Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

G‘irrom yo‘lga kirib qolgan futbolchilarga muborak oy yakuni arafasida qaytadan imkon beriladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Shu yilning 5 yanvar kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Ijroqo‘mi byurosining qarori bilan besh nafar futbolchi futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilgandi. Muborak Ramazon oyi yakuni hamda Hayit ayyomi arafasida O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘z aybini tushinib yetgan bu futbolchilarga yana bir bor imkoniyat berish maqsadida Ijroqo‘mga tashkilot ustavining 65-modda 1.2-bandiga asosan aybdor deb topilganlar masalasini qaytadan ko‘rib chiqish taklifini berdi.

O‘FA rahbariyati futboldagi eng yomon illatlardan biri — futbolchilar yoshini kichiklashtirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Aynan shu masala yuzasidan aybdorligi aniqlangach, Nodirbek Teshaboyev, Muhammadjon Abdullayev, Nuriddin Hasanov, Dilshod Ahmadaliyev, Burxon Hasanov kabi futbolchilar Ijroqo‘m qarori asosida futboldan chetlashtirildi. O‘tgan davr mobaynida ulardan aksari o‘z aybini tushunib yetdi, hujjatlar bilan bog‘liq masalalarni to‘g‘riladi. Shuningdek, tashkilotga bir necha bor xat bilan chiqib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirdi.

“Hayotda hamma xato qiladi, buni tushunish mumkin. Biroq bitta xatoni ikki bor qaytalashni tushunib bo‘lmaydi. Futboldan chetlashtirilgan yigitlar hali ancha yosh. Ular xato yo‘lga kirganini tushunib yetdi. Mamlakatimiz Prezidenti bilmay ayb ish qilayotgan minglab insonlarni afv etayotgan bir vaqtlarida, biz ham tushunib-tushunmay noto‘g‘ri ishga qo‘l urgan futbolchilarga yana bir bor imkon berishimiz kerak. Endi ular g‘irromlik nima ekanini yaxshi tushunadi. Buyog‘iga ulardan o‘zini sportga bahshida etib, yuqori cho‘qqilar sari intilish talab etiladi”, — dedi Umid Ahmadjonov.

Tez orada O‘FA Ijroqo‘mi bu masalani atroflicha o‘rganib chiqadi hamda uzoq vaqt davomida boshqa ism-sharif bilan “nom qozongan” yigitlarga, o‘zlarining haqiqiy ism-shariflari bilan faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatini yaratadi.

O‘FA, shuningdek, futbol sohasidagi barcha murabbiylarni, mutaxassislarni jiddiy ravishda ogohlantiradi. Bundan buyon bu kabi ishlarga qarshi kurash yanada jiddiy bo‘ladi. Ayniqsa, yosh bolalarni va ularning ota-onasini yo‘ldan urmoqchi bo‘lgan yoki allqachon ularning xayolini aynitib bo‘lgan murabbiylar kechirilmaydi. Bunday insonlar futbolga qayta yaqinlashtirilmaydi. Shuningdek, farzandi katta ekanini bilib turib, uning kichik bolalarga qarshi to‘p surishiga shunchaki tomoshabin bo‘lib turgan ota-onalar ham jazodan chetda qolmaydi. Bolasining hujjatini soxtalashtirayotgan ota-onalar qonun oldida javob berishlariga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, O‘FA bu masala yuzasidan tegishli organlar bilan hamkorlikda ishlaydi.

“Yillar davomida o‘smirlarimiz qo‘lga kiritib kelgan yutuqlarga shubha bilan qarashimizning o‘ziyoq uyat. Biz nafaqat bolalar futbolini, balki o‘zimizni aldab kelganmiz. Bizda bolalardan natija talab qilinmaydi, biz katta futboldan natija kutamiz. Bolalar sportini esa sofligicha qoldirish tarafdorimiz. O‘z navbatida mana shu soflikka rahna soladigan insonlarga oramizda joy yo‘q”, — deb fikr bildirdi O‘FA birinchi vise-prezidenti.

Tashkilot faqatgina jazo qo‘llash ishlari bilan band bo‘lmaydi va bunday illatni yo‘q qilish yo‘lida amaliy usullardan ham foydalanadi. 2019 yildan boshlab bolalar futbol klublari tarbiyalanuvchilarini yaxlit elektron bazaga bosqichma-bosqich kiritib borish boshlanadi. Ya’ni, maktab yoshidagi futbolchi haqida barcha ma’lumotlar, shu futbolchi to millionlar o‘yini bilan xayrlashmaguniga qadar yangilanib turadi. Bu esa 14—15 yoshli yangi futbolchining birdan “paydo bo‘lib qolishi” holatlarini kamaytiradi. Ya’ni, nazorat maktab yoshidanoq boshlanadi.

Yaxlit elektron bazadan istalgan odam Superliga, Pro-Liga, 2-liga, bolalar ligalari futbolchilarini topishi mumkin bo‘ladi. Shu holatdan keyin ham futbolchilar yoshini kichiklashtirishga harakat davom etsa, buning ortida turgan kishilarga shafqat qilinmaydi.

“Hali ham kech emas, hammasini qaytadan, to‘g‘ri yo‘lda boshlash uchun vaqtimiz ham, imkoniyatimiz ham yetarli. Bir necha oylar davomida sevimli kasbidan uzoqda bo‘lgan futbolchilar, qolganlarga o‘rnak bo‘lsin. Zero, keyingi aybdorlar kechirilmasligi ham mumkin. Qaytadan imkoniyat berilayotganlardan esa faqat va faqat yuqori marralarni umid qilib qolamiz. Endi ularda o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyat bo‘ladi”, — deya fikrini yakunladi Ahmadjonov.

O‘FA Ijroqo‘mining qarori tez orada e’lon qilinadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:55, 13.06.2018. O'qildi: 5202 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик