Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10123 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3132 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

San’at Shixov. Hujumchidan himoya chizig‘iga qadar bosib o‘tilgan yo‘l

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Xabaringiz bor, shu yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Ana shu safar oldidan biz terma jamoadan birinchi marta chaqiruv olgan "Buxoro" klubi a’zosi San’at Shixov bilan suhbatlashdik.

– Siz O‘zbekiston yoshlar hamda olimpiya terma jamoalarida bir qator turnirlarda, jumladan, Misr davlatida bo‘lib o‘tgan Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgansiz. Milliy terma jamoa safiga esa birinchi marta jalb qilinmoqdasiz. Milliy terma jamoadan chaqiruv olganingizda nimalarni his qildingiz?
– “Qo‘qon 1912” – “Buxoro” o‘yinidan qaytayotganimizda murabbiyim Ulug‘bek Baqoyev meni terma jamoaga chaqirishayotganini aytganda to‘g‘risi ishonmadim, murabbiyimiz hazillashyapti, deb o‘yladim. Keyin bu hazil emas, rost ekanini bilganimda, judayam hayajonlandim, bu voqea men uchun kutilmagan xabar bo‘ldi. O‘sha paytda qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirganimni so‘z bilan ta’riflash qiyin. Murabbiylarimiz menga shunchalik ishonch bildirib milliy terma jamoaga chaqirishgan ekan, bor kuch-g‘ayratimni sarflab ushbu ishonchni oqlashga harakat qilaman.

– “Buxoro” klubi Superligada bu yil ancha samarali o‘yin ko‘rsatmoqda va albatta bunda sizning ham hissangiz bor. Biz bilamizki Siz avvallari hujum chizig‘ida o‘ynar edingiz, hozir esa klubingizda himoyachi ampluasida to‘p surmoqdasiz. Hujum chizig‘idan himoya chizig‘iga o‘tishingizga nima sabab bo‘ldi?
– O‘tgan yilgi mavsumda murabbiyim Ulug‘bek Baqoyev meni chap qanot himoyasida sinab ko‘rmoqchiligini aytib mening bunga munosabatimni so‘radi. Men murabbiyning har bir qarorini hurmat qilishimni hamda qaysi chiziqda jamoaga ko‘proq foydam tegsa, o‘sha chiziqda to‘p surishga rozi ekanligimni ma’lum qildim. Shundan so‘ng “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘yinda himoyadagi debyutimni o‘tkazdim. Murabbiylarga o‘yinim ma’qul kelgani sabab shu kunga qadar ushbu chiziqda to‘p surmoqdaman.

– Himoyadagi o‘yinlarda o‘zingizni qanday his qilyapsiz? Sizga noqulaylik tug‘dirmayaptimi?
– To‘g‘risini aytsam murabbiyimizning ushbu tajribasi o‘zimga ham ma’qul keldi. Hech qanday qiyinchiliklar va muammolarsiz himoya chizig‘ida to‘p suryapman. Hozirgi zamonaviy futbol juda ham tezlashib ketgani sabab himoyachi bo‘lsamda, hujumlarga o‘tish uchun imkoniyat har bir o‘yinda vujudga kelmoqda. Shu sabab faqat himoyada emas, hujumlarda ham ishtirok etyapman va bu “Buxoro” klubining hujumkor o‘yin ko‘rsatishiga ozgina bo‘lsada yordam beryapti, deb o‘ylayman.

– Ma’lumki, O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga yangi rahbariyat kelganidan keyin jahon darajasidagi bir qator terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etilmoqda. Iyun oyida terma jamoamiz Urugvay terma jamoasiga qarshi to‘p suradi. Bunday kuchli raqiblarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari futbolchilar uchun qanchalik muhim deb o‘ylaysiz?
– Avvallari milliy terma jamoamiz har doim Tailand, Iordaniya kabi jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushar edi. Kuchli jamoalarga qarshi hech qanday tajribaga ega emasligimiz xalqaro musobaqalarda pand berib qo‘yardi. Futbol assosiasiyasiga yangi rahbariyat kelgach, bir qator saviyasi kuchli terma jamoalar bilan o‘yinlar tashkil qilinyapti. Biz futbolchilardan bu o‘yinlarda natija talab qilinmasdan, xalqaro tajribamizni oshirishga urg‘u berilmoqda. Rahbariyatning ushbu tanlagan yo‘lini barcha futbolchilar to‘g‘ri deb hisoblaydi va bu tez kunlarda albatta o‘zining ijobiy natijasini berishi aniq.

– Milliy terma jamoaning chap qanot himoyasi eng raqobatli chiziqlardan biri hisoblanadi. Vitaliy Denisov kabi tajribali futbolchilar bilan raqobatlashishga o‘zingizni qay darajada tayyor deb hisoblaysiz?
– Avvalambor aytib o‘tishim kerakki, milliy terma jamoa bu Vatanimizning bosh jamoasi. Birinchi o‘rinda milliy terma jamoaga chaqirilganimda faxr tuyg‘usini his qildim. Men hech qachon sog‘lom raqobatdan cho‘chimaganman. Shu sabab ushbu chiziqda kim munosib bo‘lsa, o‘sha maydonga tushishini hamda Vatani uchun borini va jonini berib o‘yin ko‘rsatishini istayman. Ortingizda Vataningiz, ota-onangiz hamda butun boshli xalqning sha’ni turgan ekan, bor ishtiyoq bilan mehnat qilib to‘p surmaslik noto‘g‘ri ish bo‘ladi mening nazdimda.

– Sizga yaxshi ma’lumki, Milliy terma jamoamiz 2019 yili Birlashgan arab amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston o‘rin olgan guruh haqida sizning fikringiz muxlislarimizni qiziqtirishi tabiiy.
– Guruhimizda Yaponiya, Ummon va Turkmaniston jamoalari O‘zbekistonga qarshilik qilishidan muxlislarimizning xabarlari bor albatta. O‘zbekiston terma jamoasi bu raqiblar bilan tengma-teng o‘ynay oladi. Biz oldimizga guruhdan chiqishni emas, guruh uchrashuvlaridan keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishni asosiy maqsad qilib qo‘yganmiz.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasining vise-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonlaridan futbolchilarimizga berilayotgan yuksak e’tibor, tayyorgarlik uchun yaratilayotgan yuqori darajadagi imkoniyatlardan keyin terma jamoamiz oldiga minimum finalga chiqish vazifasi qo‘yilishini mantiqan to‘g‘ri deb hisoblayman.

Finaldan past natija o‘zbekistonlik futbol muxlislarini ham murabbiy va rahbarlarimizni ham qoniqtirmasligi aniq. Barcha-barcha jamoamizning g‘alabali o‘yinlarini sog‘ingan va biz Osiyo kubogida buning uddasidan chiqishimizga ishonaman.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:12, 29.05.2018. O'qildi: 3419 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.