Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futzal: Birinchi davra yakuniga yetdi – AGMK yetib bo‘lmas peshqadam

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futzal chempionati
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining 11-tur o‘yinlari bilan birinchi davra yakuniga yetdi – Olmaliqning AGMK jamoasi yaqin ta’qibchisini to‘qqiz ochkoga ortda qoldirmoqda, autsayder “Qizilqum”da esa bor-yo‘g‘i bir ochko bor, xolos.

Chempionatning birinchi davrasi qiziqarli uchrashuvlarga, kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi. Futzal bo‘yicha mamlakat terma jamoasining deyarli sobiq a’zolari jam bo‘lgan Olmaliqning AGMK jamoasi birinchi davrada  “Paxtakor” va “Neftchi”ga bir marotabadan mag‘lub bo‘lgan holda turnir jadvalida boshqalar uchun yetib bo‘lmas vaziyatda peshqadamlik qilmoqda. Chempionatning ikki karra va amaldagi  chempioni AGMKni ketma-ket ta’qib qilayotgan “Paxtakor” esa karvonboshidan to‘qqiz ochkoga ortda qolyapti. Katta ehtimol bilan chempionat yakunida jamoalar sovrinlarni shu tartibda qo‘lga kiritsa kerak.

Uchinchi o‘ringa da’vogarlar esa ko‘pchilikni tashkil etyapti. “Neftchi”, “Buxoro”, “Metallurg”dan aynan qaysi jamoa uchlikka ilashib qolishini hozirdan aytish qiyin. “Neftchi”da ham termaning Yusufjonov, Mamajonov, Tojiboyev kabi o‘z davrining yetakchi va mohir sobiq a’zolari bor, “Buxoro” va “Metallurg” garchi mahalliy yigitlar evaziga to‘p surishayotgan bo‘lsa-da, ularda g‘alabaga shijoat kuchli bo‘layotganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Aytaylik, so‘nggi turdagi har ikkala o‘yinda ham “Buxoro” peshqadamlarni rosa “boshini og‘ritdi”, faqat tajriba hamda omadgina olmaliqliklarning g‘alabasini ta’minladi, vaholanki, Kogon futzal maktabi tarbiyalanuvchilari Fuzuliy Hayrullayev ustozligida chiroyli va mazmunli o‘yin ko‘rsata olishdi.

O‘rtamiyonalar qatodagi “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “So‘g‘diyona”, “Qo‘qon-1912” va “Navbahor” jamoalari ichida ikkinchi davrada qaysilari yuqoriga intilishini bashorat qilish mushkul.  Autsayder esa hozircha bitta – “Qizilqum”. Navoiyliklar 22ta uchrashuvdan atigi bittasida durang qayd eta olishdi, xolos, boshqalarini boy berishdi.

Birinchi davrada bitta texnik natija qayd etildi. Musobaqa qonun-qoidasiga binoan bitta tur ikki kunda ikkita o‘yin sifatida o‘tkaziladi. 11-turning birinchi uchrashuviga, “Paxtakor”ga qarshi o‘yinga “Lokomotiv” jamoasi tashrif buyurmadi.  Natijada “Paxtakor”ga texnik uch ochko berildi, “temiryo‘lchilar”ga esa texnik mag‘lubiyat yozildi.  

Birinchi davra yakuniga ko‘ra, 22 ta uchrashuvdan 60 ochko to‘plagan AGMK jamoasi birinchi o‘rinda bormoqda. “Paxtakor” 51 ochko bilan ikkinchi, “Neftchi” 43 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “Qizilqum” esa atigi bir ochkoga ega.

To‘purarlar bahsida “Metallurg” a’zosi Ixtiyor Ropiyev 25ta to‘pi bilan karvonboshilik qilyapti. Vaholanki, Ixtiyor ikki marta ikkinchi ogohlantirishli qizil kartochka bilan ikkita o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Bu borada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda 23ta to‘pi bilan “Paxtakor” a’zosi Feruz Faxriddinov hamda 22ta to‘pi bilan AGMK vakili Jamoliddin Sharipov bormoqda.

Chempionatning ikkinchi davrasi 17 avgustdan davom ettiriladi. 

Musobaqa jadvali: 

AGMK              22   20   0   2   135-41   60 Paxtakor        22   16    3   3    94-51   51 Neftchi           22   12    7   3    78-48   43 Metallurg      22   11    4   7    86-76   37 Buxoro           22   10    5   7    90-74   35 Bunyodkor       22     8    5   9    80-79   29 Nasaf            22     7    5   10  86-84   26 Lokomotiv     22     7    4    11  72-91   25 So‘g‘diyona       22     7    3    12   73-83  24 Navbahor     22     7    2    13   65-94  23 Qo‘qon-1912  22     6    3    13   86-123 21 Qizilqum   22   0  1  21  38-139  1
Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:09, 09.06.2018. O'qildi: 2478 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик