Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu yoqtirmas referi yoxud YECHL finalini boshqaradigan hakam haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

26 may kuni Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida bo‘ladigan Yevropa Chempionlar Ligasi-2017|2018 finalini serbiyalik FIFA referisi Milorad Majich boshqarib boradi.

U Serbiya sportiga ta’siri eng kuchli shaxslardan biridir. Misol uchun, Majich mamlakatning bosh sport mediasi tomonidan tuzilgan yangi reytingda 15-o‘rinni egalladi.

Referining ushbu ro‘yxatda UYEFA rahbari birinchi maslahatchisi Deyan Stankovich, serbiyalik eng mashhur agent Fali Ramadani va Milosh Teodosich hamda Nemanya Matich kabi yulduzlardan oldinda ekanligi ko‘p narsadan dalolat.

Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Deylik, portugaliyalik muxlislar Miloradni boshqacha «ta’riflashadi»: «U JCH-2014da ishlagan hakamlar orasida eng noshudi...». Bo‘lajak finalda bosh rollardan birini bajaruvchi Majich xususan, «Real» yetakchisi Krishtianu Ronaldu nafratiga ham uchragan... Nega? Sports.ru caytining maqolasi shu haqda.

Milorad Majich tufayli serb futbolining abadiy derbisi - «Srvena Zvezda» va «Partizan» o‘rtasidagi o‘yinni ham hech xijolat tortmay, boshqa kunga ko‘chirishlari mumkin. Har holda, shu yilning aprel oyida hakam Yevropa miqyosidagi ishlar bilan bandligi bois, chempionatning markaziy uchrashuvi vaqtini surishdi.

«Derbini bo‘lar-bo‘lmasga qoldiraverish mantiqqa mutlaqo zid. Axir Serbiyada boshqa hakamlar ham bor-ku, - deya hayratini yashirmagandi «Partizan» bosh murabbiyi Miroslav Jukich. - Qarang, «Barselona» ba’zida hattoki, Lionel Messisiz o‘ynamoqda, nega endi biz birgina Majichga qarab turishimiz kerak...?»

Milorad Majich Serbiya ligasining bosh derbisida jami 14 marta ishlagan. Bu mutlaq rekorddir. Tarixda hech qaysi hakamga asosiy o‘yinni shunchalik ko‘p ishonib topshirishmagan.

«Odatda OAVda beriladigan maqolalarni tahlil qilmayman, klublarning ishlariga ham alohida e’tibor qaratmayman, - degandi Majich mahalliy Blic nashriga bergan intervsida. - Kim bosimga dosh berolmasa, u maqtovga arziydigan natijalarga erisholmaydi. Buni hamma yaxshi biladi. Derbi esa bosimni yengib o‘tish salohiyatini sinovdan o‘tkazish sahnasi hisoblanadi».

Milorad Majichning Serbiyadan tashqaridagi obro‘si uncha baland emas. JCH-2014 serb hakami uchun ilk yirik turnir bo‘ldi, biroq u mundialdan keyin katta e’tirozlar domiga tushdi. Xususan, Redcardtheref.com sayti uni Braziliya mundialining eng noshud hakami sifatida «e’tirof» etdi.

Saytning maxsus so‘rovida 80 ming muxlis ishtirok etgandi. Majich guruh bosqichi doirasidagi o‘yinda portugaliyaliklar g‘azabini maksimal darajaga ko‘tardi. Aniqrog‘i, Germaniya - Portugaliya bahsidagi bir qator qarorlari shubhali chiqdi.

U avvaliga portugallar jarima maydonida Mario Gyotseni yengil turtishganini penalti sifatida baholadi, keyin Tomas Myuller bilan janjallashgan Pepeni maydondan chetlatdi. Shu tariqa Portugaliya termasi mutlaqo ojiz qoldi.

G‘azab otiga mingan Krishtianu Ronaldu esa o‘yin-ning butun ikkinchi bo‘limida serbiyalik hakamni maydon bo‘ylab «quvish»dan charchamadi. Ayniqsa, Eder raqib jarima maydonida yiqilganidan keyin Majich penalti belgilashga jazm etmagach, jamoa yetakchisi ochiq-oydin do‘q-po‘pisa urdi.

Agar Milorad bu vaziyatga e’tiborsiz qaramaganida, portugaliyaliklar o‘yinni 9 kishi bo‘lib tugatishga majbur bo‘lishardi. Uchrashuvdan so‘ng Portugaliya futbol federasiyasi ham hakamlik yuzasidan rasmiy e’tiroz bildirdi.

«Hakam 2ta vaziyatda hafsalamizni pir qildi - penalti belgilagan va futbolchimizga qizil kartochka bergan holatlarni nazarda tutyapman, - dedi Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Paulu Bentu. - Ha, o‘zimiz ham xatolarga yo‘l qo‘ydik, ammo ko‘p narsani birinchi bo‘limda yuz bergan voqealar hal qildi.

U Pepeni chetlashtirishda, futbolchining avvalgi xatti-harakatlariga asoslandimi? Buni bilmadim. Lekin muayyan  o‘yinda futbolchiga oldingi ishlari ta’sirida baho berish yaramaydi». 

Milorad Majichning Eron va Argentina terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yindagi hakamligiga ham e’tirozlar yangradi. Aniqrog‘i, forslar uchrashuvdan so‘ng referi ustidan FIFAga rasman shikoyat yozishdi.

Eron termasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush esa Majich uning jamoasini toza penaltidan mahrum qilganini kuyunib gapirdi. Portugaliyalik mutaxassis yakunda faylasuflarga xos jiddiy savollarni o‘rtaga tashladi: «Milorad bu oqshom qanday uxlaydi? Umuman, butun umri davomida vijdoni azoblanmasmikan?»

Milorad Majichga nisbatan ke-yingi e’tiroz CHLdan o‘rin olgan «Atletiko» -  «Real» uchrashuvidan so‘ng yangradi. «Hurmatni saqlagan holda aytaman, serbiyalik referini bunday o‘yinlarga tayinlamaslik kerak ekan. Hakamlik ishi juda yomon bo‘ldi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:47, 19.05.2018. O'qildi: 21332 marta. Fikrlar: 20 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик