Qirg‘izistonning Bishkek shahrida tashkil etilgan Xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bugun musobaqa doirasidagi so‘nggi o‘yinni o‘tkazadi. Vakillarimiz turnir mezboni Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Dolen Omurzakov nomidagi stadionda boshlanadi. Ilhom Xanjariyev shogirdlari dastlabki o‘yinda Qozog‘iston U-17 bilan 1:1 hisobida durang qayd etishgan bo‘lsa, keyingi turda Tojikistonni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgandi.
Bugungi uchrashuvni futbolchi qizlarimiz ko‘k rangli libosda o‘tkazishadi, Qirg‘iziston esa oq rangli libosda maydonga tushadi. O‘zbekiston U-16 - Qirg‘iziston U-16 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin www.mycojoo.tv sayti orqali internetda onlayn translyasiya qilinishini ham eslatib o‘tmoqchimiz.