ESPN telekanali Yevropaning kuchli beshlik ligalarida ishtirok etuvchi jamoalarning o‘yinlari qanchalik tomoshabop ekanligini baholab chiqdi.
Har bir klub 0,1 dan 10 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholandi. Eng yuqori ko‘rsatkich (9,6 ball) — «Bavariya» va «Barselona» jamoalariga nasib etdi.
O‘yinlarini tomosha qilish eng maroqli bo‘lgan kuchli o‘ntalik quyidagicha ko‘rinish oldi:
-
«Bavariya» — 9,6
-
«Barselona» — 9,6
-
«Real Madrid» — 9,5
-
«PSJ» — 9,5
-
«Leypsig» — 9,5
-
«Lans» — 9,4
-
«Manchester Yunayted» — 9,4
-
«Monako» — 9,4
-
9-10. «Inter» va «Yuventus» — 9,4
Shuningdek, «Manchester Siti» 8,7 ball, «Liverpul» va «Chelsi» 8,5 balldan, «Arsenal» 7,2, «Milan» 7, «Napoli» 5,6 hamda «Tottenxem» 3,9 ballga loyiq ko‘rildi.
Reytingning eng quyi pog‘onalarini «Vulverxempton» (0,6), «Real Ovyedo» (0,7) va «Oser» (0,7) jamoalari egalladi.