Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ravshan Ermatov: «Jahon chempionatida Vatanimiz nomi yangragani va orzumiz ushalganining o‘zi biz uchun katta baxt»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Intervyular
A A A

Xabaringiz bor, bugun FIFA Jahon chempionatida qolgan uchrashuvlarni boshqarish uchun nomzod bo‘lgan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Afsuski, bu ro‘yxatdan hamyurtimiz, FIFA referisi Ravshan Ermatov va uning guruhi joy olmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Ravshan Ermatovning yordamchisi Abduhamidullo Rasulovning eski jarohati bezovta qila boshlagan. Natijada, Ermatov guruhi o‘yinlarda ishlay olmasligi oydinlashgan. Biz Ravshan Ermatovning o‘zi bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildik.

— Ravshan aka, avvalambor, Sizni Jahon chempionatida uchrashuvlarni boshqarish bo‘yicha rekordni yangilab, o‘yinlaringiz sonini 11taga yetkazib olganingiz bilan barcha vatandoshlar nomidan tabriklaymiz! Ishonchimiz komilki, Sizning rekordingizni hali ko‘p yillar hech kim yangilay olmaydi.
— Tabrik uchun katta rahmat, bu yerda ham meni FIFA rahbarlari tabriklashdi. Aslida meni ko‘proq xursand qiladigan narsa bu shaxsiy rekord emas, balki Jahon chempionatlarida eng ko‘p o‘yinda ishlagan hakamlar ro‘yxatini O‘zbekiston nomi boshqarib turishi. Bu holat menga katta faxr bag‘ishlaydi!

— Bizga ham, o‘zbekistonlik millionlab muxlislarga aynan shu jihat katta faxr tuyg‘usini bag‘ishlaydi. Aytingchi, umuman JCH sizlar uchun qanday o‘tyapti?
— Jahon chempionati yaxshi o‘tyapti, mashg‘ulotlarda faol qatnashyapmiz. Bizga 2ta qiyin o‘tishi kutilgan o‘yinni topshirishdi: Argentina – Xorvatiya va Ispaniya – Marokash. O‘yinlar kutilgandek oson bo‘lgani yo‘q, Xudoga shukr, ushbu o‘yinlarni qo‘pol xatolarsiz, yaxshi o‘tkazdik. Inspektorlar o‘yindan keyin: “Bunday qiyin o‘yinlarda 3-4 ta qizil kartochkalar bo‘lib ketadi, deb o‘ylagandik, lekin sizlar qizil kartochkalarsiz va jarohatlarsiz adolatli boshqardinglar”, — deb ishimizni yaxshi baholashdi.

— Ravshan aka, yordamchingiz Abduhamidullo Rasulovda jiddiy jarohat bor deb eshitdik...
—  Ha, afsuski, yordamchimni tizzasidan olgan eski jarohati yana bezovta qilishni boshladi. Ushbu jarohat unga to‘liq harakat qilishga va maydonga chiqishga imkoniyat bermadi. Jahon chempionatida vaqt qisqa, to‘liq tiklanish esa ko‘p vaqtni talab qiladi.

— Abduhamidullo Rasulov tezroq tuzalib maydonga qaytishini Yaratgandan so‘rab qolamiz. Jahon chempionatidan o‘rin olgan Siz boshqargan barcha o‘yinlarni katta hayajon bilann kuzatdik. Nafaqat O‘zbekistondagi, balki boshqa davlatlardagi ko‘plab muxlislar ham Ravshan Ermatov brigadasi finalni boshqaradi, deb o‘ylagandi...
— Xudoga shukur, ishimiz sifati bo‘yicha bunday fikrlayotganlarni ko‘pini eshitib kelyapmiz, o‘zimizga ham aytishyapti. O‘zingiz bilasiz, jahon chempionati sport olamidagi eng katta musobaqalardan hisoblanadi va uning ishtirokchisi bo‘lishni o‘zi millionlab futbol sohasida ishlayotgan insonlarga orzu hisoblanadi, shu qatorda bizga ham. Biz sababchi bo‘lib Vatanimiz nomi shu JCHda yangragani va orzuimizni ushalganini o‘zi bizga katta baxt!

Bizdan tashqari yurtimizdan Farhod Abdullayev, Olim Arifov va Avazbek Berdiqulov ham ushbu JCHda ajoyib ishtirok etishyapti, endigi yana bir katta orzumiz — O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCHda ishtirok etishi va Vatanimizning katta futbol davlati deb tan olinishi.

Bizni qo‘llab- quvvatlab turgan O‘FA rahbariyati va barcha muxlislarimizga o‘zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:10, 05.07.2018. O'qildi: 6978 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик