Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Byornli» posboni – taslim bo‘lmas Nik Poup haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2017 yilning 10 sentbyar kuni «Byornli» «Terf Mur»da «Kristal Pelas»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng londonliklar bosh murabbiyi Frank de Bur 77 kunli faoliyatdan so‘ng iste’foga chiqarildi.

O‘sha bahsda jarohat olgan Tom Xitonning o‘rnini ko‘rinishidan o‘spirinlarga o‘xshaydigan Nik Poup egallab, shu va keyingi o‘yinlarda o‘zining ijobiy sifatlarini ko‘rsatdi.

Shu tariqa asosiy tarkibdagi joyini mustahkamladi. Xiton yanvarda jarohatini tuzatib, safga qaytganida esa 26 yoshli kiper bilan raqobatda tuzukkina kurashishi lozim bo‘lishini tushunib yetdi.

Shon Daychning aqlli qarori o‘zini oqladi. Statistika ham ko‘p narsadan dalolat berib turibdi: o‘tgan mavsum «Byornli» raqiblari vaziyatni golga aylantirish uchun Poup qo‘riqlayotgan darvoza tomon o‘rtacha 17,7ta zarba yo‘llashdi.

APLdagi alohida olingan top o‘yinchilar uchun bu juda past ko‘rsatkich. Aksariyat statistik manbalar Nikni qit’aning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etgan bo‘lsa, dekabrda Poup 7,2 bahoga loyiq ko‘rilgan kiperlar o‘nligidan joy oldi.

Kutilmagan parvoz - shunchaki, vaziyat taqozosi emas. Nik Angliyaning quyi ligalarida o‘ynab yurgan kezlariyoq o‘z ustida ko‘p ishlagan. Hattoki, raqib jamoa muxlislarini ham Poupning qayerdan paydo bo‘lgani qiziqtirardi.

Nikning bolaligi Kembridj tevaragida o‘tgan. O‘zi esa Soxemda tug‘ilgan, Ilida tahsil olgan. «Ipsvich Taun»ga ishqibozlik qilgan. Ota-onasi uni nima sababdan «traktorchilar» akademiyasiga bergani noma’lum.

Ammo vaziyat quvonarli kechmadi – Nik 16 yoshni qarshilaganda, klub uning kelajagi shubha bilan qarab, xayrlashishga qaror qildi. Bunday voqealar odatda, yoshlarni yangi marralar sari undaydi.

O‘shanda ilojsiz qolgan Poup 2008 yili 8-divizionda qatnashuvchi «Beri Taun» yarim professional klubiga yo‘l oldi. Darvozabonlarga Angliyaning quyi ligalarida to‘p surish osonmas.

Aksariyat skautlar jiddiy ko‘rsatkichlar kuzatilsagina tashrif buyurishadi. Hujumchilardan ko‘proq gol urish talab etilsa, kiperlardagi «quruq» seriya ko‘payishi darkor – hujumkor uslubda o‘ynaydigan jamoada esa buni uddalash qiyin. Qisqasi, darvozabon mo‘’jiza yaratishi darkor.

Agar seni shu ligada ham asosiy tarkibda tushirmayotgan bo‘lishsa, unda vaziyat juda yomon. Ammo Poup endigina 16 yoshni qarshilagan, «Beri Taun» safida oxirgi o‘yinini o‘tkazganida esa 19 yoshda edi.

Klub yomon o‘ynamasdi. Nik 16 yoshida kattalar tarkibida debyutini o‘tkazdi. Nik uchun so‘nggi bo‘lgan 2009/2010 yillar mavsumida «Beri Taun» liga chempioni bo‘ldi: 4ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati – 115-40. Nik chempionat yakunlanishi arafasida asosan zaxiradan maydonga tushib, tajriba to‘pladi.

Ushbu divizionga tez orada e’tibor qaratadiganlar ham topildi va Poupni «Charlton»ga olib ketishdi. Albatta, zaxira darvozaboni sifatida. Nik 5 yil mobaynida atigi 33ta o‘yinni asosiy jamoada o‘tkazdi. Bir vaqtning o‘zida u sut tashuvchi bo‘lib ishladi, import texnikalar sotish bilan shug‘ullandi.

Biroq futbolni tashlab qo‘ymadi. Vaziyat murakkablashdi. Tonggi soat 4da turib, sut zavodiga qatnash, bir necha soatni kuryerlar mashinasida o‘tkazish, so‘ngra kollejga borib, oqshom mashg‘ulotlar yoki o‘yinlarda qatnashish talab etilardi. 17 yoshli yigitcha uchun «quvonchli» damlar edi. Quyi diviziondagi faoliyat Nikning xotirasiga umrbod muhrlandi.

- «Beri Taun»ning ikkinchi jamoasi zaxira maqomiga ega bo‘lganida, biz  sifatsiz maydonda, 10 nafar muxlis va bitta ko‘ppak guvohligida to‘p surardik. O‘shanda Saffolk kubogiga o‘xshash sovringa ega bo‘lgandik. O‘shanda olgan medalim ham hozir uyimning qaysidir burchagida yotibdi, - deydi Nik.

Poupni «Charlton»dan ijaraga olgan klublar orasida «Xarrou Boro» (7-d.), «Uelling Yunayted» (6-d.), «Kembridj Yunayted» (5-d.), «Oldershot Taun» (5-d.) kabilar bo‘lgan. Keyinchalik ikki oy «York»da to‘p surgach, uni 2013/2014 yillar mavsumining oxirigacha qolishga ko‘ndirishdi.

«York» mavsumni 7-o‘rinda yakunlab, «pley-off»da qatnashdi. Nik potensialini namoyon etib, 2-liganing boshqa bir klubi – «Beri»ni qiziqtirib qoldi.

2014G‘2015 yillar mavsumini «Beri» ko‘ngildagidek yakunladi: uchinchi o‘rin va birinchi divizionga yo‘llanma. Xuddi «York»da bo‘lgani kabi, Poup bu yerda ham mavsum davomida 20ta o‘yin o‘tkazdi. 2016 yilning 19 iyulida «Byornli» darvozabonni «Charlton»dan noma’lum summaga sotib oldi.

Bu qaror shunchaki amalga oshirilmagandi. Gap shundaki, «Byornli» o‘z dasturiga muvofiq, Angliyaning quyi ligalarida to‘p surayotgan mahoratli o‘yinchilarni qidiradi. Maqsad – yetarlicha qadrlanmagan iqtidorlarni topish. Poupni esa ular orasida payqash qiyin emasdi.

Avvallari Angliya sharqida Poupning o‘yinlarini yoritgan ijtimoiy tarmoqlar deyarli topilmasdi. Binobarin, Nikning qadrdon go‘shasidagi futbolga aloqasi deyarli yo‘q. Akasi Josh Poupni esa yaxshi tanishardi, u ham darvozabon bo‘lgan, yarim professional darajada iqtidorlilar safida turardi.

Hozir u «Soxem Taun Reynjers» klubida to‘p surmoqda, mavsum yakunida non-ligada Sharqiy Angliya ramziy termasidan o‘rin oldi. Familiyasining mashhurligi hozircha Joshga xalal bermayapti: u «Byornli»ning safardagi uchrashuvlariga borib turadi (ukasiga ishqibozlik qilishi kerak-ku).

Nik o‘ziga ishonch bildirganlarni yoddan chiqarmaydi. «Kristal Pelas»ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng u «Beri Taun»dagi sobiq murabbiyiga qo‘ng‘iroq qilib, hammasini uddalaganini aytdi.

2011 yili Richard Uilkins vaqti kelib, Nik aniq oliy divizionda to‘p surishini ta’kidlagandi. Hozirda ushbu mutaxassis 7-divizionda qatnashuvchi «Nidem Market» klubini boshqarmoqda. To‘g‘ri, Richard non-ligadan yuqoriga ko‘tarila olmaydi. Ammo APL darajasidagi darvozabonni tarbiyalaganidan faxrlansa arziydi.

Ayni payt Poup nafaqat Shon Daychni, balki Garet Sautgeytni ham asosiy ustozlaridan biri deb biladi. Nik Rossiyada o‘tayotgan jahon chempionatida Angliya termasining uchinchi darvozaboni hisoblanadi.

- Milliy jamoada birinchi raqamli bo‘lmoqchiman. Buni kim ham xohlamaydi deysiz? Quyi ligalarda to‘p surgan futbolchi uchun Angliya termasi katta orzu. Bosh jamoaga chaqirilganim tasodif deb o‘ylamayman, - deydi Nik.

Qahramonimiz APLga o‘tishidan avval aholi soni 839 kishidan iborat Uiken bliz Soxem deb nomlanuvchi mo‘’jaz qishloqda yashardi. Poupning «Byornli»dagi shartnomasi 2020 yili nihoyasiga yetadi. Shu muddat ichida nimalarga erishadi, keyin qayerga boradi – ko‘p narsalarga umid bog‘lasa bo‘ladi.

Mashaqqatli mehnat yosh futbolchini jahon yulduziga aylantirishi mumkin. Katta ehtimol bilan u mundialda asosiy darvozabon maqomiga erisholmasa kerak. Ammo keyinchalik Batlend va Pikford qo‘lqoplarini mixga iladigan bo‘lishsa, Nik butun boshli millat futboli xaloskoriga aylanishi hech gapmas. Chunki bu kiper taslim bo‘lishga ko‘nikmagan.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:34, 01.07.2018. O'qildi: 2055 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик