Portugaliyalik superyulduzning “Yuventus”ga kelib qo‘shilishi “Milan” klubi muxlislari tomonidan biznes nuqtayi nazaridan maqtalgan bo‘lsa, turinlik muxlislarning havotirlari sekin asta bo‘y ko‘rsata boshlaganidan yanada tushkunlikka tushayotgan bo‘lsa ajab emas.
Ronaldu kelishi ortidan jamoa yetakchisi Gonsalo Iguainning ketishi borasidagi xabarlar “bolalagan” edi. Bu holat o‘zini ko‘p kuttirmadi. Iguaing “Milan”ga ko‘chib o‘tdi va bu shartnomaning bir qismi sifatida “Yuventus” sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchini ortga qaytardi. Shuningdek, Iguain bilan birga Mattiya Kaldara ham “Milan”ga yo‘l oldi.
Bu haqiqiy biznes bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Rossonerilar”ning xitoylik xo‘jayini Li Yongxong klubdagi moliyaviy muammolarni bartaraf qila olmagach, klub boshqaruvi endi Elliot Management Corporation qo‘liga o‘tdi.
Milanliklar uchun bu ayirboshlash ajoyib bo‘ldi. Endi Romanyoliga sherik sifatida Italiyaning eng yaxshi yosh himoyachilaridan biri Kaldara harakat qiladi.
Leonardoning sobiq klubiga qaytish istagi Iguainni ham mushkulliklardan qutqarib qoldi. Faqatgina hujumchining istagi uning yangi jamoasida qanchalik shuhratga erishishiga olib kelishi mumkin.
Krishtianu Ronaldu ham o‘z navbatida bunday ayirboshlashning amalga oshirilishiga majburiy sabablardan biri. Portugaliyalik superyulduz Turin klubiga...
Davomini o‘qish ->