Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 01.08.2025 20:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 01.08.2025 20:00
      • Buxoro
      • 0:2
      • OKMK
      • 02.08.2025 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 02.08.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Nasaf
      • 02.08.2025 21:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Navbahor
      • 03.08.2025 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 03.08.2025 20:00
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Xorazm
      • 03.08.2025 21:15
      • Surxon
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 OKMK 16 30
4 Paxtakor 16 29
5 Dinamo 15 29
6 Bunyodkor 15 27
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 16 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 16 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

16-тур Mash’al 0-1 Paxtakor
16-тур Buxoro 0-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

02/08/25 Neftchi - Bunyodkor
02/08/25 So‘g‘diyona - Nasaf
02/08/25 Dinamo - Navbahor
03/08/25 Andijon - Qo‘qon-1912
03/08/25 Sho‘rtan - Xorazm
03/08/25 Surxon - Qizilqum

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mundial taassurotlari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Bu galgi mundial har doimgidan ham shiddat bilan eshik qoqib keldi, nazarimda. Go‘yoki birdaniga dovul ko‘tarilgani yetmaganidek, ortidan sharros yomg‘ir ham quyib berdi. Braziliyaning durangi, Argentina va Germaniyaning mag‘lubiyati shunday o‘xshatish qilishga sabab bo‘layotir.

Bunday natijalardan so‘ng ba’zilar grandlarning kuchsizlanib qolganiga ishora qilishmoqda, ayrimlar esa ularning keyingi o‘yinlarda hammasini joy-joyiga tushirib olishlariga ishonishmoqda. Menimcha ham ikkinchisi to‘g‘riroq - xuddi «sutdan og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichganidek», top-termalar ham ketma-ket ikki marta xato qilishmaydi!

O‘zi shundoq ham Italiya va Gollandiyasiz kuchsizlanib qolgan mundial guruhdayoq Germaniyani yoki Argentinani yo‘qotishdan manfaatdor emas. Shunday ekan, muxlislarimiz chempionatni bezab turgan mazkur jamoalarga endi chinakamiga tarafkashlik qilsalar kerak.

3ta JAMOADAN IBORAT GURUH – TO‘G‘RI YO‘L EMAS!

Mundialning yaqqol favoritlaridan sanalgan Germaniya termasining kutilmaganda Meksikaga mag‘lub bo‘lishi keyingi chempionatlarda qo‘llanilishi kutilayogan JCH formatiga nisbatan noroziligimni yana bir bor yodga soldi.

Esingizda bo‘lsa, FIFA rahbari Janni Infantino chempionat qatnashchilari soni 48taga yetkazilishi mumkinligini ma’lum qilib, buni amalga kiritishi arafasida bo‘lajak mundial formati haqida ham to‘xtalgandi.

Uning rejasiga ko‘ra, keyingi jahon chempionatlarida 48 ishtirokchi har birida 3tadan terma bo‘lgan 16ta guruhga ajratiladi. Va har bir guruhdan faqat bittadan, ya’ni g‘olib jamoagina «pley-off» bosqichiga yo‘la oladi. Tabiiyki, uchrashuvlar har doimgidek 1|8 finaldan davom ettiriladi.

Janob Infantinoning fikricha, bunday yo‘l tutilishi yagona yo‘llanma uchun bo‘lgan «intriga»ning oshishiga, so‘nggi turda uchrab turadigan «kelishilgan»ga o‘xshash o‘yinlarning mutlaqo yo‘qolishiga olib keladi.

Shu bilan birga, biz keraksiz yoki o‘tkinchi deyishga o‘rganib qolgan (ko‘pincha so‘nggi turda uchraydigan) uchrashuvlar ham bo‘lmaydi. Bir qarashda hammasi risoladagidek tuyuladi. Ammo tanganing orqa tomoni ham borki, bunga-da ko‘z tashlashga majburmiz.

Tasavvur qiling, Infantino joriy qilmoqchi bo‘layotgan uch jamoadan iborat guruhdan Germaniya, Meksika va Janubiy Koreya joy olgan. O‘sha chempionatning 1-turida xuddi Rossiyada bo‘lgani kabi meksikaliklar nemislarni mag‘lub etishsa-chi?

Germaniyadek jahon chempionatidagi asosiy favoritlardan birining 4 yillik taqdiri bitta uchrashuvdayoq hal bo‘ladi. Chunki keyingi o‘yinda Meksikaning Janubiy Koreya bilan o‘yinda yutqazishiga hech kim ishonmaydi.

Agar mubolag‘a bo‘lmasa, hatto koreyslarning o‘zlari ham Meksikani yutishlariga ishonolmasalar kerak. Xullas, Yoaxim Lyovdek daho murabbiyning 4 yillik mehnati bitta kichkinagina xatoni deb rasvo bo‘ladi. Bunday xatolar, ayniqsa, bu galgi jahon chempionatida ko‘p uchrayotganidan yetarlicha xulosa chiqarib olish mumkin.

Saralashda o‘zi shundog‘am Italiya va Gollandiyalarni yo‘qotgan katta futbol bu yo‘nalish bilan davom etsa, JCH boshlanishidayoq Germaniya va Argentinasiz, hatto, Braziliyasiz qolishi hech gap emas. U yog‘i esa, agar ta’bir joiz bo‘lsa, «kichkina futbol»ga aylanib qoladi va o‘z nufuzini yo‘qotadi.

Buning ortidan qiziqishlar so‘nadi, reklamalar kamayadi va hokazo-hokazo. Natijada moliyaviy holatga, umuman, batamom futbolga ham putur yetadi.

Hozirgi format har holda anchagina konservativ usul bo‘lib, unda terma jamoa bittagina xatosi bilan deyarli hech nima yo‘qotmaydi. Ayniqsa, Germaniya kabi grandlar. Ular keyingi turlarda juda katta konsentrasiya bilan to‘p surishadi va aksariyat holatlarda ikkala o‘yinda ham ishonarli yutuqqa erishishadi.

Istisno tariqasidagina bunday voqea kuzatilmasligi mumkin. Fransiyaning 2002 yilgi mundialda kutilmaganda guruhda qolib ketishiga o‘xshash voqeliklarni hisobga olmaganda, bu kabi kuchli termalar doimo guruhdan chiqib kelishgan.

TAKLIFLAR

Takliflarga keladigan bo‘lsak, «uchtalik» guruhdan ko‘ra, har birida 6tadan terma jamoa bo‘lgan 8ta guruh - eng ma’qul yo‘l bo‘lardi. Bu usulda ham chempionat judayam cho‘zilib ketmaydi.

Eng zaif ishtirokchilarning ham chempionatda 5ta o‘yin o‘tkazib qaytishi unga bo‘lgan qiziqishning yanada ortishiga sabab bo‘ladi. O‘zida 23 nafar futbolchini jamlagan milliy jamoalarning esa, o‘ylaymanki, har 3 kunda bir marta maydonga tushishga qurbilari yetadi.

Har holda, Yevropa Chempionlar Ligasi ishtirokchilari ham ko‘pincha o‘z milliy chempionatlari doirasida va YECHL aro haftada ikki marta, ya’ni har uch kunda bir marta - tag‘in chet davlatga borib o‘ynab qaytishni uddalashmoqda.

Bu usul ma’qullanmagan holatda eski yo‘nalishdagi 4tadan jamoalik guruhni qoldirib, ularning sonini 12taga yetkazish mumkin. Bunda har bir guruh g‘oliblari bilan bir qatorda eng yaxshi natija ko‘rsatgan yana 4ta 2-o‘rin sohiblari ham «pley-off» yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Gapning indallosi, Infantino janoblarining JCH ishtirokchilari sonini 48taga yetkazish haqidagi qarori, ayniqsa, bizga o‘xshagan terma jamoasi bor mamlakatlarga moydek yoqsada, qarorning men yuqorida tanqid qilayotgan 2-qismini qayta ko‘rib chiqmasa bo‘lmaydi.

Bu narsa o‘sha kuchli mamlakat termalari bilan birga o‘rtahol jamoasi bor va kuchsizroq termaga ega davlatlarga ham unchalik ma’qul kelmasligi turgan gap.

Sababi, bizga o‘xshaganlarning JCH saralashlaridan o‘tishi ehtimoli yuqori bo‘lishiga qaramay, mundialga borib bor-yo‘g‘i 2ta o‘yinda o‘ynab, so‘ng uyiga yo‘l oladi. Bu kimga ham yoqardi, deysiz...

Demak, bo‘lajak chempionatlarda guruhdagi jamoalar sonini ko‘paytirish haqida bosh qotirilsa yaxshi bo‘lardi. Bunga hali ancha yillar bor, hozirdan bosh qotirishga ne hojat deguvchilarga javoblarimiz tayyor:

birinchidan - FIFA bunday qarorlarni belgilashda juda-juda ilgari yuradi, o‘sha 2026 yilgi jahon chempionati mezbonlari sifatida AQSH, Kanada va Meksika tanlanishining hozirdan ma’lum qilingani bunga yaqqol misol;

ikkinchidan - FIFA 48talik formatni aynan o‘sha 2026 yilgi JCHdan boshlab qo‘llanilishini ma’lum qilgan bo‘lsada, yaqinda Janubiy Amerika futbol federasiyalari assosiasiyasi FIFAga rasmiy xat yo‘llab, o‘sha 48talik formatni Qatar-2022dayoq tatbiq etishni taklif qilgan.

Infantino boshliq tashkilot avvaliga Qatar davlatining bunday katta doiradagi musobaqani o‘tkazishga tayyor yoki tayyor emasligi haqidagi masalani ko‘rib chiqishinii ma’lum qilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Qatar 48ta terma jamoani bemalol qabul qila olishini bildirgan. Xulosa esa o‘zingizga havola.

MESSI - «BUYUKLAR ISHI» DAVOMCHISI, RONALDUDA BUYUK IMKONIYAT

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:14, 23.06.2018. O'qildi: 3900 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.