Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga maqsadi yo‘lidagi «Dinamo»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Dinamo
Rukn: Yangiliklar
A A A

Pro-Liga mavsumining dastlabki yarmi yakuniga ko‘ra, «Dinamo» jamoasi ko‘zlangan o‘rinni band eta olmagan bo‘lsada, klub yil yakuniga ko‘ra Superligaga chiqish uchun hozirdanoq har taraflama jiddiy tayyorgarliklar ko‘rmoqda.

“YANGILANGAN” STADION

Qayd etib o‘tish joiz, joriy mavsum oldidan Superliga klublar sonini qisqartirishi natijasida O‘FA va PFL klublarni jiddiy nazoratdan o‘tkazishdi. Natijada aksariyat klublar singari “Dinamo” Pro-Ligaga tushgandi. O‘shanda klub oldiga bir qator talablar qo‘yilib, ulardan asosiysi stadion yoritishi tizimini yangilab, arenani barcha talablarga mos holatga keltirish edi. So‘nggi marta 2011 yilda rekonstruksiya qilingan Samarqand viloyatining bosh stadioni “Dinamo” oradan 7 yil o‘tib, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev qaroriga ko‘ra, yangicha qiyofa kasb etdi. Stadionga yangi zamonaviy raqamli katta ekran o‘rnatilib, o‘yingoh o‘rindiqlari yangilandi, stadion ichida ham rekonstruksiya ishlari olib borildi. Eng asosiysi, stadionga qariyb 1200 lyuksga teng qo‘shimcha yoritgichlar o‘rnatildi. Qisqa qilib aytganda, “Dinamo” stadioni shay holatga keltirildi.

“DINAMO” O‘ZGARISHLAR ARAFASIDA

Pro-Liga ikkinchi davrasidan keyin jamoa bosh murabbiyi va klub bosh menejeri Ilhom Sharipov taklifi bilan «Dinamo» jamoasi safida bir qator o‘zgarishlar kuzatildi.

PFL 18 iyundan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bergach, “Dinamo” tarkibiga 5 nafar yangi futbolchi - Akmal Xolmurodov (“So‘g‘diyona”), Abbosbek Jumaqulov, Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Pavel Purishkin (“Metallurg”) va Dilmurod Karimovlar (“So‘g‘diyona”) kelib qo‘shildi va ular bilan 2019 yil yakuniga qadar shartnoma imzolandi.

Davralar oralig‘ida esa “Dinamo” yana uch futbolchi – Avaz Agaliyev (“Neftchi”), Sherzod Jalilov (“So‘g‘diyona”) va Otabek Narzullayev (“Sho‘rtan”) singari futbolchilar bilan 1,5 yillik – 2019 yil yakunigacha shartnoma imzoladi.

Shu bilan birga yana bir qator futbolchilar bilan o‘zaro shartnomalar bekor qilindi. Jumladan, Muydin Mamazulumov, Zohir Qo‘ziboyev, Akmal Bozorov, Aziz Suyunov, Rustam Toshturdiyev singari futbolchilar bilan rasman do‘stona xayrlashildi. Yosh himoyachi Humoyun Tolibov esa “Sherdor” klubiga ijaraga berildi. Amirjon Safarov esa Qarshining “Nasaf” klubi e’tiboriga tushgach, “Dinamo” uni ijaraga berdi.

“SUPERLIGA UCHUN OXIRIGACHA KURASHAMIZ”

Mavsumning dastlabki qismi omadsizlik bilan boshlangach, klub rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga jamoaning sobiq futbolchisi Davron Fayziyevni taklif etdi. Ushbu mutaxassis davralar oralig‘ida jamoa tarkibini kuchaytirib, Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib bora oladigan raqobatdosh jamoani tashkil etishni maqsad qilgan.

“Bir qator jamoalar singari ikkinchi davradan keyin jamoa safida jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Jamoani tark etgan jami 10 ga yaqin futbolchilar o‘rniga o‘yinimizni kuchaytiradigan yangi o‘yinchilarni jalb etayapmiz. Xususan, Akmal Xolmurodov, Pavel Purishkin, Dilmurod Karimov, Avaz Agaliyev, Otabek Narzullayev, Sherzod Jalilov singari tajribali futbolchilar, Abbosbek Jumaqulov, Suhrob Izzatov kabi iqtidorli yoshlar o‘yinimizni kuchaytira olishiga ishonaman.

Yangilangan tarkibimiz bilan mavsumning ikkinchi qismiga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Xususan, 9-20 iyul kunlari Chimyon tog‘li hududida yig‘in tashkil etib, jamoaning jismoniy holatini yaxshilaymiz. Keyin esa avgustga qadar Toshkentda 3-4 ta nazorat o‘yinlari o‘tkazib, uchinchi davraga shay holatda bo‘lishimiz lozim. Har qanday holatda ham, “Dinamo”dan hujumkor, jangovar o‘yin kutib, Superliga yo‘llanmasi uchun oxirigacha kurashishni maqsad qilganmiz” – deydi “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Davron Fayziyev.

FUTBOLCHILAR BO‘YICHA KLUB SIYOSATI

Albatta, jamoa tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘layotgani, xususan, «futbolchilarning kelib-ketishi jamoaning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir etmaydimi?» qabilidagi savollar yangrashi tabiiy.

Qayd etish joiz, bu borada “Dinamo” klubi jiddiy ish olib bormoqda. Xususan, jamoa futbolchilari bilan tuzilgan shartnomalarda futbolchilarning belgilangan shartnoma muddati davomida “Dinamo” jamoasining 70 % o‘yinlarida maydonga tushishlari shart. Aks holda klub hisob-kitob qilinayotganda o‘yinchilarning o‘yin statistikasiga qarab, moliyaviy jarimaga tortish huquqiga ega. Xususan, natijalar salbiy ko‘rinish olgani bois, shartnomaga muvofiq, mavsumning dastlabki yarmida jamoada yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan va yakunda klubni tark etgan bir qator futbolchilar bilan hisob-kitob qilinayotganda inobatga olindi. Qolaversa, jamoa a’zolari bilan ham qat’iy tartibda ishlar olib borildi.

O‘FA VA PFL E’TIROFI

O‘zbekiston Professional Ligasi davralar oralig‘ida Superliga va Pro-Liga klublari uchun transfer oynasi ochilganligini e’lon qilar ekan, “Dinamo” jamoasini alohida e’tirof etdi. “18 iyun kuni yozgi transfer oynasi rasman ochilgan. Bu vaqtga kelib bir qator klublarda katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Ya’ni, ayrim futbolchi va murabbiylarga javob berib yuboriladi. O‘z navbatida PFL ham klub bilan xayrlashayotgan futbolchilar haqidagi hisobotni klublardan talab qilib oladi. Ya’ni, qarzdorligi bor klubga transfer oynasidagi o‘zgarishlar uchun ruxsat etilmaydi. Shundan kelib chiqib, yangi futbolchilar masalasida PFLga kelishdan oldin, avval eskilar bilan hisob-kitob qilingani borasidagi hujjatlar taqdim etilishi shart. Hozirga qadar birgina “Dinamo” klubida bu borada qarzdorlik holati yo‘qligi bois, yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi” – deya yozadi PFL matbuot xizmati.

Darhaqiqat, bugunga kelib Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Turobjon Jo‘rayevning say’-harakati evaziga viloyatning bosh jamoasi “Dinamo”ga har tomonlama e’tibor qaratilmoqda. Qolaversa, viloyat futboli rivoji uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqand viloyat futbol federasiyasining viloyat bo‘ylab o‘tkazayotgan qator turnirlari, rejalashtirilgan nufuzli turnirlar bunga dalolat. Shuningdek, oradan 3-4 yil o‘tib, nihoyat Samarqanddan faqat “Dinamo” emas, shaharning yana bir klubi “Sherdor” jamoasi ham Pro-Ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi va hozirda samarqandlik mahalliy yoshlar bilan yaxshi natijalarga erishmoqda.

Shu bilan birga muhtaram prezidentimiz imzolagan qarorga ko‘ra, tez orada ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda ham ilk futbol akademiyasi tashkil qilinishi viloyat futboli rivoji sari qo‘yilgan eng muhim poydevor va dadil qadam bo‘lishiga ishonamiz.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:31, 05.07.2018. O'qildi: 2859 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик