Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • APL
      • 30.09.2025 00:00
      • Everton
      • 1:1
      • Vest Xem
  • Elit OCHL
      • 30.09.2025 15:00
      • Seul
      • 3:0
      • Buriram Yunayted
      • 30.09.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • 1:1
      • Shangxay Port
      • 30.09.2025 17:15
      • Chengdu Rongcheng
      • 1:0
      • Kangvon
      • 30.09.2025 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 0:0
      • Matida Zelviya
      • 30.09.2025 21:00
      • As-Sadd
      • 1:1
      • Sharja
      • 30.09.2025 23:15
      • Al-Ittihod
      • 0:1
      • Shabab al-Ahli
      • 01.10.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 1:0
      • Melburn Siti
      • 01.10.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • 1:1
      • Ulsan Xyonde
  • OChL-2
      • 30.09.2025 18:45
      • Ahal
      • 1:4
      • Al-Hussayn
      • 01.10.2025 15:00
      • Lion Siti Seylors
      • 4:2
      • Selangor
      • 01.10.2025 17:15
      • Bangkok Yunayted
      • 0:2
      • Persib
      • 01.10.2025 18:45
      • Andijon
      • 0:0
      • Al-Ahli Doha
      • 01.10.2025 18:45
      • Istiqlol Dushanbe
      • 2:0
      • Goa
  • Superliga
      • 30.09.2025 19:00
      • So‘g‘diyona
      • 0:1
      • Neftchi
      • 30.09.2025 19:00
      • Mash’al
      • 0:0
      • Buxoro
  • ECHL
      • 30.09.2025 21:45
      • Atalanta
      • 2:1
      • Bryugge
      • 30.09.2025 21:45
      • Qayrat
      • 0:5
      • Real Madrid
      • 30.09.2025 23:59
      • Atletiko
      • 5:1
      • Ayntraxt F
      • 30.09.2025 23:59
      • Chelsi
      • 1:0
      • Benfika
      • 30.09.2025 23:59
      • Bude-Glimt
      • 2:2
      • Tottenhem
      • 30.09.2025 23:59
      • Galatasaroy
      • 1:0
      • Liverpul
      • 30.09.2025 23:59
      • Inter
      • 3:0
      • Slaviya
      • 30.09.2025 23:59
      • Marsel
      • 4:0
      • Ayaks
      • 30.09.2025 23:59
      • Pafos
      • 1:5
      • Bavariya
      • 01.10.2025 21:45
      • Qorabog‘
      • -:-
      • Kopengagen
      • 01.10.2025 21:45
      • Yunion
      • -:-
      • Nyukasl
      • 01.10.2025 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • PSJ
      • 01.10.2025 23:59
      • Monako
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 01.10.2025 23:59
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 01.10.2025 23:59
      • Napoli
      • -:-
      • Sporting
      • 01.10.2025 23:59
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Yuventus
      • 01.10.2025 23:59
      • Arsenal
      • -:-
      • Olimpiakos
      • 01.10.2025 23:59
      • Bayer
      • -:-
      • PSV
  • La-liga
      • 30.09.2025 23:00
      • Valensiya
      • 1:2
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 23 52
2 Neftchi 23 48
3 Paxtakor 23 43
4 Dinamo 22 41
5 OKMK 23 40
6 Bunyodkor 23 39
7 Navbahor 23 36
8 Qizilqum 23 26
9 So‘g‘diyona 23 25
10 Andijon 22 25
11 Surxon 23 25
12 Qo‘qon-1912 23 23
13 Mash’al 23 23
14 Buxoro 23 21
15 Xorazm 23 20
16 Sho‘rtan 23 12

O'tgan o'yinlar.

23-тур Nasaf 2-1 Xorazm
23-тур Andijon 1-0 OKMK
23-тур Navbahor 1-0 Qizilqum
23-тур Qo‘qon-1912 2-2 Bunyodkor
23-тур Paxtakor 1-0 Surxon
23-тур Dinamo 2-0 Sho‘rtan
23-тур So‘g‘diyona 0-1 Neftchi
23-тур Mash’al 0-0 Buxoro

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5455 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2354 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 01.10.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Жувентуде". Прямая трансляция.
      07:30 "Наши иностранцы".
      08:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Галатасарай".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Жувентуде".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:10 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Сеара".
      15:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Коджаэлиспор".
      17:10 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Жувентуде".
      19:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:20 Чемпионат Турции. "Фатих Карагюмрюк" - "Трабзонспор".
      22:25 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Жувентуде".
      00:25 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Крузейро".
      02:25 "Всё о главном". Александр Тукманов.
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Васко да Гама". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 01.10.2025

      05:25 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Команды. Финал.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве.
      09:30 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших. Этап 3 в Казани.
      11:25 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      13:50 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук. Матчи за 3-е место.
      16:40 LIVE Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Многоборье. Финал. Прямая трансляция.
      18:50 "Команда мечты".
      19:20 "Небесная грация".
      19:35 Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве.
      21:15 "Тайны звёзд спорта".
      21:40 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших. Этап 3 в Казани.
      23:35 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      02:00 "Команда мечты".
      02:30 Стрельба из лука. Кубок Генерального прокурора РФ в Казани. Классический лук. Матчи за 3-е место.
  • MATCH-TV
    • Sana: 01.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших. Этап 3 в Казани.
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Голевая неделя. РФ".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      11:55 "Вид сверху".
      12:30 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC "Knucklemania 5" в Филадельфии, США. Эдди Альварес против Джереми Стивенса.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:40 LIVE Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Прямая трансляция.
      18:50 Новости.
      18:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Пари Нижний Новгород" - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      22:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      22:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Локомотив" (Москва) - ЦСКА. Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Смешанные единоборства. UFC 308 в Абу-Даби, ОАЭ. Илия Топурия против Макса Холлоуэя.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. Бразилия - Марокко. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 01.10.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Обзор.
      07:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      08:30 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 1.
      09:45 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      10:15 LIVE Велоспорт. Тур Лангкави в Малайзии. Этап 4. Прямая трансляция.
      11:30 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 1.
      13:00 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      13:30 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Женщины. Болдеринг. Финал.
      15:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      16:00 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 1.
      17:00 LIVE Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2. Прямая трансляция.
      19:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      20:00 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Женщины. Болдеринг. Финал.
      22:00 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      00:00 Конный спорт. Конкур. Чемпионат мира среди молодых лошадей в Ланакене, Бельгия. Обзор.
      01:00 Велошоссе. Чемпионат мира в Кигали, Руанда. Мужчины. Групповая гонка.
      02:00 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2.
      03:00 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Женщины. Болдеринг. Финал.
      04:30 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qayerdadir boshqa dunyoda...»: Germaniyaning mag‘lubiyati haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu sodir bo‘ldi. Men o‘sha Germaniya ikkita bo‘lgan paytdan beri futbol ko‘raman va umrimda birinchi marta nemislarning guruh bosqichidan o‘ta olmaganliklarini ko‘rdim. Bilasizmi, Germaniya - Braziliya o‘rtasidagi nimchorak final juda ham qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, bu biz ko‘rgan voqea o‘sha o‘yindan ham kamyub va katta voqea. Yuz yilda bir sodir bo‘ladi. Ya’ni deyarli hech qachon.

O‘tgan mundialda Ispaniya terma jamoasi guruhdan chiqa olmagan, hatto Niderlandiyaga yirik 1:5 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Undan to‘rt yil oldin jahon chempioni sifatida tashrif buyurgan italiyaliklar Slovakiya, Yangi Zelandiya va Paragvaydan tashkil topgan JCH tarixidagi eng oson guruhlardan birini muvaffaqiyatsiz yakunlagan. Osiyoda o‘tgan jahon chempionatini Fransiya Senegaldan mag‘lubiyat bilan boshlab, keyingi o‘yinlarda ham birorta ham gol ura olmay uyga ravona bo‘lgandi.

Nemislar ilk o‘yinda Meksikadan yutqazgach, tabiiy ravishda, mana shu - chempionlarning keyingi turnirni o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazish an’anasi ko‘p eslangan bo‘lsa-da, baribir, tan oling, Germaniya terma jamoasining kuchi, tarkibi, salobati ko‘proq, JCH-2010 ni mag‘lubiyat bilan boshlab, keyinchalik, chempion bo‘lgan Ispaniyani ko‘proq tilga olishga majbur qilgandi. O‘zi shunaqa bo‘ladi, kuchli jamoalarning muvaffaqiyatsizligini qabul qilish doim qiyin. Na o‘ta ma’nosiz o‘yin, na omadsizlik bizni chalg‘itadi, baribir nimadir bo‘lib, o‘sha biz bilgan, oqibatda g‘alaba qozonadigan nemislarning chiqib kelishini kutaveramiz. Faqat hakam xushtagigina Germaniyani uyga yuborishga qodir, faqat mana shu xushtak ovozigina bizni voqeani butun dahshati bilan his qilishga majbur qila oladi xolos.

O‘qiganmisiz, yo‘qmi, turnir boshlanmasdan oldin, "Kim nega chempion bo‘la olmaydi?" sarlavhasi ostida maqola yozgandim, har bir favoritni tilga olgan holda, o‘sha jamoa nimaning hisobiga yutqazishi mumkinligi haqida fikr yuritib ko‘rgandim. Yaxshi bo‘lgan ekan, endi hech kim menga "yovdan keyingi botirdek, yutqazgandan keyin muammolarini yozish osonda" deb e’tiroz qilavermaydi, o‘sha qoralamani yonimga olib, navbati bilan chiqib ketayotgan favoritlar haqida yozaveraman, zo‘rmi?

Xullas, Lev Tolstoyning "Anna Karenina"sidagi dastlabki jumlalar - "Har baxtli oila bir bir biriga o‘xshaydi, har bir baxtsiz oila esa, o‘z holicha baxtsiz" iborasi futbolda biroz teskari amal qiladi. Kuchli jamoalar o‘z holicha farqli o‘yin ko‘rsatishadi, kuchsizlar esa, bir-biriga o‘xshaydilar, to‘g‘rimi? Keling, avval nemislarning o‘sha kuchsiz chempionlar bilan o‘xshash jihatlarini qidiramiz.

ESKIRGAN G‘OYALAR

4 yil oldin "Bavariya" Yevropada tengsiz deb topilgach, klub bu cho‘qqiga yetaklab kelgan murabbiyni olib qolishga urinmay, Pep Gvardiolaning ketidan quvganida, rostini aytsam, qoyil qolgandim. Ma’lum cho‘qqiga yetgan jamoaning baribir pasayishga mahkumligini sezgan nemislar yangi qon va yangi g‘oyalar orqali, jamoani o‘sha darajada saqlab turishga urinishlari mantiqan to‘g‘ri edi. Terma jamoada ham nemislar bu borada juda tamoyil bilan yondoshishlari, masalan Xelmut Shen, Bakkenbauer kabi murabbiylarning muvaffaqiyatli o‘yinlardan keyin o‘z o‘rnini boshqaga bo‘shatib berganliklari yorqin misol bo‘la olardi.

Ammo bu safar nemislar o‘zlariga xaddan ziyod ishonib yuborgandek tuyulishdi. Yuqoridagi eslangan chempionlarning ham qismatini ham ko‘proq shu sabab, eski tarkib bilan ikkinchi marta ham cho‘qqiga chiqishga urinmoqchi bo‘lishgani belgilab bergandi balkim. Misol uchun, 1994 yilgi chempion Braziliya to‘rt yil o‘tib finalga chiqdi. Mana shu to‘rt yil farqi bilan Braziliya tarkibiga nazar tashlasam, faqat Taffarel, Aldair, Dunga va Bebeto har ikki finalda to‘p surgan ekan. Romario boshchiligidagi AQSH-94 chempioni bo‘lgan Braziliya bilan Ronaldoning braziliyasi o‘rtasida ancha farq bor, balki shuning uchun keyingi Braziliya ham chempionlik ostonasiga yetib borgandi.

Yoki JCH-86 chempioni Argentinani olaylik. To‘rt yil o‘tib, Italiya maydonlarida ham finalgacha yetib borgan asosiy tarkibda faqat Rujeri, Burruchaga va Maradona jahon chempioni edi xolos. Karlos Bilardo Levdan farqli ravishda, butunlay yangi jamoa tuzishning uddasidan chiqqan edi.

Darvozada Noyer, himoyadagi yetakchilar Xummels va Boateng, yarim himoyada Kroos va O‘zil, hujumda Myuller... buni qayerdadir ko‘rganmiz.

Albatta, bu yerda bosh murabbiyni ayblash qiyin. Axir bu "Bavariya" emas, terma jamoa, nemis pasporti bor yulduzlar o‘zgarmasa, u nima qilsin? Qatorasiga ikki marta jahon chempioni bo‘lgan jamoani qidirsak, o‘sha Pelelar davriga borib qolishimiz bejizga emas, Germaniya bu faktni qabul qilishi kerak menimcha.

Bu futbol, qachondir har qanday an’ana buziladi, to‘g‘ri, ammo aynan mana shu Germaniya o‘sha buyuk ishni amalga oshirishga qodir emasdiki, bunga boshqa sabablar ham bor.

KIMNING YELKASI KUCHLI?

Bir paytlar Del Boske "Kasilyasning trenajer zalda ko‘proq shug‘ullanishini so‘radim. Uning yelkalari baquvvat bo‘lishi kerak, chunki hadeb kubok ko‘taraverish oson emas" degandi. Bu biroz xazil va boshqacharoq ma’noda bo‘lsa-da, Tolstoyning fikrini ishlata olganimizdan keyin, Del Boske cho‘t emas. Demak, ko‘p sovrin yutish uchun, jamoa bosimini tashiy oladigan, yetakchilik qila oladigan baquvvat yelkalar zarur.

Tarkib deyarli o‘zgarmagani bilan, bu safargi Germaniya to‘rt yil oldingisidan bir juda muhim jihat bilan farq qiladi. Yuqorida tilga olingan "Kim nega chempion bo‘la olmaydi?" maqolasida, o‘zimcha, bir yil oldin ikkinchi tarkib bilan kelib kuchli terma jamoalarni yer tishlatgan Lyov jamoasining salbiy jihatlarini qidirib, zo‘rg‘a, barmoqdan so‘rib topib olgan faktorni yana eslayman. Endi bu faktor juda muhimga o‘xshab ko‘rinmoqda.

"JCH-2014 g‘olibi o‘sha murabbiy va kuchli tarkib bilan beshinchi chempionlik uchun kelmoqda va aytish kerakki, turnirning eng asosiy favoritidir. Xo‘sh, nemislarga bu safar nima halaqit berishi mumkin?

Agar Italiya terma jamoasi final bosqichiga yo‘l olganida, javobi oson bo‘lardi. Lekin endi, yanada chuqurroq qarashga majburmiz va balki to‘rt yil oldin jamoada mavjud bo‘lgan ba’zi jihatlar endi topilmas? Masalan, o‘shanda terma jamoa asosini “Bavariya” a’zolari – Myuller, Shvayshtayger, Lam, Boateng, Noyer, Kroos kabi futbolchilar terma jamoa asosini tashkil qilar edilar. Mana shu poydevor ustida boshqalar ham jipslashib, juda kuchli o‘yin ko‘rsatilgandi.

Bugungi Germaniyada aslida iste’dodli futbolchilar yanayam ko‘paygan, Lyov teng kuchli bir necha terma jamoa tuzish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, asosiy tarkib haqida borganda, pasayishni kutgan bo‘lardim. Yuqoridagi nomlardan ikki futbolchi futbolni tark etdi, Kroos “Real”ga o‘tib ketdi. Bu ham mayli, bugungi Germaniya terma jamoasi yulduzlariga qarasak, ularning birortasi ham o‘z klubida asosiy o‘rinlarda emasligini ko‘ramiz. Bundesliga yetakchisi “Bavariya”ni olsak, himoyani qo‘shmaganda faqat Rude va Myuller nemis futbolchilari, qolganlar legioner.

Aytmoqchimanki, to‘rt yil oldingi Germaniya nima qilishni oldindan biladigan, salobatli va tajribali jamoa bo‘lgandi, bu safar esa, Lyov bir qator iste’dodli futbolchilardan yaxlit terma jamoa tuzishga muxtojdir. O‘z-o‘zidan, endi avvalgidek oson bo‘lmaydi" - deb yozilgandi turnir boshlanishidan avval.

Haqiqatan ham, nemislar tarkibida mas’uliyatni o‘z qo‘liga oladigan, jamoani o‘z ortidan ergashtira oladigan kuch faqat Shvesiya bilan o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ko‘rindi xolos. Nemis futbolchilarining klublarda yetakchi rolda emasliklari terma jamoa yukini ko‘tarishga kelganda ham ko‘rinib qoldi.    

OXIRIGA YETMAGAN IZLANISH

Ispaniya terma jamoasiga qaytamiz. 2010 yildagi. O‘shanda ispanlar Shveysariyaga birinchi turda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragandilar. Keyingi o‘yinlarni esa, Ispaniya ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi va o‘z darvozasidan birorta ham to‘p o‘tkazib yubormay, jahon chempioniga aylandi.

Lyovning Shvesiya bilan o‘yinga tanlagan tarkibning o‘ziyoq, bu nemislarning o‘sha ispanlardek bo‘la olmasligini tushunish mumkin edi. Ispaniya Shveysariyaga yutqazgan tarkibni deyarli o‘zgartirmay turib (keyingi o‘yinda faqat bir o‘zgarish qilingan) keyingi o‘yinlarni yutgan. Ya’ni Ispaniyaning mag‘lubiyati tizimsizlik emas, aynan bir o‘yindagi omadsizlik xolos ekan. Ispaniya o‘z kuchini, nimani hisobiga yutmoqchi ekaniga ishonchi komil bo‘lgan va og‘ishmay, keyingi o‘yinlarni yutgan.

Germaniyaning mag‘lubiyati biroz jiddiyroq bo‘lib chiqdi, buni o‘sha o‘yindan keyin ham Lyov tan olishga majbur bo‘ldi. Buning isboti, u Shvesiyaga qarshi o‘yinda butunlay boshqa g‘oyani tanladi. Tabiiyki, jahon chempionatida har qanday jamoa ochilish o‘yiniga o‘zining eng optimal tarkibini tanlaydi. Ilk o‘yinda jamoaning haqiqiy "miyasi" bo‘lishi kerak bo‘lgan Mesut O‘zil, shuningdek, Draksler, Xedira kabi futbolchilarning ikkinchi o‘yinda zaxirada qoldirilishi Lyovning "dovdirashi" emasmidi? Demak, turnirgacha tayyorlanilgan va ishlashi kerak bo‘lgan mexanizm ilk o‘yindayoq o‘zgartirishga muxtoj bo‘lib qoldimi?

Qizig‘i, bu o‘zgarish ham aytarli foyda bermadi, jamoa ishonchli ko‘rinmadi, faqat so‘nggi daqiqalardagi golgina nemislarga so‘nggi turda imkoniyat taqdim etdi. Uchinchi o‘yinda yana O‘zil qaytarildi, endi Myuller zaxirada qoldi. Xullas, bir yil oldin uchta kuchli tarkibga ega bo‘lgani aytilgan Lyov yagona optimal tarkib borasida aniq qarorda emasligi ko‘rinib qoldi. Yoki u ishongan futbolchilar ishonchni oqlay olishmadi.

RAQIBLAR...

Albatta, raqiblarning ham Germaniyaga qarshi juda yaxshi futbol ko‘rsatganliklarini ta’kidlash lozim. Bo‘ldi. Ta’kidladik, yetadi.  

Shu o‘rinda bir gap. Eronning so‘nggi Yevropa chempionatlari g‘oliblari bilan bir guruhda nimalar qilganini ko‘rdik. Janubiy Koreya qanaqa holatda bo‘lmasin, dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan birini oyog‘idan tortib qoldi. Bu jamoalar biz bilan bir guruhda o‘ynagan esingizda bo‘lsa. Biz bu terma jamoalar bilan tengma teng o‘ynay olgandik. Lekin savol tug‘iladi, shu Germaniya, Ispaniya yoki Portugaliya bilan ham munosib o‘ynay olarmidik?

Dunyo futbol o‘ynashni o‘rganib oldi. G‘alaba qozonish oson bo‘lmay qoldi. Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yinidagi 0:3 hisobida mag‘lubiyatni "biz munosib o‘ynadik" deb izohlash vaqti o‘tdi, chamamda. Har qanday jamoa bilan natija uchun harakat qilish mumkinligini tushunish kerak. Ishonavering, o‘rtamizdagi farq biz o‘ylagandek, yoki bizga o‘qtirayotganlari singari, u qadar katta emas.

Qahramon Aslanov

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 23:12, 27.06.2018. O'qildi: 8628 marta. Fikrlar: 16 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 14
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
3 Насаф Husayn Norchayev 12
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.