‘olibga yana jarima

Baho:
+2 | -1
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Paxtakor»ning mag‘lubiyati va chempionatdagi bir necha yuz million so‘mlik jarima — 2017 yilning sentyabridan beri bu ikki voqelik yonma-yon yurishiga o‘rganib qoldik. O‘zbekiston Futbol Federasiyasi (hozirgi Assosiasiya) rahbariyati o‘zgarganidan beri («Paxtakor»ga juda yaqin odamlar uning tepasiga kelganidan beri, deb o‘qing) «Paxtakor»dan ochko tortib olgan deyarli har bir klub u yoki bu darajada jabrlandi. Yo biror futbolchisi chetlatiladi, yo jamoaga jarima solinadi. Jarimalar miqdori esa oydan oyga oshib bormoqda.

Superliga 2-turidagi «Bunyodkor» bilan bo‘lgan o‘yin hisobmas — «Bunyodkor» bu o‘yingacha yarim milliard so‘mlik jarimaga tortilib bo‘lgan edi — bir oy ichida «Bunyodkor»dek klubga ketma-ket ikkinchi marta bir necha yuz million so‘mlik jarima solinishi eng-eng tepadagilarni ham O‘FA rahbarlari o‘z o‘rniga haqiqatan ham loyiqmi-yo‘qmi, deb ikkilantirib qo‘ygan bo‘lardi, xoynahoy.

Shunday qilib, «Nasaf» — «Paxtakor» o‘yinini eslang. Toshkent klubi uni grand klubga aylantirish uchun olib kelingan gruziyalik jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan birga nima qilib tashlandi, hamma ko‘rdi (buni «Paxtakor» rahbarlari ham ko‘rganiga transfer bozorida guvoh bo‘ldik — qishda «Nasaf»ning bir necha futbolchisi «sher»ga aylandi). Keyin «Nasaf»ga 100 million so‘m jarima solindi — jamoa muxlislari Lobanovni haqorat qilgani uchun (to‘g‘ri, «Paxtakor»ga ham 50 million so‘m jarima solindi — Lobanov «Nasaf» muxlislarini haqorat qilgani uchun).

Endi, kechagi voqea. Aybsiz aybdor — «Buxoro». Aybdor bo‘lgani uchun jazolangan ham — «Buxoro». «Buxoro»ning eng asosiysi aybi — menimcha — «Paxtakor»ni mag‘lub etgani. Jazo esa, PFL saytining yozishicha, «Buxoro» muxlislari uchrashuvning «20, 26 va 55-daqiqalarda hakamni, 40- hamda 56-daqiqalarda esa raqib jamoani haqoratlashdan tiyilmagani» uchun. Jazo jarima ko‘rinishida — «atigi» 300 million so‘m (uning miqdori 500 million so‘m bo‘lishi ham mumkin edi).

«Buxoro» muxlislari
Bilasizmi, bu yilgi chempionatning eng asosiysi yangiligi nima? Barcha, deyarli barcha uchrashuvlar televideniye orqali ko‘rsatilyapti, o‘yinlarning videosini internetda ham qayta-qayta ko‘rish mumkin. «Buxoro» muxlislari kechagi o‘yinda hakam va «Paxtakor» futbolchilarini haqorat qilganini rad etmoqchi emasman, ularni oqlash niyatim ham yo‘q. Faqat, shunday haqoratlar avvalgi turlarda boshqa stadionlarda ham yangraganini, lekin bu haqoratlardan so‘ng PFLning vallomatlari «klub muxlislari bilan ham ishlasin, ularni tartibga chaqirsin» deb aql o‘rgatib chiqmagani, 300 million so‘mlik jarimalari yozilmaganini eslatmoqchiman, xolos.

O‘FA, PFLda do‘stlarimiz, yaxshi tanishlarimiz ko‘p. Ulardan kimdir mana shunaqa mantiqsiz jarima qarorlarini o‘ylab topayotgan odamlarga tushuntirishi kerak, menimcha. Ko‘rgan bo‘lsangiz, O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi ham aytyapti: «Yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarni bir kunda, bir haftada, bir oyda hal qilib bo‘lmaydi», — deb. Futbol muxlislarimiz yillar davomida hakamlar va futbolchilarni so‘kib kelgan, 300 million so‘mlik jarimalar bilan bir kunda tarbiyalab bo‘lmaydi. Umuman, ularni stadionda tarbiyalashga urinishning o‘zi mantiqsiz (ularni, iloji bo‘lsa, hech bo‘lmasa bog‘chadan boshlab tarbiyalash kerak edi). Bu, birinchidan.

Ikkinchidan, hech bo‘lmasa ma’lum muddat bunday jarimalarni «Paxtakor»dan uzoqroqda, «Paxtakor» aralashmagan o‘yinlar atrofida, «Paxtakor»ni tilga olmay qo‘llagan ma’qul. Uchinchidan, «qaror qat’iy, muhokamaga o‘rin yo‘q» desangiz, jarima solmasang bo‘lmaydi deb qo‘yishmayotgan bo‘lsa, unda, yaxshisi, shunaqa jarima qarorlarda hech-yo‘g‘i tadrijiylik bo‘lsin — so‘kong‘ich muxlisli klublarni faqat «Paxtakor» ochko boy bergan o‘yinlardan keyin emas, har doim, har turda jazolang. Kuchingiz yetsa, turib berolsangiz, chiday olsangiz, albatta.

Muhrim A’zamxo‘jayev

Kiritildi: 15:40, 07.04.2018. O'qildi: 6282 marta. Fikrlar: 27 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик