Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bor e’tiborimiz yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketishga qaratilgan»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Nasaf
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalining “AGMK” – “Nasaf” (2:1) uchrashuvi nihoyasiga yetgach. Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ro‘ziqul Beridev – Bugun “AGMK” jamoasi bizga nisbatan yaxshiroq o‘ynadi. Standart vaziyatlardan unumli foydalandi. Ikkinchi goldan keyin o‘yin taqdiri hal bo‘lgan edi. Albatta oxirigacha kurash olib bordik, ammo hisobni o‘zimizning foydamizga o‘zgartira olmadik. Bu g‘alaba bilan “AGMK” jamoasini tabriklayman.

Keyingi o‘yinlarda jamoamizdan ochiqchasiga omad ham yuz ugirmoqda. Yaxshi o‘yin namoyish etayapmiz, lekin gol urishda oqsayapmiz. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda futbolchilarimizda sovuqqonlik yetishmayapti.

Hamrobekovni zaxiradan tushirayotganimizga sabab, u keyingi vaqtlarda oxirgi imkoni bilan o‘ynayapti. Bobir Abduxoliqov esa biz kutgan o‘yinni namoyish eta olmayapti. Jahongir Aliyev o‘tgan “Buxoro” bilan bo‘lgan o‘yinda yaxshi harakat qildi. Shuning uchun bugun uni o‘yin boshidan maydonga tushirdik.

Keyingi paytlarda jamoamiz haqida haddan oshiq gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Tarqatilgan xabarlar orqali o‘yinchilarimizni u yoqdan bu yoqqa o‘zlaricha transfer qilishayapti. Biz bunga e’tibor qaratganimiz yo‘q. Bular hech qanday asosga ega emas. Murabbiy sifatida hozirgi bor e’tiborim vaziyatdan chiqishga qaratilgan. Bu haqda ko‘p bosh qotirayapmiz. Shaxsan men haqimdagi gap ham hech qanday asosga ega emas. Yana takror aytaman, biz hozir bor e’tiborimizni yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketishga qaratganmiz. Bizni klub bilan amaldagi shartnomamiz bor, shunday ekan og‘ir vaziyatdan chiqib ketishga ma’sulmiz. O‘zimning ham bor fikru-xayolim hozir “Nasaf” bilan, bunaqa mish-mishlarga e’tibor berayotganim yo‘q. Hozir o‘zimizga kerakli o‘yinchilarni olib qolishimiz kerak. To‘g‘ri, kimdir jamoamizni tark etishi mumkin. Bu faqat klub mablag‘ini tejash uchun amalga oshirilishi mumkin. Ammo biz o‘zimizga kerakli o‘yinchilarni olib qolamiz. Internet nashrlarida chiqayotgan xabarlar asossiz.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 06:58, 31.05.2018. O'qildi: 4519 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик