Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligida Osiyo o‘yinlariga yo‘l olgan armiya sportchilariga omad tilashdi

Baho:
+ | -
SPORT / Osiyo o‘yinlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

9 avgust kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida XVIII Yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘l olayotgan 50 nafar Mudofaa vazirligi sport klubi sportchi va 3 nafar murabbiylarni kuzatishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, O‘zbekiston Milliy olimpia qo‘mitasi raisi Umid Axmadjonov, O‘zbekiston Boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov ishtirok etdi va mamlakatimiz sharafini jahon sport arenasida himoya qilish uchun yo‘l olayotgan umidli sportchilarga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Armiya sportchilari ham Mudofaa vazirligi rahbariyatiga jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ko‘rsatilayotgan e’tibor, ko‘nikma va mahoratlarini oshirish uchun yaratib berayotgan sharoitlar uchun minnatdorchiligini bildirishdi.

Ta’kidlash kerakki, bu yilgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston sportchilarining 22 foizini Mudofaa vazirligi sport klubi vakillari tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993yil 19martda qabul qilingan Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Markaziy harbiy sport klubi (keyinchalik 2018 yilda Mudofaa vazirligi Sport klubiga aylantirilgan) yurtimiz sportining taraqqiy etishida o‘z o‘rniga ega.

2018yilda O‘zbekiston o‘smirlar, yoshlar hamda milliy terma jamoalari tarkibida jahon chempionatlari, Osiyo birinchiliklari, dunyo va qit’a kubogi bahslari, Gran-pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro musobaqalar hamda an’anaviy xotira turnirlarida ishtirok etgan Sport klubi vakillari bugungi kunga qadar jami 612 ta medalga, ulardan respublika miqyosidagi bahslarida 511 ta, xalqaro miqyosidagi musobaqalarda 101 medaliga egalik qilishgan.

Oliy toifadagi sport maktabi bo‘lmish Sport klubida 19 ta sport turi ommalashgan. Boks, basketbol, kurash (erkin va yunon-rum), harbiy-amaliy sport turlari va harbiy-amaliy yakka kurashlar (armrestling, qo‘l, universal jang va pichoq bilan jang qilish sport turlari), suvpolosi, baydarka va kanoeda eshkak eshish, dzyudo, milliy kurash, yengil va og‘ir atletika, taekvondo, tennis, miltiqdan va kamondan o‘qotish, trampolin, sambo hamda regbi kabi sport turlari shular jumlasidan.

Sport klubining mamlakatimiz terma jamoalariga yuqori toifali sportchilarni tayyorlashda ham alohida o‘rni bor. Uning sportchilari tarkibidan 6 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, 46 nafari xalqaro toifadagi sport ustasi.

2014 yilda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Yozgi Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz terma jamoasi tarkibiga kirgan Mudofaa vazirligi Sport klubining 44 nafar sportchisi 10 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etib, 3 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

2018 yilning avgust-sentyabr oylarida Indoneziyaning Djakarta va Palembang shaharlarida o‘tkaziladigan XVIII Yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasidan joy olgan 50 nafar Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi jami 11 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etadi. Ular jiu-jitsu, kurash, boks, taekvondo, yengil atletika, kanoe va baydarkada eshkak eshish, og‘ir atletika, dzyudo, otish, tennis, trampolin kabi sport turlarida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Manba: www.mudofaa.uz
Kiritildi: 15:55, 10.08.2018. O'qildi: 3634 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик