Superliga 9-turida "Navbahor" "So‘g‘diyona" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
O‘yinda jizzaxliklar 71-daqiqada Lyupcho Doriyevning goli bilan hisobni ochishdi. "Navbahor" bu golga 90+4-daqiqada Islombek Mamatkazinning goli bilan javob qaytardi.
"Navbahor" 19 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. "So‘g‘diyona" 6 ochko bilan 15-pog‘onada.
«NAVBAHOR» — «SO‘G‘DIYONA» — 1:1
Gollar: Lyupcho Doriyev 71’ (0:1), Islombek Mamatkazin 90+3’ (1:1).
«Navbahor»: O‘tkir Yusupov, Saidazamat Mirsaidov, Islombek Mamatkazin, Ruslanbek Jiyanov, Diyor Xolmatov (Shohruh Abdurahmonov, 70), Benjamin Teydi (Quvondiq Ro‘ziyev, 80), Umar Adhamzoda, Vanya Ilich (Muhammadali Usmonov, 70), Katulondi Kati (Aleks Fernandes, 80), Giorgi Jgerenaya, Abbos G‘ulomov (Shohmalik Komilov, 70).
Zaxira: Shukron Yo‘ldoshev, Dilshodjon Komilov, Isoxon Musoxonov, Anri Chichinadze.
«So‘g‘diyona»: Nikola Mirkovich, Zoir Jo‘raboyev, Islomjon Qobilov, Aleksandar Bolyevich (Feysal Mulich, 46), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (Oybek Nurmatov, 66), Filip Ivanovich, Lyupcho Doriyev, Ollabergan Karimov (Otabek Ahadov, 84), Abdulazizxon Abdurashidov, Nodirjon Soyibov, Jasurbek Jaloliddinov (Javohir Qahramonov, 46).
Zaxira: Bayram Najafaliyev, Suhrob Izzatov, Toxirbek To‘xtasinov, Amirbek Saidov, Sardorbek Erkinov.
Ogohlantirishlar: Jasur Jaloliddinov (22), Javohir Qahramonov (85), Lyupcho Doriyev (87).
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
VAR hakami: Rustam Choriyev
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Qudrat Madraimov