Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Braziliya - Meksika. Maydon tashqarisidagi jang

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun Braziliya jahon chempionatidagi ilk jiddiy sinovni boshdan kechiradi, Samarada Tite shogirdlari Xuan Karlos Osorio boshchiligidagi Meksikaga qarshi maydonga chiqadi. Aynan murabbiylarning harakatlari bugun hal qiluvchi bo‘lib chiqishi mumkin.

Braziliya — Meksika («Samara Arena», 19.00)

Braziliya va Meksika guruh bosqichida turli o‘yinlar ko‘rsatishdi. Pentakampeonlar birinchi turda Shveysariyaga bir ochko taqdim qilishdi (1:1), kosta-rikaliklarga 90 daqiqa davomida gol ura olishmadi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Koutinyo va Neymarning gollari g‘alaba keltirdi (2:0), uchinchi turda esa ikkinchi turdayoq keyingi bosqichdag umid uzib bo‘lgan Serbiya osonlik bilan taslim etildi (2:0).

Meksikaliklar esa chempionatning birinchi turida sensasion ravishda Germaniyani yengdi (1:0), Janubiy Koreya ham mag‘lub etildi (1:0), bu natijalardan keyin meksikaliklar birinchilardan bo‘lib keyingi bosqich masalasini hal qilishdi, oxirgi turda g‘alaba suv va havodek zarur bo‘lgan shvedlar to‘liq hujumda o‘ynab, Meksika darvozasiga 3ta gol yo‘llashdi (3:0).

Tite Osorioga qarshi

Samarada turnirning ikki eng yaxshi murabbiyi to‘qnashadi. Ularning ikkisi ham yetuk taktiklar.

Titening Braziliya terma jamoasidagi yo‘li yorqinroq kechmoqda - u terma jamoaga kelganidan buyon (2016 yildan) faqat bir marta yutqazdi, uning boshchiligida terma jamoa JCH-2018 saralash bosqichini ajoyib o‘tkazdi. U terma jamoani tarqoq holida, 2014 yilgi jahon chempionatida keyingi inqiroz davom etayotgan holida, Dungadan qabul qilib olgandi.

Endi u shakllantirgan terma jamoa jahon chempionatiga asosiy favoritlardan biri sifatida tashrif buyurgan. Braziliya o‘yindan-o‘yinga kuchayib bordi, futbolchilar bir-birini ajoyib tushunmoqda. Tite futbolchilarni asosiy tarkib futbolchilari va zaxira tarkibi qilib ajratmadi, barcha o‘zini bir jamoa a’zosi sifatida his qilmoqda. Shuning uchun ham, uchinchi turda Felipe Luis xuddi Marselo kabi harakat qila oldi. Fagner esa Daniluning yo‘qligini bilintirmadi.

Tite juda yaxshi psixolog va taktikdir. U injiq Neymarni o‘ynata olmoqda, avvaliga hadeb yiqilavergan bu futbolchi uchinchi turda haqiqiy futbolchilardek harakat qila boshladi. U futbolchilarini xatolari uchun tanqid qilmaydi, ularga keyingi safar qanday harakat qilish lozimligini tushuntiradi. U futbolchilari bilan suhbatlarda goh mashhur basketbolchi Lerbon Jeymsning yulduzlikka berilmay, jamoaviy o‘yinda qanday harakatlanishini namuna qilib keltiradi, goh siyosatchi Nelson Mandeladan iqtiboslar keltirib, qo‘rquvni qanday yengishni o‘rgatadi.

2016 yildan buyon Tite jamoasi 24 uchrashuvda maydonga tushib, 19 g‘alabaga erishgan va 52 gol urib, atigi 6 gol o‘tkazib yuborgan. U Braziliyani himoyada ham bexato harakatlanuvchi jamoaga aylantirdi.

Xuan Karlos Osorioning Meksikadagi yo‘li ravon emas. 2016 yilda u terma jamoani tark etishi ham mumkin edi. Jamoa o‘shanda Amerika Kubogida Chiliga sharmandalarcha yutqazgandi (0:7). «Kiyim almashtirish xonasida yigitlarga aytgandim, agar ishimizga ishonmasanglar, hoziroq chiqib iste’fo berishim mumkin, deb», deya eslaydi kolumbiyalik mutaxassis o‘sha kunni.

Futbolchilar o‘shanda murabbiylarini qo‘llab-quvvatlashgan. Muxlislar va jurnalistlar esa keyingi ikki yil davomida norozilik bildirib kelishmoqda. Terma jamoa faxriy futbolchilari Osorioni «fizruk» deb atashdi, termani undan yaxshiroq boshqarishi mumkin bo‘lgan o‘nlab mutaxassislarning nomlarini sanashdi. 2017 yilgi Konfederasiyalar kubogi vaqtida esa Meksikadagi nashrlar murabbiyni iste’foga chiqarish talab etilgan muqovalar bilan chiqish qilishdi. Bunga murabbiy tarkibda haddan tashqari ko‘p rotasiyalar amalga oshirishi sabab bo‘lardi. Lekin bu rotasiyalar natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan, Meksika o‘shanda faqat bo‘lajak chempion Germaniyaga yutqazib, uchinchi o‘rin sohibi bo‘lgandi. Osorio davrida Meksika 51 uchrashuvdan 33tasida g‘alaba qozongan, faqat 9 marta mag‘lub bo‘lgan.

Ushbu kolumbiyalik amerikacha sport turlarini xush ko‘radi. Buning hayron qolarli joyi yo‘q, u aynan Qo‘shma shtatlarda tahsil olib, mutaxassis sifatida shakllangan. Osorio mashg‘ulotlarni haligacha Maykl Jordan davridagi «Chikago Bullz» o‘tkazgan mashg‘ulotlar asosida o‘tkazadi. U ko‘pincha futbolchilar bilan suhbatlarida argentinalik yozuvchi Xorxe Luis Borxesdan iqtiboslar keltiradi va inson miyasi ximiyasi haqida uzundan-uzun suhbatlar quradi.

Braziliya sabr qilishni o‘rgandi

Ikki yil ichida Tite ko‘plab muhim iboralarni aytib o‘tgan. Ularning asosiysi futbolchilarni o‘z vaqtini kutib, sabr qilishga o‘rgatishga qaratilgan.

Tite futbolchilarni raqibning va jamoatchilikning bosimini yengib o‘tishga o‘rgatgan. U birgina xato pley-offdan chiqib ketishga olib kelishi mumkinligini anglagan holda, futbolchilarni ehtiyotkorlikka o‘rgatgan.

U futbolchilar vaqt cho‘zishini sharmandalik deb hisoblamaydi. 

O‘zining birinchi sovrinini Tite beton himoya aratish orqali qo‘lga kiritgan. U Libertadores Kubogida «Korintians» bilan deyarli barcha uchrashuvlarda 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘sha jamoa 2012 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham «Chelsi»ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Bu murabbiy qo‘li ostida braziliyaliklar o‘z futbolini namoyish etishadi, ammo ular shunchaki chiroyli futbol uchun hadeb oldinga chopaverishmaydi.

Meksika: Skolaridan maslahatlar

Meksikaliklarda futbolchilar psixologiyasi bilan faqat Osorioning o‘zi shug‘ullanmaydi, bu vazifa maxsus guruga - ispaniyalik Imanol Ibarrondoga yuklatilgan. 2016 yilda, Chilidan uchralgan 0:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin Osorio iltimosiga ko‘ra terma jamoaga kelgan ushbu mutaxassis haqida ham meksikalik jurnalistlar iliq fikrda deb bo‘lmaydi. Ular futbolchiga psixolog nega kerak, deb tanqid qilishadi. Murabbiy esa shunday javob beradi: «AQSHga qaranglar. Har bir sport bo‘yicha yetakchi bo‘lgan mamlakat. Ularning har bir sportchisida psixolog bor».

Ibarrondoning taklif etilishi o‘zini oqladi. «Biz endi ruhiy jihatdan juda yaxshi tayyorlanayapmiz. O‘zimizni boshqarishimiz yaxshilandi», degandi Germaniyaga qarshi o‘yindan keyin Layyun.

Braziliyaga qarshi o‘yindan oldin Meksikada kichik mojaro avj oldi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, Osorio Braziliyaning sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari bilan terma jamoa borasida maslahatlashgan (Tite va Skolarining munosabatlari ancha vaqtdan buyon buzilgan va ular bir-biri bilan gaplashishmaydi). Gap Neymar va uning kampaniyasini qanday to‘xtatish haqida bo‘lgan. Masalan, braziliyaliklarni himoyadan hujumga chiqishda qanday to‘xtatish borasida yoki hujum chizig‘i to‘rtligi Neymar, Koutinr, Jezus va Villianga to‘p yetib borishining oldini olish borasidagi maslahatlar. Skolari Osorioga biron sirni aytgan-aytmagani ma’lum emas. Skolarining ma’lum maslahatlaridan biri imkon qadar tezroq hisobni ochish bo‘lgan. U Braziliya hissiyotlarini jilovlay olmaydi va bunday terma jamoaning o‘yini buzilib ketadi, deb hisoblamoqda. Ammo Felipening jamoasi shunday jamoa edi. Hozirgi Braziliya esa Meksika bilan o‘yinning har qanday ssenariysiga tayyor.

BRAZILIYA – MEKSIKA
2 iyul. Samara. «Samara Arena» stadioni. 19.00 (Match TV).
Hakamlar: ROKKI. Tonolini, Di Liberatore (barchasi – Italiya).

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 14:58, 02.07.2018. O'qildi: 4545 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик