Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Nottingem Forest
  • La-liga
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • 2:1
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 8 18
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 9 14
6 Nasaf 8 12
7 Xorazm 8 12
8 Lokomotiv 8 11
9 OKMK 8 11
10 Surxon 9 11
11 Qizilqum 8 9
12 Qo‘qon-1912 8 8
13 Andijon 8 7
14 Dinamo 8 7
15 So‘g‘diyona 8 5
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro 0-1 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

23/04/26 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04/26 Nasaf - Lokomotiv
23/04/26 Dinamo - OKMK
24/04/26 Xorazm - Neftchi
24/04/26 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04/26 Bunyodkor - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov: “Urugvay kabi jamoalarga karshi uchrashuvlar katta maktabdir”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Urugvay va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Qayd etish kerak, uchrashuv davom etayotgan vaqtda Ahmadjonov Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib turgandi.

“O‘yinni miriqib tomosha qildim. Urugvaydek top jamoaga qarshi yosh futbolchilarimizning qanday harakat qilishini kuzatish hammamiz uchun qiziq edi. Qolaversa, bunday kuchli jamoalar bilan har doim ham o‘ynayvermaymiz, bu tarixiy o‘yin edi. Zero yurtimiz mustaqillikka erishib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro maydonda o‘ynay boshlaganidan buyon hali ushbu darajadagi terma jamoalar bilan na o‘rtoqlik va na rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan edik”, — deb gap boshladi Ahmadjonov.

“Natija biz uchun ko‘ngilsiz emas. Chunki Urugvay variantida to‘xtalayotganimizda ham natija haqida o‘ylamaganmiz. Bizga xalqaro tajriba va kuchli maktab kerak. Urugvay bu borada juda yaxshi tanlov edi. O‘ylashimcha, birinchi bo‘limda futbolchilarimiz kutilganidan-da yaxshiroq futbol namoyish eta olishdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa deyarli barcha jabhalarda imkoniyatni boy berib qo‘ydik”.

Urugvay termasi birinchi bo‘limdagi qarshi hujumni muvaffaqiyatli yakunlay olgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgandi.

“Agar mana shunday raqiblar bilan tinimsiz kurash olib borish imkoniyati bo‘lsa, yigitlarda ham ko‘nikma shakllanadi. Bora-bora ishonch ortishi, maydondagi teng kurashlar daqiqasi bosqichma-bosqich ko‘payib borishi mumkin. Garchi Jahon Chempionatiga chiqa olmagan bo‘lsak-da, Senegal, Marokash, Urugvay kabilar bilan o‘ynab, potensialimiz borasidagi tasavvurlarimizni bir qadar boyitdik. O‘FA shu yo‘lida davom etadi va o‘rtoqlik o‘yinlarini muntazam tashkil qilish uchun harakat qiladi”.

Urugvay — O‘zbekiston o‘yinini “Sport” telekanalidan tashqari, Rossiya kanallari ham efirga jonli uzatdi. Chunki Urugvay JCH—2018 da Rossiya bilan bir guruhdan joy olgan.

“Shunchaki rossiyalik sharhlovchilarning o‘zimiz haqimizdagi fikrlarini bilish uchun o‘yinni Rossiya kanalidan kuzatib bordim. Ularning yosh futbolchilarimizga, Osiyo Chempionatidagi natijamizga bo‘lgan ijobiy fikrlari xursand qildi. Kimdir aytishi mumkin, o‘sha Osiyo Chempionati kerak emas-ku, deya. Yo‘q, men bunga qo‘shilmayman. O‘shanday musobaqalar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirib olish uchun, futbolchilarimiz ko‘ziga o‘tni qaytarish uchun ham kerak. Haqiqiy musobaqalar hali oldinda ekanini biz ham bilib turibmiz va shuning uchun ham tayyorgarlikni o‘sha Xitoydagi musobaqadan boshlagandik”.

Oldinda O‘zbekiston termasini Osiyo O‘yinlari, kelasi yilning yanvarida esa Osiyo Kubogi kutib turibdi.

“Biz top termalarga qarshi o‘yinlarni legionerlarsiz o‘tkazganimizni unutmasligimiz kerak. Kuzdan boshlab har oyda FIFA kunlari bor. Bu tarkibga Ahmedov, Shomurodov, Hamdamov, Shukurov, Denisov kabilar qo‘shilsa, biz yanada kuchayishimizni tasavvur qilib ko‘ring. Shunday jamoa tuzishimiz kerakki, Osiyo Kubogida Yaponiyaga ham, keyinroq boshqa jamoalarga ham bemalol tik boqa olaylik”.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:34, 08.06.2018. O'qildi: 3749 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 6
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
3 Сурхон Chinedu Stefan 5
4 Нефтчи Stipe Perisa 4
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик